O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Galvanik elementning tuzilishi



Download 0,92 Mb.
bet106/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Galvanik elementning tuzilishi. Galvanik elementning tuzilishiga yopiq zanjirda elektr tokini vujudga keltiradigan metall va elektrolit o'rtasidagi o'zaro ta'sir asos qilib olingan. Bu hodisa XVT1I asr oxirida italiyalik ohm L.Galvani (1737 — 1798) tomonidan ochilganligi sababli, yangi tok manbalari uning sharafiga galvanik elementlar deb atalgan. Galvanik elementlar biror elektrolitga tushirilgan ikkita turli materiallardan yasalgan elektrodlardan iborat bo’ladi.
Italiyalik fizik A. Volta (1745 — 1827) mis va rux plastinkalarni sulfat kislota eritmasiga tushirib birinchi galvanik elementni yasagan. Volta elementining EYK1, IV bo'lgan. Volta elementi ishlaganda uning musbat qutblarida vodorod ajraladi, manfiyida esa ruxning erishi ro'y beradi.
Amalda, elektrodlari va elektroliti bilan Volta elementidan farq qiladigan boshqa elementlardan ko'proq foydalaniladi. Masalan, 1,09 V EYK Daniel elementida musbat elektrod mis kuporosiga botirilgan mis, manfiy elektrod esa rux kuporosi yoki sulfat kislotaga botirilgan rux.
Galvanik elementlarning ko'pchiligida uzoq foydalanilganda EYK kamayadi va tok berolmay qoladi. Bunga sabab elektrodlarning qutblanishidir.
Elektrodlarning qutblanishi va uni yo'qotish. Volta elementining ish prinsipida katta kamchilik mavjud. Mis elektrodda ajralayotgan vodorodlar ma'lum vaqtdan so'ng elektrodni o'rab oladi va vodorodning yangi ionlari kelishiga to'sqinlik qiladi. Natijada elektrodlarning elektrolitik potensiali, va demak, ularning farqi ham o'zgaradi. Bu hodisaga elek­trolitlarning qutblanishi deyiladi. Elektrodlarning qutblanishi ele-mentda go'yoki qarama-qarshi EYK vujudga keltiradi va undagi tokni kamaytiradi. Elementning qutblanishini yo'qotish uchun ajraladigan gaz bilan birikuvchi, oksidlovchi modda kiritiladi. Bunday oksidlovchilarga qutblashni yo'qo-luvchilar, qutblarni yo'qotuvchi elementlarga esa qutblanmaydiganlar deyiladi va ular ancha uzoq vaqt ishlaydi. Qutblanmaydigan galvanik elementlarning juda ko'p turlari mavjud bo'lsa-da ularning ish prinsipi bir xil. Ularning eng ko'p tarqalganlaridan biri Leklanshe elementi bo'lib, EYK 1,5 V ni tashkil qiladi.
Akkumulatorlar. Galvanik elementlar unda mavjud bo'lgan kimyoviy energiya to'la sarflanguncha (masalan, Leklanshe elementida rux eriguncha) ishlashi mumkin. So'ngra esa faoliyatini to'xtatadi. Shuning uchun ham ba'zida ularning faoliyati uchun zarur bo'lgan kimyoviy energiyani elektroliz natijasida tiklashi mumkin bo'lgan gal­vanik elementlardan foydalaniladi.
Bunday elementlarga akkumulatorlar, ularda elektroliz yordamida energiyani to'plash jarayoniga esa akkumulatorlarni zaryadlash (ener­giyani to'plash) deyiladi.
Akkumulatorlarni zaryadlashda tashqi manbaning toki u beradigan tokka qarama-qarshi yo'nalishda o'tkaziladi.
Texnikada ikki xil: kislotali va ishqorli akkumulatorlardan foydalaniladi. Kislotali akkumulatorlar sulfat kislota eritmasiga tushirilgan qo'rg'oshin plastinkalardan tashkil topgan. Manfiy plastinka toza qo'rg'oshindan sirti yumshoq qilib, musbat plastinka esa qo'rg'oshin ikki oksidi bilan qoplangan bo’ladi. Akkumulator razryadlanganda har ikkala plastinka ham asta-sekin oltingugurt kislotali qo'rg'oshin bilan qoplana boshlaydi. Akkumu­lator zaryadlanganda esa musbat va manfiy plastinkalar orasidagi farq tiklanadi. Kislotali akkumulatorlarning EYK 2 V atrofida bo’ladi.
Ishqorli akkumulatorlar cho'ntakchalari bor nikelli temir plas­tinkalardan tashkil topgan. Musbat plastinkaning cho'ntagiga nikel oksidi, manfiy plastinkaning cho'ntagiga esa temir oksidi solinadi. Elektrolit vazifasini kaliy ishqori o'taydi. Ishqorli akkumulatorning EYK 1,4 V ni tashkil qiladi. Ishqorli akkumulatorlar kislotalilarnikiga nisbatan qulay va yengil, zararli bug' va gazlar chiqarmaydi, qisqa paytdagi qisqa tutashuvda buzilmaydi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish