100
Nisbiy ko`pchilik saylov tizimi boshqa saylov tizimlariga nisbatan ancha sodda hisoblanib, bunday
tizim amalda bo`lgan mamlakatlarda, saylovda qatnashayotgan nomzodlardan qaysi biri raqiblariga
nisbatan ko`proq ovoz olsa u saylangan hisoblanadi. Ushbu tizim o`zining xususiyatiga ko`ra faqat
bir turda natija berishligi bilan samaralidir. Nisbiy ko`pchilik saylov tizimida faqat bir holatda ikki
yoki undan ortiq nomzodning bir xil ovoz olganlaridagina g`olib aniqlanmay qolishi mumkin, lekin
bunday holat juda ham kam uchraydi. Ushbu tizim jahonning 150 mamlakatida qo`llanib, odatda
saylov bo`lib o`tganligi uchun asos sifatidagi saylovchilarning qatnashish me'yori belgilanmaydi:
agar saylovda birgina saylovchi qatnashgan bo`lsa ham saylovlar bo`lib o`tgan hisoblanadi.
Proporsional saylov tizimi saylovlarda keng omma vakillarini ishtirokini ta'minlash
maqsadida kiritilgan saylov tizimi bo`lib, Yevropa, Lotin Amerikasi davlatlarining ko`pchiligida,
Afrika davlatlarining uchdan bir qismida uchraydi.
Bu tizimning asosiy maqsadi saylovlarda olingan ovozlar bilan amalda parlamentda
egallangan mandatlar mutanosibligini ta'minlashdir. Ya'ni, masalan, bir partiya saylovda 30% ovoz
olgan bo`lsa, parlamentda 30% mandatga ega bo`lishi kerak.
Proporsional saylov tizimlarining ko`pchilik ovoz tamoyiliga asoslangan majoritar saylov
tizimlaridan assosiy farqi ham shunda.
Proporsional saylov tizimlarida katta-katta saylov okruglari tuzilib, har bir saylov okrugidan
bir nechta deputatlar saylanadi. Saylov okruglari qancha katta bo`lsa, olingan ovozlar va egallangan
mandatlar shunga mutanosib bo`ladi.
Bu tizimda har bir partiya o`z nomzodlari ro`yxatini tuzadi va saylovchilar alohida olingan
nomzodga emas, balki ma'lum partiya ro`yxatiga ovoz beradi. Ba'zi hollarda saylovchilarga
nomzodlarga nisbatan o`z munosabatlarini bildirishga ham imkoniyat berilishi mumkin.
Saylovlar natijasini aniqlashda har bir deputatlik mandatini olish uchun zarur bo`lgan
ovozlar miqdori belgilanadi. Bu miqdor har bir saylov okrugi uchun alohida qilib belgilanishi yoki
butun davlat hududi uchun bir xil bo`lishi ham mumkin. Proporsional tizimning asosiy vazifasi
ovozlar va mandatlar mutanosibligini ta'minlash yo`li bilan ozchilikning ham manfaatlarini
ta'minlash hisoblanadi.
Proporsional saylov tizimida partiya ro`yxatlari bo`yicha ovoz berishni ro`yxatlarning
xarakteriga qarab qat'iy, qat'iy bo`lmagan va o`zgaruvchan ro`yxatlar bo`yicha turlarga bo`lish
mumkin. Qat'iy ro`yxatlar asosida ovoz berish proporsional saylov tizimini qo`llaydigan davlatlarda
eng ko`p tarqalgan bo`lib, bunda saylovchilar muayyan partiya tomonidan taqdim etilgan ro`yxatda
ko`rsatilgan nomzodlar o`rnini o`zgartirishga, ya'ni o`zlari afzal ko`rgan nomzodni birinchi o`ringa
qo`yishga haqli bo`lmaydilar.
Ba'zida saylov bulleteniga deputatlikka nomzodlar familiyalari kiritilmay, faqatgina partiya
rahbarining familiyasi va partiya ramzi kiritilishi mumkin. Bu usulda ovoz berishga Janubiy Afrika
Respublikasida 1994 yilda o`tkazilgan saylovlar misol bo`la oladi. Bunday ovoz berishda
saylovchilar o`zlari tanlagan partiya ro`yxatiga ovoz berish bilan cheklanadilar. Bu usulda ovoz
berish boshqacha tarzda saylanishi qiyin bo`lgan ozchilikning hamda ayollarning saylovda g`olib
chiqishiga imkon tug`dirsada, deputatlikka loyiq bo`lmagan nomzodlarning saylanib qolishiga
sabab bo`lishi mumkin.
Partiya ro`yxatlari bo`yicha ovoz berishning ikkinchi turi bu qat'iy bo`lmagan ro`yxat
asosida ovoz berishdir. Bunda saylovchilar o`zlari tanlagan partiya ro`yxatini yoqlab ovoz
berishdan tashqari bu ro`yxatdagi nomzodlar o`rnini almashtirish imkoniyatiga ham egalar.
Saylovchilarga nomzodlarni tanlash imkoniyatining borligi bu usulning afzalligi bo`lsada, bu
Do'stlaringiz bilan baham: