O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Download 0,92 Mb.
bet102/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Plazma va koinot. Barcha yulduzlar, jumladan Quyosh ham, yulduzlar atmosferasi, galaktikadagi tumanliklar va yulduzlararo muhitlar moddaning to'rtinchi holati — plazmadan iboratdir. Yer ham plazma qobiq — ionosfera bilan o'ralgan. Magnit bo'ronlari va qutb yog'dusi ham Yer atrofidagi plazmaga bog'liq. Radioto'lqinlarning ionosfera plazmasidan qaytishi Yerda uzoq masofaga radioaloqa o'rnatishga imkon beradi.
Plazma fizikasini o'rganish kosmosda ro'y beradigan jarayonlarni o'rganish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Chunki quyosh sistemasining hamma joyida «plazma shamollari» mavjud bo'lib, ba'zida ular shu qadar kuchli bo’ladiki, kosmonavtlar uchun ma'lum xavf tug'diradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, plazma fizikasi fanining yutuqlari texnikada juda keng qo'llanilishi mumkin.
Plazma haqida tushuncha
Mazmuni: elektrolitlarda elektr toki; elektrolitik dissotsiatsiya; dissotsiatsiyalanish darajasi; elektroliz.
Elektrolitlarda elektr toki. Distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi. Agar unga ozroq tuz qo'shilsa, elektr tokini o'tkazuvchiga aylanadi. Demak, ba'zi moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini o'tkazish xususiyatiga, ya'ni zaryad tashuvchi zarralarga ega bo'lib qolar ekan. Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralar ionlar bo’ladi. Shuning uchun ham bunday o'tkazuvchanlikka ionli о 'tkazuvchanlik deyiladi. Ionlarning vujudga kelishiga sabab, elektrolit eriganda uning molekulalari erituvchi molekulalarining elektr maydoni ta'sirida musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishidir. Elektrolitdagi ionlarning tashqi maydon ta 'siridagi batartib harakati elektrolitlarda elektr toki deyiladi.
Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsiatsiya de­yiladi. Natijada eritmada musbat ionlar (kationlar) va manfiy ionlar (anionlar) hosil bo’ladi. Odatda kationlar metallar va vodorodning ionlari, anionlar esa kislota qoldiqlari va gidroksil gruppalar bo’ladi.
O'ng tomonga yo'nalgan strelka dissotsiatsiyani, chap tomonga yo'nalgan strelka esa — rekombinatsiyani, ya'ni turli ismli zaryadlangan ionlar birlashib neytral molekulalar hosil qilishini ko'rsatadi. Dissotsiatsiyalanish darajasi. Moddalarning dissotsiatsiyalanishini xarakterlash maqsadida dissotsiatsiyalanish darajasi tushunchasi kiritiladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi a deb ionlarga dissotsiatsiyalangan molekulalar soni nQ ning moddadagi molekulalarning umumiy soni n ga nisbatiga aytiladi.
Dissotsiatsiyalanish darajasi, shuningdek, erituvchining tabiatiga, temperaturasiga, bosimga va boshqa faktorlarga ham bog'liq bo’ladi. Ayniqsa, u erituvchining dielektrik singdiravchanligiga bog'liq. Dielektrik singdiruvchanlik qancha katta bo'lsa, molekula tashkil qilgan ionlarning o'zaro ta'sir kuchlari shuncha kichik bo’ladi va Kulon qonuniga muvofiq, ichki molekular aloqalarni uzish shuncha oson bo’ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi, shuningdek, eritmaning konsentratsiyasi va temperaturasiga bog'liq. Temperatura ortishi bilan molekulalarning kinetik energiyasi ortadi, bu esa molekulalarning o'zaro to'qnashib ionlashish ehtimolini orttiradi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish