p-tip o'tkazuvchanlik. Elektronlar sakrab o'tkazish zonasiga o'tib ketgandan so'ng, valent zonada bo'sh o'finlari qolib, ularga teshiklar deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta'sirida elektronning bo'sh o'rni — teshikni qo'shni sathdagi boshqa elektron egallashi mumkin. Bunda teshik ham ko'chgan elektronning o'rniga o'tadi. Bu jarayon davom etsa go'yoki teshik elektronlar harakati yo'nalishiga teskari yo'nalishda ko'chib yurgandek bo’ladi. Ya'ni go'yoki zaryadi elektron zaryadiga teng, ishorasi musbat bo'lgan zaryadning ko'chishi ro'y beradi. Xususiy yarim o'tkazgichlarning kvazizarralar — teshiklar harakati bilan bog'liq o'tkazuvchanligi teshikli o'tkazuvchanlik yoki (yunoncha positive — musbat so'zigaasosan) p-tip o'tkazuvchanlik deyiladi.
Kimyoviy toza yarim o'tkazgichlarda o'tkazish zonasiga o'tgan elektronlar soni valent zonasida hosil bo'lgan teshiklar soniga teng bo’ladi va ularning har ikkalasi ham elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi. Shu bilan birga elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikiga nisbatan katta bo'lganligi uchun teshikli tok umumiy tokning yarmiga teng bo'lolmaydi. Shunday bo'lsada, yarim o'tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi elektronli va teshikli o'tkazuvchanliklarning yig'in-disidan iborat bo’ladi. Zaryad tashuvchilar, ya'ni elektronlar va teshiklar xususiy zaryad tashuvchilar bo'lganligi uchun ham ular vujudga keltiradigan o'tkazuvchanlikka xususiy o'tkazuvchanlik deyiladi.
Aralashmali o'tkazuvchanlik.Yuqorida ta'kidlanganidek, yarim o'tkazgichlarning o'tkazuvchanligi elektronlarning va teshiklarning konsentratsiyasi va ularning harakatchanligiga bog'liq. Shuning uchun ham turli usullar bilan yarim o'tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar sonini ko'paytirishga harakat qilinadi. Bunday usullardan bin aralashmalar kiritishdir. Yarim o'tkazgichlarning ko'pchiligiga aralashmalar kiritilib, ularning elektr o'tkazuvchanligi yaxshilanadi. Aralashmalar ikki xil: donor va akseptor bo'lishi mumkin.
Donor aralashma.Agar to'it valentli germaniyning kristall panjarasiga beshta valent elektronli mishyak, surma va shunga o'xshash moddalarning atomlari aralashma sifatida kiritilsa, yarim o'tkazgichdagi elektronlarning konsentratsiyasi keskin ortadi. Bunga sabab aralashma atom elektronlarining to'rttasi germaniy atomi bilan kimyoviy bog'lanish hosil qilishda qatnashib, beshinchisining bo'sh qolishidir. Natijada uning o'z atomi bilan bog'lanishi juda kuchsiz bo'lib, uni osongina tark etishi va «erkin» elektronga aylanishi mumkin. Shunday qilib, bu holda aralashma atomlar o'z elektronlarini beradi, ya'ni elektronlar donori bo’ladi va shuning uchun ham donor aralashma deyiladi. Donor aralashmada elektr o'kazuvchanlik erkin elektronlar harakatining natijasi bo'lganligi sababli unga elektronli yoki n -tip o'tkazuvchanlik deyiladi.