O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


 yil 4 apreldagi O`zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari davlat



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

2002 yil 4 apreldagi O`zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari davlat 
hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari” to`g`risilagi konstitutsiyaviy qonuniga ko`ra 
O`zbekiston Respublikasida  Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat 
hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati 
tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 


 
102 
muddatlari  bir  paytga  to`g`ri  kelib  qolgan  taqdirda  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarining  vakolat 
muddati bir yilga uzaytiriladi,  deb ko`rsatilgan. 
Saylov  okruglari.  Saylov  okruglari  davlatning  va  mahalliy   o`zini-o`zi  boshqarish  vakillik 
organlariga deputatlarni saylovchi fuqarolarni o`zida birlashtirgan hududiy birliklardir. Ular maxsus 
ravishda  shakllantirilgan  bo`lishi  mumkin,  lekin  ko`pchilik  holatlarda   federatsiya  subyektlari, 
ma'muriy  xududiy  birliklar  (viloyatlar,  provinsiyalar,  shaharlar  va  boshqalar)  muayyan  saylov 
okrugi  sifatida  amal  qilishi  ham  mumkin.  Saylov  okruglari  tuzilmagan  taqdirda,  butun  mamlakat 
yagona  bir  saylov  okrugi  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Bu  holatga  misol  sifatida   prezidentlikka 
saylovlardagi amaliyotni ko`rsatishimiz mumkin.  
Saylov  okruglari  saylov  amaliyotida  eng  ko`p  uchraydigan  saylov  birliklaridir.  Xududiy 
bo`lmagan  vakillik  organlarini  shakllantirishda  saylov  birliklari  sifatida  muayyan  saylovchilar 
guruxlari ham amal qilishlar mumkin.  
Hududlarni  saylov  okruglariga  bo`lish  katta  siyosiy  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  bu  holat 
saylov  natijalariga  bevosita  ta'sir  etishi  mumkin.  Shuning  uchun  odatda,  saylov  okruglarini  tashkil 
qilish  qonunlar  bilan  belgilangan  bo`ladi.  Qonunlar  saylov  okruglarini  soni  va  chegaralarini  aniq 
belgilashi lozim, chunki bu holat saylov jarayonlarida saylovchilarni tengligini ta'minlaydi.  
Qoida tariqasida saylov okruglari yuqorida aytib o`tilganidek saylovchilarni teng miqdorini 
hisobga  olgan  holda  tashkil  qilinishi  lozim,  chunki   bu  holat  tenglik  prinsipini  talabidir.  Bu  shuni 
anglatadiki, mamlakatdagi barcha bir mandatli saylov okruglari teng miqdordagi aholi soni bo`lgani 
holda  tashkil  etiladi.  Biroq  aholi  soni  miqdorini  aniqlash  yuzasidan  kelishmovchiliklar  kelib 
chiqqanda  (aholi  orasida  saylov  huquqiga  ega  bo`lmagan  shaxslar  ham  mavjud  bo`lgan  hollarda), 
teng huquqli saylov jarayonini tashkil qilish maqsadida saylov okruglarini aholi soniga qarab emas, 
balki saylovchilar soniga qarab tashkil qilish maqsadga muvofiq  bo`ladi. 
Mamlakatimiz Oliy vakillik organi – Oliy Majlisning quyi palatasiga (Qonunchilik Palatasi), 
Respublika  Przidentligiga  va  viloyat,  tuman  va  shahar  halq  deputatlari  Kengashlariga  saylovlarda 
saylov okruglari hududiylik asosida tashkil etiladi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylov  bo`yicha  saylov  okruglarini  Markaziy  Saylov 
komissiyasi  viloyatlar,  Toshkent  shaxri  va  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  chegaralari  doirasida 
tuziladi.  Ularning  chegaralari,  saylovchilarning  soni  hamda  okrug  saylov  komissiyasi  qayerda 
joylashgani  ko`rsatilgan  saylov  okruglari ro`yxatlarini  saylov  tayinlangandan keyin  kechi  bilan 10 
kun o`tgach Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.      
Saylov  okruglari,  qoida  tariqasida,  O`zbekiston  Respublikasining  butun  hududida 
saylovchilar  soni  teng  holda  tuziladi  va  har  bir  saylov  uchun  saylov  okrugiga  to`g`ri  keladigan 
saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.  
Viloyat,  tuman  va  shahar  xalq  deputatlari  kengashlariga  saylov  o`tkazish  uchun,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahrida  –  60  tadan,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylovlarda  esa  30  tadan  ko`p 
bo`lmagan  saylov  okruglari  tuziladi.  Har  bir  saylov  okrugidan  tegishli  halq  deputatlari 
Kengashlariga bittadan deputat saylanadi.  
Saylov  uchastkalari.   Saylov  uchastkalari  ovoz  berishda  o`zida  muayyan  joydagi 
saylovchilarni birlashtiradigan hududiy birliklardir. Bu birliklar faqat texnik axamiyatga ega,  ya'ni 
saylov  uchastkalari  saylov  jarayonlarini  o`tkazishda  samarali  natijaga  erishishni  ta'minlovchi 
institutlardir. Ularni tartibga solish odatda, qonun bilan emas, balki qonun osti aktlari  – ko`pincha 
ichki ishlar vazirligi instruksiyalari bilan tartibga solinadi.  
O`zbekiston  Respublikasida  Respublika  Prezidentligiga,  Oliy  Majlisning  Qonunchilik 
palatasiga   va  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va shahar  Kengashlariga  saylovlarda  saylovchilarga 
mumkin  qadar  ko`proq  qulayliklar  yaratish  maqsadida  tumanlar,  shaharlar  va  shaharlardagi 
tumanlarning  chegaralarini  inobatga  olgan  holda  saylov  uchastkalari  tuziladi,  ularning  chegaralari 


 
103 
tegishli saylov okruglari doirasilan chiqib ketmasligi kerak. 
O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va 
dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin 
yerlardagi  fuqarolar  turgan  joylarda  alohida  saylov  uchastkalari  tuzilishi  mumkin.  Ularni  qaysi 
saylov  okrugiga biriktirish to`g`risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.  
Saylov  uchastkalari  tuman,  shahar  hokimliklarining,  xarbiy  qismlarda  qismlar  yoki  harbiy 
qo`shilmalar  komandirlarining,  xorijiy  mamlakatlarda  Respublika  Tashqi  Ishlar  Vazirligining 
taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan kamida 20 nafar va ko`pi bilan 3 ming 
nafar saylovchidan iborat  tarkibda tashkil etiladi. Ovoz berishni  tashkil etish  uchun har bir saylov 
uchastkasiga tegishli hokimlik tomonidan bino ajratiladi.   
Saylov  organlari.  Ushbu   organlarga  (komissiya,  byuro,  prezidium  va  boshqalar)  saylov 
jarayoni  ustidan  tashkiliy  rahbarlik  vazifasi  yuklatilgan  bo`ladi.  Saylov  organlari  turlicha  bo`lishi 
mumkin:  
-  hududiy,  jumladan  markaziy.  Ularning  tizimi  mamlakatning  siyosiy-hududiy  tuzilish  tizimidan 
kelib chiqadi; 
    -  okrug  saylov  organlari.  Bu  organ  saylov  okrugi  siyosiy-hududiy  birlik      bilan   muvofiq 
kelmaganda amal qiladi; 
-   saylov uchastkalarida amal qiluvchi organlar.  
Saylov  uchastkalari  organlari  odatda,  saylovchilarni  ro`yxatga  oladi  yoki  ularni  ro`yxatga 
olishdagi xatoliklarni bartaraf qiladi, ovoz berishni tashkillashtiradi va saylov uchastkasi yuzasidan 
saylov natijasini aniqlaydi. Okrug saylov organlari ilgari surilayotgan nomzodlarni ro`yhatga oladi, 
saylov  oldi  kampaniyasini  normal  kechishini  ta'minlaydi  va  okrug  yuzasidan  saylov  natijalarini 
aniqlaydi.  Hududiy  saylov  organlari  saylov  okruglari  mavjud  bo`lgan  taqdirda  saylov  natijalarini 
umumlashtiradi  va  o`sha  hudud  ommaviy  axborot  vositalarida  chop  etadi,  agar  saylov  okruglari 
bo`lmasa,  saylov  okruglari  vazifasini  bajaradi.  Umumxalq  saylovlarida  tashkil  etiladigan  okrug 
saylov  organlari  uchastka  saylov  organlari  faoliyatini  nazorat  qiladi,  ba'zi  hollarda  o`zining 
hududida uchastka saylov organining vazifasini bajaradi ( maslan, Avstraliya). 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish