104
16-Mavzu: O`zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatning amalga oshirilishi
va Konstitutsiyaviy asoslari. 2 soat.
Reja:
1. Davlat hokimiyati tushunchasi va hokimiyatlarning bo’linish prinsipi.
2. O’zbekistonda davlat hokimiyatining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis – davlat
hokimiyatining oliy vakillik organi.
3. Qonunchilik palatasi tuzilishi tartibi va vakolatlari.
4. O’zbekiston Respublikasi Senati tuzilishi tartibi va vakolatlari.
1. Davlat hokimiyati tushunchasi va hokimiyatlarning bo’linish prinsipi.
O`zbekiston XXI asrda taraqqiyotining o`zi tanlab olgan milliy davlatni rivojlantirish yo`lidan
sobitqadamlik bilan bormoqda. Mustaqillikning o`tgan yillari sermazmun voqealarga boy bo`lib,
bu davr mobaynida milliy davlatchiligimizning huquqiy poydevorini shakllantirish bilan bog`liq bir
qator ishlar amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi tizimidagi insonparvarlik demokratik o`zgarishlar hokimiyatining
taqsimlanishi asosan faoliyat ko`rsatuvchi Oliy vakillik organi Oliy Majlis vujudga kelishiga asos
bo`ldi.
Oliy Majlis hokimiyatining Oliy organi sifatida qonun qabul qilish bilan birgalikda,
mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlarini belgilaydi.
Oliy Majlis dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etildi. O`z faoliyati davomida Oliy
Majlis ijtimoiy muammolarni echish sohalarida salmoqli tajribaga ega bo`ldi. Shu bilan birga,
Respublikada o`z yechimini kutayotgan masalalarni umumxalq muhokamasiga qo`yish masalasi
vujudga keldi.
2002 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamentni tuzish masalasi bo`yicha referendumda
xalqimiz qo`llab-quvvatlashdi.
Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis tomonidan 2002 yil 4 aprelda qabul
qilingan «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari
to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy qonun mamlakatimizda ikki palatali parlament tuzish uchun asos
bo`ldi. Unga asosan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiruvchi oliy vakillik organi bo`lib, ikki palatadan - Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi (Quyi
palata)dan hamda Oliy Majlisning Senati (yuqori palata)dan iborat bo`ladi.
Hozirgi paytda jahon parlamentlarining yuqori palatasi aksariyat hollarda senat deb nomlanib,
bu nom yuqori palatalarning yuridik atamasi bo`lib hisoblanadi.
Oliy Majlisning palatalari - Qonunchilik vakolati va Senat alohida-alohida va bir-biridan
mustaqil tarzda faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: