2. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari
Demokratik davlatning hokimiyat idoralarini shakllantirishda saylov muhim ahamiyatga
ega. “Saylov” o`z mazmuniga ko`ra biron-bir organni (davlat, jamoatchilik, halqaro va hokazolar)
ovoz berish yo`li bilan shakllantirish demakdir. Saylov o`zining mohiyatiga ko`ra shunday
demokratik jarayonki, unda xalq hamda uning vakillari qonunda belgilangan tartibda hokimiyatni
boshqarishga kimni qo`yish yoki chetlatish masalasini o`zi mustaqil hal etadi. Albatta,
nodemokratik davlatlarda ham saylovlar o`tkaziladi, lekin odatda formal xarakterga ega bo`ladi.
Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasiga ko`ra “davlatning asosiy hokimiyati
bu halqning irodasidir.”
Saylov huquqi fuqarolarning o`z siyosiy huquqlarini amalga oshirishda yaqindan yordam
beruvchi siyosiy holatdir. Saylov jarayonlarida yuzaga keladigan turli xil munosabatlarni tartibga
solishda saylov huquqidan foydalanamiz. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-
moddasida: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga
saylash va saylanish huquqiga egadirlar” deb ko`rsatib o`tilgan.
Aktiv saylov huquqi, ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir ko`rinishi bo`lib,
u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o`z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko`zda
tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli mamlakat
fuqarolari ega bo`ladilar. O`zbekistonda saylash huquqiga O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan 18 yoshga yetgan barcha O`zbekiston fuqarolari
egadirlar.
Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Masalan, Malayziya,
Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to`lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo`lishadi.
Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan Qonunga ko`ra saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan
Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham saylov huquqiga ega bo`lish uchun
belgilangan yosh 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan 18 yosh qilib belgilangan.
Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo`lsa-da, ba'zi hollarda bunday
senzning yo`qolib ketishini ham kuzatish mumkin. Masalan, o`ziga xos tuzilma bo`lgan Yevropa
Ittifoqining Parlamentiga saylovlar paytida Fransiyada bo`lgan Germaniya fuqarosi Fransiyaning
Yevropa Ittifoqi Parlamentiga vakili uchun ovoz berish huquqiga ega. Bu qoida Yevropa Ittifoqiga
asos solgan 1992 yilgi Maastrixt Shartnomasida ko`zda tutilgan.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida
saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana olmaydilar ya'ni, ozodlikdan mahrum qilish
97
joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to`xtatiladi.
Passiv saylov huquqi, ya'ni saylanish huquqiga ham ma'lum yoshga yetgan, muomalaga
layoqatli fuqarolar ega bo`ladilar. Turli davlatlarda ma'lum davlat organlariga saylanish uchun
belgilangan yosh chegarasi turlicha bo`lishi mumkin.
Aktiv saylov, ya'ni saylash huquqidagi yosh senzi ma'lum davlatlarda aholining barcha
qatlami uchun bir xil belgilansa, passiv saylov huquqida yosh senzi nomzodning qaysi organga
saylanayotganligiga qarab turlicha belgilanishi mumkin. O`zbekistonda fuqarolar Mahalliy Kengash
deputatligiga saylanish huquqiga ega bo`lish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputatligi va Senatiga saylanish uchun 25 yoshga, Respublika Prezidentligiga saylanish uchun esa
35 yoshga yetgan bo`lishi kerak.
Saylanish huquqiga ega bo`lish uchun yana boshqa shartlar ham qo`yilishi mumkin.
Masalan, Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan fransuz fuqarosidan 1500 yevro garov summasi
talab qilinadi. O`zbekiston Respublikasida Prezident bo`lib saylanish uchun nomzod O`zbekistonda
kamida oxirgi 10 yil ichida doimiy yashagan bo`lishi va davlat tilini yaxshi bilishi kerak. Oliy
Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun nomzod kamida so`nggi besh
yilda O`zbekistonda doimiy yashagan, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun avval sudlanmagan
bo`lishi kerak.
Ko`pchilik mamlakatlarda saylovlar to`g`ri va egri ko`rinishlarga bo`linadi.
To`g`ridan-to`g`ri ovoz berish nomzodlarga ovoz berishning eng ko`p tarqalgan saylov turi
hisoblanadi. To`g`ri saylovlarda saylovchi va nomzod o`rtasida hech qanday oraliq instansiya
mavjud bo`lmay, saylovchining hohish irodasi bevosita ifodalanadi. Bu holatda saylov huquqiga
ega bo`lgan fuqaro saylanish asosida ega bo`linadigan lavozimga qo`yilgan nomzodga bevosita
ovoz beradi. To`g`ri, saylovlar jahonning ko`pchilik mamlakatlari parlamentining quyi palatalariga
va barcha mamlakatlar prezidentligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llaniladi.
To`g`ri saylovlar mamlakatimizda Prezidentlikka, Oliy Majlisning quyi palatasi –
Qonunchilik palatasi deputatligiga va halq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar kengashlari
deputatligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llanilib, bunda fuqarolar va nomzodlar o`rtasida hech
qanday oraliq instansiya mavjud emas.
Egri saylovlar, odatda ko`p bosqichli bo`lib, bunda saylov huquqiga ega bo`lgan fuqaroning
xohish irodasi maxsus shaxslar – “Saylovchilar” yoki maxsus organlar vositasida ifodalanadi. Egri
saylovlarda fuqarolar nomzodga emas, balki maxsus shaxslar yoki organlarga ovoz beradilar, ular
esa o`z navbatida muayyan lavozimga qo`yilgan nomzodni saylaydilar. Bu saylov usuli qator
mamlakatlar parlamentining yuqori palatasiga bo`lgan saylovlarda ham qo`llaniladi (Fransiya,
Xindiston, Malayziya va boshqalar). Egri saylovlar AQSH va Argentina prezidentligiga bo`ladigan
saylovlarda qo`llanilib, prezidentlik saylovida bu usulni qo`llanilishining xarakterli jihati shundaki,
saylovchi va nomzod o`rtasidagi oraliq instansiya – maxsus shaxslarning shaxsiy sifatlari emas,
balki partiyaviy mansubligi juda katta ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat a'zoligiga nomzodlar
o`z lavozimlariga egri saylovlar orqali erishadilar, ya'ni Senat a'zolari Qoraqalpog`iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatga
saylov Qorqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar
orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
Saylovlarni o`tkazish jarayonida xorijiy hamda milliy kuzatuvchilarning hozir bo`lishi
saylov o`tkaziladigan davlat uchun saylov jarayonining obro`sini oshiradi. Bunday kuzatuvchilar
saylov jarayoniga aralashmagan holda ma'lum davlatda fuqarolar saylov huquqlarining amalga
oshirishlari uchun qay darajada sharoit yaratilganligiga va shuning natijasi o`laroq mamlakatdagi
98
demokratik jarayonning qanday kechayotganligiga baho beradilar.
Yurtimizda bu boradagi islohotlarning qay darajada borayotganligini 2002 yil 27 yanvar
kuni O`zbekiston Respublikasi referendumida ishtirok etib, referendum jarayonini bevosita
kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar Referendum kelgusida O`zbekistonning xalqaro aloqalarini
kuchaytirishda hamda qonunchilikni mustahkamlashda muhim omil bo`ladi degan mulohazalaridan
ham bilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |