Mustaqil razryad. Kuchlanishning yanada oshirilishida (U va yuqori) tok kuchi keskin ortadi. Tashqi ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak, endi gazning elektr o'tkazuvchanligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan ionlarni razryadning o'zi vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning ta'siri tugagandan keyin ham davom etadigan razryad mustaqil gaz razryadi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi vujudga keladigan Uyokuchlanish gaz razryadini yoqish kuchlanishi yoki teshish kuchlanishi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi elektr maydoni tomonidan tezlashtirilgan elektronlarning urilish ionlashtirishi natijasida vujudga keladi. Elektronlar E maydon ta'sirida tezlanuvchan harakat qiladi va elektr maydon kuchlarining ishi hisobiga kinetik energiyasi ortadi. Agar elektronning energiyasi atomning ionlashish energiyasiga teng yoki undan katta bo'lsa, ularning to'qnashuvi natijasida atom ionlashishi mumkin. Natijada yana bir musbat ion va elektron vujudga keladi. Elektr maydon kuchlanganligi katta bo'lganligi sababli, o'z energiyasini yo'qotgan oldingi elektron ham va yangi hosil bo'lgan elektron ham ionlashtirish uchun zarur bo'lgan energiyani to'playdi. Keyingi to'qnashuvda esa endi to'rtta elektron va ikkita ion vujudga keladi. Uchinchi to'qnashuvdan so'ng elektronlar soni sakkizta, to'rtinchisidan keyin — o'n oltita va hokazo davom etadi. Natijada elektronlar va ionlar oqimi hosil bo’ladi.
Mustaqil razryad hosil bo'lishi uchun elektronlar va ionlar oqimining hosil bo'lishi zarur bo'lsada, lekin yetarli emas. Katod sirtidan elektronlarni urib chiqarish hodisasi ikkilamchi elektron emissiya deyiladi. Urib chiqariladigan elektronlarning soni ionning energiyasi va katod materialiga bog'liq bo’ladi. Bir paytning o'zida ham elektronlar va ionlar oqimining vujudga kelishi, ham ikkinchi elektron emissiya hodisasining ro'y berishigina mustaqil razryadning vujudga kelishiga olib keladi. Shu holdagina gaz oralig'ining teshilishi va mustaqil gaz razryadining yoqilishi ro'y beradi.
Tojli razryad.Agar atmosfera bosimida birining uchi uchli, ikkinchisiniki yassi bo'lgan elektrodlar yordamida bir jinslimas elektr maydon hosil qilinsa, har birining oldida elektr maydonning kuchlanganligi turlicha bo’ladi. Uchli joyda zaryad zichligi juda katta va shuning uchun ham kuchlanish ortganda bu yerdagi kuchlanish yassi elektroddagiga nisbatan oldinroq Euqiymatga erishadi. Uchli elektrod oldidagi kuchlanganlik 30 kV/sm ga yetganda gazning teshilishi ro'y berib, elektrod atrofida tojga o'xshash chaqnash hosil bo’ladi. Shuning uchun ham u tojli razryad deyiladi.
Tabiatda tojli razryad atmosfera elektr maydoni ta'sirida daraxtlarning, kema machtalarining uchlarida va boshqa uchli narsalarning oldida hosil bo'lishi mumkin. Shuningdek, uni yuqori kuchlanishli elektr energiya uzatuvchi simlar oldida ham kuzatish mumkin. Texnikada tojli razryad sanoatda ishlatiladigan gazlarni qattiq va suyuq aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladigan elektr filtrlarda foydalaniladi.