When the spring comes, the swallows return; When we arrived she made some fresh coffee; He ra- rely lets us know what he’s doing. Crime is the best policy these days. He cycles to work most days.
Matn doirasida temporal birliklar ma’lum vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisani boshqa sodir etilgan vaziyatga aloqadorligini ko‘rastuvchi vosita vazifasini bajarishini kuzatish mumkin. Temporal ho- disalar matndagi lisoniy munosabatlarni shakllantirish, aloqador voqea-hodisalarni bog‘lash uchun xiz- mat qiladi. Ma’lumotlar bog‘liqligi semantik-sintaktik bog‘liqlik, implikatsiya orqali amalga oshiriladi.
Zamon shaklining ishtiroki vaziyat mazmunini ochib berishda muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham vaziyatning relevant mazmuni vaziyatning referent freymi deb hisoblanadi. Shunday ekan, aspekt deyktik kategoriya tarkibiga kiritilmasa-da, aspektual ma’lumot ba’zan temporal lokativlikka taalluqli ekanligi namoyon bo‘ladi.1 Masalan, While we were talking, up pulls a passenger train to the depotnear by. A person in a high hat gets off on the wrong side of thetrain and comes tripping down the track to- wards us; Uyimga kelganimda vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi. Tanchani kul bosib, tagida to‘rttagina cho‘g‘ qopti. Qorong‘i oshxonadan ko‘mir olib chiqib, soldim (O‘.Hoshim. 234).
Keltirilgan vaziyatda While we were talking sof temporal sifatida keyingi voqea-hodisalarga refe- rensiya vazifasini bajarayotganligini kuzatish mumkin. Ushbu matnda keyingi jarayon narrativ tarkibda berilgan va voqea-hodisalar kechimi makonga ham aloqador. Bunda voqea-hodisa dinamik tuzilishga ega bo‘lib, u, o‘z navbatida, temporal va aspektual makonda sodir etilgan. Keyingi gapda esa kelganimda bir- ligi keyingi hodisalarga nisbatan referensiya vazifasini o‘tagan bo‘lsa, vaqt allamahal temporal birligi tagida to‘rttagina cho‘g‘ qopti hodisasining natijasiga bo‘lgan ishora sifatida tushunish mumkin.
Temporal referensiya voqea-hodisalarning sodir etilayotgan vaqtiga aniqlik kiritish uchun xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularning keyingi vaziyatda qay tarzda kechishini ham belgilaydi. Masalan, But Wexford, who had at that moment drawn his in consciously, wasn’t brought to the blush which would ha- ve been his reaction the day before. Hewas wondering what he was to think of his summons by the chief constable, and making a disagreeable guess at the answer; Yig‘i tamom bo‘lgandan keyin, bir-birlarini anglashib, surishtira boshladilar. Keyin ma’lum bo‘lishiga qaraganda, na ot, na it o‘lgan, na qo‘rg‘on- chaga o‘t tushgan, na pichoq singan. Bo‘riboyvachcha bo‘lsa so‘lakayini oqizib o‘zi chiqib qoldi (G‘. G‘ulom. 215).
Temporal uzviylik voqea-hodisalarning bir maromda ko‘chishini ta’minlasa, aspektual xususiyat sifatida xabitual, durativ ma’nolarning yuzaga kelishini ta’kidlash mumkin. Mazkur aspektual ma’nolar- ning shakllanishida at that moment, the day before, tamom bo‘lgandan keyin, keyin ma’lum bo‘lishiga qa- raganda kabi temporal deyktik birliklar muhim o‘rin tutgan.
Vaziyatni lisoniy nuqtayi nazardan vaqt oralig‘iga joylashtirish uchun nutq vaqti (nutq sodir etila- yotgan jarayon), vaziyat vaqti (voqea-hodisa, holat sodir etilayotgan vaqt), referensiya vaqti (berilgan va- ziyatning temporal nuqtayi ko‘rsatgichi) muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, zamon shakllari temporal ma’lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri kodlashtirish uchun xizmat qiladi.
Temporal referensiyaning muhim aspekti zamon ekanligi ko‘zga tashlanadi. Zamon grammatik ka- tegoriyasi, odatda, deyktik zamon va aspektual xususiyatlar bilan aralash tarzda belgilanadi. Temporal re- ferensiya matn doirasida predikatlarning temporal moslashuvini ta’minlovchi asosiy belgilaridan biri hi- soblanadi. Predikatning zamon, aspekt, vaqt va makonni xususiyatlarining ifodalanishida temporal refe- rensiya muhim ahamiyat kasb etadi.
1 Geeraerts Dirk and Hubert Cuyckens. The Oxford handbook of cognitive linguistics. Oxford, Oxford University Press, 2007, p. 813.
Do'stlaringiz bilan baham: |