O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


      Saylov huquqi tamoyillari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
3.      Saylov huquqi tamoyillari 
Saylov huquqi tamoyillari – bu saylov qonunchiligining shakllanish jarayoni, rivojlanishi va 
harakatlanishining rahbariy g`oyasi, yetakchi mezonidir.  
Respublikamizda  saylov  huquqining  asosiy  tamoyillari  bo`lib  bevosita  konstitutsiyada 
belgilangan  umumiy,  teng,  to`g`ridan-to`g`ri  va  yashirin  ovoz  berish  hisoblanadi.  Mazkur 
tamoyillar  qonunchiligimizda  o`z  aksini  topgan  bo`lib,  ularning  amalga  oshirilishini  huquqiy 
mexanizmlari  mamlakatimizda  fuqarolarning  davlat  boshqaruvida  bevosita  va  o`z  vakillari  orqali 
ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir. 
    Umumiy  saylov  huquqi  tamoyilida  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  mavqei,  
irqiy  va  milliy  mansubligi,  jinsi,  ma'lumoti,  tili,  dinga  munosabatidan  qat'iy-nazar  O`zbekiston 
Respublikasi fuqarolari bevosita 18  yoshga to`lganda saylash huquqiga egadirlar. Ayrim fuqarolar 
sud  tomonidan  muomolaga  layoqatsiz  deb  topilgan  fuqarolar,  shuningdek,  sud  hukmi  bilan 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saqlanayotgan  shaxslar  saylanishi  mumkin  emas.Chunki  
bunday   shaxslar  o`z   xatti-harakatlari  to`g`risida  o`zlariga   hisob  bera  olmaydilar  va  saylovlarda 
qatnashish   huquqidan  ongli   ravishda   foydalana  olmaydilar.  Shuni  ham  ta'kidlab  o`tish   lozimki, 
fuqaroligi  bo`lmagan shaxslar va  O`zbekiston  hududida yashovchi ajnabiy  fuqarolar saylovlarda  
qatnashish  va  vakillik organlariga  saylanish  huquqiga  ega  emaslar. 
Teng saylov huquqi tamoyilida har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega bo`lishi tushuniladi. 
Saylovda  hamma  teng  asoslarda  qatnashadi.  Har  bir  saylovchi  ovoz  berish  uchun  faqat  bitta  
ro`yxatga kiritiladi. Saylovda har bir mandat uchun  saylochilar soni teng asosda bo`linadi. Chunki, 
har bir okrugdan bitta deputat  saylanadi. Saylovda barcha  saylovchilarning teng asosda qatnashuvi 
saylov   okruglarining  ularda  yashovchi  fuqarolar  soniga  teng  qilib  tashkil  etilishi   bilan   ham 
ta'minlanadi.   Siyosiy  partiya  va  tashabbuskor  guruhlarga  saylov  oldi  tashviqot  yuritishi   teng 
asosda tashkil etiladi.  
To`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi tamoyili bevosita saylovchilar tomonidan  saylanadigan nomzodga ovoz 
berish  tushuniladi,  bunda  saylovchi  va  nomzod  o`rtasida  hech  qanday  vositachilikka  yo`l  qo`yilmaydi. 
Fuqarolar o`z erki-irodasini bevosita o`zlari ifodalashlari qonunchiligimiz bilan kafolatlanadi. Saylovchilar 
o`z  nomzodlariga saylov vaqtida bevosita yoki qarshi  ovoz berishlari  mumkin. To`g`ridan-to`g`ri  saylov 
huquqining  ijobiy   taraflaridan  biri,  saylov   tartibida   davlat   hokimiyatining  hamma  saylanadigan 
organlari bevosita xalq tomonidan tashkil etilgan  vakillik organlarii hisoblanadi.    Yashirin ovoz berish 
tamoyili  - saylovchining o`z hohish irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo`l qo`yilmaydi. Saylov 
bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish xonasida to`ldiriladi. Saylov bulletenini to`dirish 
vaqtida ovoz beruvchidan boshqa barcha shaxslarni hozir bo`lishi taqiqlanadi. O`zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Senat  a'zolari, Qoraqalpog`iston Respublikasi  Jo`qorg`i  Kengesi, viloyatlar, tumanlar 
va shaharlar davlat  hokimiyati vakillik organlari  deputatlarining tegishli  qo`shma  majlislarida  mazkur  
deputatlar   saylanganidan   so`ng  bir  oy   ichida  ular   orasidan   yashirin   ovoz   berish   yo`li  bilan 
saylanadilar.  
Har  qanday  mamlakatda  mavjud  saylov  tizimi  bir-biriga  zid   bo`lmagan  tamoyillar  va   aniq   talablar  
asosida qurilishi  lozim.  Saylov  tizimi  tamoyillariga quyidagilarni  kiritish  mumkin: 
-Saylov  tizimining  konstitutsiyaga  muvofiqligi; 
-Davlat  hokimiyatining  qonuniyligi; 


 
99 
-Saylov  tizimi  talabalari  va  vazifalarining huquqiy                   ta'minlanganligi;. 
-Demokratizm; 
-Saylov  tizimining  barqarorligi; 
-Saylov  tizimining  xalqchilligi; 
-Saylov tizimining  uyushganligi; 
-Saylov tizimining tejamli  bo`lishli; 
-Ovoz   berishning  va  saylanishning   ziddiyatsiz,  uning  natijalarini  olish  uchun  huquqiy  kafolat 
yaratilganligi; 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish