129
prokuratura tizimining davlat mexanizimlarida tutgan o`rni, shuningdek vazifalaridan kelib chiqish
kerak. Prokuratura o`z vakolati doirasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda, davlat
amaliyotining mustaqil tarmog`ini tashkil etuvchi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi va
qonunchilik va huquq tartibotni ta'minlashda ishtirok etadigan huquqni muhofaza etadigan organdir.
O`zbekiston Respublikasining prokuratura organlarining konstitutsiyaviy huquqning muhim
instituti sifatida shunda ko`rishimiz mumkinki, uni konstitutsion norma bilan alohida
mustahkamlanganligidir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIV bobi prokuraturaga
ajratilgan bo`lib, bu bob o`z ichiga 118, 119, 120, 121- moddalarni qamrab oladi.
Konstitutsiyaning 118- moddasida “O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va
bir xilda bajarilishi ustidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo`ysunuvchi
prokurorlar amalga oshiradi” deyilgan. Bu konstitutsion normaga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi
prokuraturasi,
Bosh
prokuror
rahbarlik
qiladigan
prokuratura
organlarining
yagona
markazlashtirilgan tizimiga egadir. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari
o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan
mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar o`z vakolatlari davrida
siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko`zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni
to`xtatib turadilar.
Prokuratura tizimi O`zbekiston Respublikasi miqiyosida Bosh prokurorga bo`ysinuvchi
prokuratura organlari yig`indisidan iborat bo`lib, bu fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va
davlat manfaatlarini himoya qilish, qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishining nazoratini
ta'minlash bilan umumiy funksiyani amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi quyidagicha belgilangan:
1. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
2 . Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari.
4. Tumanlar va shaharlar prokuraturalari.
5. Viloyat
prokuraturasiga tenglashtirilgan O`zbekiston Respublikasi
Harbiy
prokuraturasi.
6. Viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Transport
prokuraturasi.
7. Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy okruglar,
hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
8. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid
jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi bo`linmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: