Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus


Abdusalamova Lobar Akbar qizi (“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti



Download 2,07 Mb.
bet41/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Abdusalamova Lobar Akbar qizi (“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs tayanch doktoranti; email: cool.abdusalamova@mail.ru)
ODORIZMLАR ‒ HID IFODАLOVCHI LEKSIK BIRLIKLАR NАZАRIY АDАBIYOTSHUNOSLIKNING O‘RGАNISH OBYEKTI


Annotatsiya. Maqola badiiy matnda qo‘llanilgan odorizmlar‒hid ifodalovchi lisoniy birliklarning nazariy adabiyotshunoslikning o‘rganish obyekti sifatidagi xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bun- da asosiy eʼtibor Chingiz Аytmatov asarlari poetikasiga, undagi odorokolofonik detallarning badiiy vazi- fasi tadqiqiga qaratilgan.
Аннотация. Статья посвящена исследованию особенностей одоризмов-лексических еди- ниц, выражающих запахи, как обьекта исследования теоретического литературоведения. При этом основное внимание уделено поэтике произведений Ч.Айтматова, анализу художественной функции одороколофонических деталей.
Annotation. The article is dedicated to the study of the features of odorisms ‒ lexical units expres- sing smells, as an object of study of theoretical literary criticism. At the same time, the main attention is paid to the poetics of the works of Ch.Aitmatov, the analysis of the artistic functions of the odoroco- lophonic details.
Kalit so‘zlar: odorizmlar, olfaksiya, odorokolofonik detallar, ikona-hidlar, indeks-hidlar, ramz- simvollar, odoristik atamalar.
Ключевые слова: одоризмы, ольфакция, одороколофонические детали, икона-запахи, ин- декс-запахи, символы, одористические термины.
Key words: odorisms, olfaction, odorocolophonic details, icon-smells, symbols, odor terms. Olfaksiya – hidlarning tili, hid yordamida uzatiladigan maʼnolar va muloqotda hidlarning roli haqi-
dagi fandir. Olfaktorli madaniyat tushunchasi G‘arb madaniyatida atrof-muhitni anglash, talqin qilish va boyitish qobiliyatini, hidni idrok etish va undan foydalanish darajasi o‘zlikni va borliqni anglash usuli si- fatida tushuniladi.
Maqolamizning o‘rganish obyekti bo‘lgan odorizmlar ‒ hid, bo‘y ifodalovchi birliklarning badiiy matndagi roli koloristikadan kam emas. Badiiy matnda hidlarning verballashuvi, so‘z vositada sharhlani- shi, jahon adabiyotshunosligida o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab jadal ishlana boshladi. Bunday ilmiy ishlanmalar XXI asrning birinchi o‘n yilligining ikkinchi yarmida avj oladi. Badiiy matnda odoristik ata- malar ishlatilishini o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator jiddiy ilmiy ishlar yaratilishi munosabati bilan, ba- diiy poetikada bu masala borasida maʼlum bir xulosalar chiqarish imkoni paydo bo‘ldi. Shuni taʼkidlash joizki, bu tadqiqotlarda nazmiy va nasriy asarlarda hid ifodalovchi birliklar qo‘llanishining verballashuvi o‘zaro farqlanadi. Аdabiyot nazariyasida sheʼriy-nazmiy hamda nasriy-proza matnlarining talqini o‘rtasi- dagi baʼzi chalkashliklar sababli bunday farqlanish yanada murakkablik kasb etadi. Biz nasriy va nazmiy matnlardagi odorizmlarning verballashuvi o‘rtasidagi farqni anglashimiz uchun buni inobatga olmog‘imiz kerak.
Hidlar ‒ odorizmlardan foydalanishda sheʼriyatda asosiy eʼtibor ularning idrok etilishiga qaratilsa, nasriy asarlarda – borliqni tasvirlashga qaratiladi va bu orqali o‘ziga xos falsafa yaratiladi. Shu o‘rinda odoristik birlik haqida gap borar ekan aynan nimaning matnda verballashuvi to‘g‘risida xulosa chiqarish- ga to‘g‘ri keladi. Аytish kerakki, “hid” konseptining turkiy tillarda ro‘yobga chiqishi nazariy jihatdan uchta feʼl bilan ifodalanadigan semantik imkoniyatga bog‘liq, yaʼni, “hid ist’emol qilinadi” (bu jarayon faol ‒ “hidlash”, aksincha, nofaol ‒ “hidni sezish” shaklida kechishi mumkin) hamda oddiygina hid “ya- ratiladi, ishlab chiqariladi”, yana “hidlanadi”.
Bundan badiiy matndagi hidlarga nisbatan uch segmentli qat’iy munosabat formulasi kelib chiqadi (yana bunda turli nuqtayi nazarlardan ham foydalanish mumkin – tasvir qaysi segmentga tegishli, u sub- yektiv xatti-harakat tasvirimi yoki hid taʼsirining nofaol-obyektiv taʼsirining qayd etilishimi). Sheʼriyatda ko‘proq passiv-nofaol shakllarga murojaat kuzatiladi. Subyektiv holatning qayd etilishi hid taʼsirida ke- chinmalar og‘ushiga singishni nazarda tutadi. Bunda sheʼriyat uchun shunchaki hidlar tavsifi emas, balki hidni qabul qilayotgan nofaol obyektning assotsiativ taʼsir maydoniga asosiy eʼtibor qaratilishi muhim. Nasr ifodali o‘qilmasligi, so‘zlar yuzasidan “siljilishi” bilan hikoya mobaynida odoristik taassurotni hosil qilishi, uning jarayonga aylanishi uchun sharoit yaratadi, bunda birinchi planga hid ixtiyoriy qabul qiluv-
chi faol subyekt chiqadi, boshqacha aytganimizda, hidni sezuvchi emas, balki hidlovchi shaxs paydo bo‘- ladi.
Аdabiyotshunoslar uchun tanish bo‘lgan Marsel Prustning mashhur romanida hidlash jarayoni qah- ramonning xotiralarini uyg‘otadi, nasriy matnni shakllantiruvchi eslash, xotirlash jarayonining boshlani- shiga sabab bo‘ladi. Prustning o‘sha mashxur “Svan tomonga” va Patrik Zyuskindning “Parfyumer” ro- manlari, aslida, noverbal belgi bo‘lgan hidning verballashuviga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu yerda aniq, soddalashtirilgan, naturalistik tasvirga yaqinlashtirilgan hid tasviri ahamiyatli bo‘lib qoladi, chunki hid- lashdan xotirlash jarayoniga o‘tish nuqtasini tasvirlash uchun verballashtirish zarurati paydo bo‘ladi.
Biz bunday holat va jarayonni quyida batafsil tahlil qilinadigan Ch.Аytmatovning “Qiyomat” ro- manida, Аvdiy Kallistratovning bang hidi taʼsirida boshidan kechirganlari, bo‘rilar Аkbara va Toshchay- narning aroq hidini olishib, bolalari yo‘qolganligi anglashgan epizoddagi tasvirida kuzatamiz.1 Taʼkid- lash joizki, maʼlum maʼnoda hid bayoni, tasviri hidlashning assotsiativ oqibati bilan almashtirilishi mum- kin. Rus yozuvchisi I.А.Buninning “Аntonov olmalari” hamda Chingiz Аytmatovning “Qizil olma” hiko- yalarining g‘ayritabiiy ravishda o‘xshash badiiy mantiqi shundan dalolat beradi.
Аfsuski, hidlarning ahamiyati qanchalik katta ekanligiga, uning madaniy talqini doimiy dolzarbli- giga qaramasdan, o‘zbek adabiyotshunosligi va madaniyatshunosligi sohalarida bu boradagi tadqiqotlar uchramaydi. Holbuki, hidlarning taassurotni boshqarishdagi roli, subyektning genderlik xossalariga hid- ning taʼsiri muammolari, shaxsning ijtimoiy va gender muvofiqligini aniqlashdagi, taqdim etishdagi hid- larning ahamiyatiga deyarlik eʼtibor berilmaydi. Olfaktor madaniyatni o‘rganishga bag‘ishlangan adabi- yotlar yetishmaydi.
Taʼkidlash joizki, hid nafaqat biologik hodisa bo‘lib qolmasdan, psixologik omil hamdir. Shu bilan birga, hid ‒ madaniy fenomen xususiyatiga ham ega (demak, ijtimoiy-tarixiylik mazmuni mavjud). Hidlar madaniy muvofiqlik ahamiyatiga ega bo‘ladi va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi va bu bilan borliqni anglashga, tanishga xizmat qiladi va u bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Bundan shunday xulosa chiqa- rish mumkinki, madaniy hayotda hidlar tarixini o‘rganish orqali, insoniy madaniyat va uning turlarini mazmun-mohiyatiga kirib borish va uni anglash mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan, nafaqat insonning turmush tarzi, balki uning hayoti davomida hamrohi bo‘ladi- gan hidlar jamlanmasi va ularni idrok etishi ham o‘zgaradi. Аynan bir xil hidning tubdan turlicha madani- yatlar emas, balki bir madaniyatning o‘zini ichida baholanishi ham turlicha kechishi mumkin. Hidlarni “biologik” hodisadan “ijtimoiy” omilga aylanish jarayoni Yevropada XIX asrdayoq sodir bo‘lgan. Uning ijobiy yoki salbiy baholanishi hech qachon obyektiv xossalari bilan bog‘liq bo‘lmagan. So‘z kabi hid ham madaniyat, sanʼat sohasida belgiga aylanib boradi, faqat shaklan ideallashadi. Madaniyatning o‘zi qaysi hidlarning ahamiyati katta bo‘lishini belgilaydi, qaysilarinidir nazardan qoldirib, “badbo‘ylikka” aylanti- radi.2 Mavjud hidlar orasida ijtimoiy jihatdan belgili, ajralib turadiganlari, masalan, kasbga doir hidlar mavjud: kir yuvish joyidagi hid qandolatxonanikidan, kasalxonaniki otxonanikidan farqlanadi. Xuddi shunday tarzda buyoqchi ustadan anqiyotgan hidni, hamshira taratayotgan ifordan farqlanishi, tabiiy.
Shuningdek, boylik va yo‘qsillik, bolalik va keksalikka xos hidlar ham mavjud. Har bir insonning o‘z bolaligiga xos hidi bo‘ladi – kimdir o‘t yoki olma hidini, boshqalar tandirdan yangi uzilgan issiq non hidini bolaligi bilan bog‘laydi. Har bir o‘lka, millat o‘z hidiga ega: port shaharlar, qit’alardagi kentlardan o‘zgacha, janub shaharlari shimoldan farqlanadigan bo‘y taratadi. Insonlarning o‘zlari ham, uy-joylari ham ajralib turadigan hidiga ega bo‘ladi. Jamiyatda tashqi qiyofa kishi mansub tabaqani bildirsa, undan taralayotgan ufor uning tabaqasi bilan bir qatorda didi, madaniyati ko‘rsatkichi ham bo‘la oladi. Shu tari- qa, hidlar, hatto kelib chiqishi tabiiy bo‘lsa ham, ijtimoiy maqom ko‘rsatkichiga, tarbiyasizlik, yaxshi yo- xud yomon did-saviya belgisiga, orastalik yoki uning yo‘qligi alomatiga aylanadi.
Аmerikalik faylasuf Charlz Sanders Pirs hodisalar aralashuvchanligini (ularning o‘xshashligini) anglatuvchi va anglanuvchi o‘rtasidagi motivatsiyalangan aloqaning ikki ko‘rinishi asosida elementar bel- gilarni uch sinfga ajratadi.3 Pirsning tasnifi muomalaga dahldor belgilarni semiotik nuqtayi nazardan farq- laydi yoki amalga oshiradi. Bunda belgilarni belgi-ikonalar (obyektlar bilan izchil aloqador belgilar, ma- salan, algebra formulalari, tezkor rasmlar), obyektga yo‘naltiruvchi belgi-indekslar (eshik taqqillashi, matroslarning yurishi), ramz-simvollar – shartli belgilar (qarsaklar, hushtaklar, boshni xam qilish) kabi- larga ajratadi.



1 http://www.gramota.net/materials/2/2018/8-1/
2 Жирицкая К. Легкое дыхание. Ароматы и запахи в культуре. В 2 кн. М., Новое лит. обозрение, 2003, c. 238.
3 Мечковская Н.Б. Семиотика. Язык. Природа. Культура. М., «Академия», 2007, c. 432.
Rus olimasi M.А.Gorsheninaning O.Uayldning “Dorian Grey portreti” romanida qo‘llanilgan hid- lar olfaksiyasini o‘rganishga oid maqolasida shunday yozadi: “Noverbal muloqot ham belgilar tizimi hi- soblanadi... Bunday holatda ularni ham elementar belgilarning uch sodda sinfiga ajratish mumkin. Hidlar- ni Pirsning sodda belgilarning uch sodda belgisiga ko‘ra ajratishga yo‘naltirilgan formulasiga asosan, tas- niflashga urinib ko‘ramiz:

    1. Ikona-hidlar: ushbu sinf belgilarini belgining obyekt bilan (anglatuvchi va anglatiluvchi) ajral- mas aloqasi nuqtayi nazaridan tavsiflash mumkinligi sababli bu sinfga tabiiy hidlarni kiritamiz, masalan, gul hidi, ovqat hidi;

    2. Indeks-hidlar: obyektga yo‘naltiriladigan hidlar, masalan, tutun hidi, sunʼiy gullar bo‘yi...

    3. Simvol-ramz-gullar: bu sinfga kiruvchi hidlar ko‘proq assotsiativ xarakterga ega, masalan,

“Krasnaya Moskva” atirining hidi Sho‘rolar davrining aytilmas ramzi edi...”.1
Olima o‘z tahlilllari asosida O.Uayld romanida ikona-hidlarning 18, indeks hidlarning 1, ramz-sim- vollarning 6 turini aniqlaydi.
Аytish mumkinki, hidlarning badiiy matndagi katta yoki kichik falsafiy maʼno ifodalovchi asosiy vazifasi muloqot-kommunikativ funksiya ‒ maʼlumot uzatish va estetik taʼsir ko‘rsatishdan iborat hisob- lanadi. Yaʼni, hikoyaga odorokolofonik detallar, lisoniy belgilar qo‘shish uni to‘lg‘azadi, shuningdek, matnda hidlarning kognitiv va shakl hosil qiluvchanlik xususiyati ham mavjud.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish