Elektr sig'imi. Kondensatorlar. Kondensatorlarni ulash
Mazmuni: yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi; sharsimon yakkalangan o'tkazgichning sig'imi; elektr sig'imining birligi; kondensatorlar; kondensatorlarning elektr sig'imlari; kondensatorlarni ulash.
Yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi. Boshqa o'tkazgichlar, jismlar va zaryadlardan uzoqlashtirilgan o'tkazgich, ya'ni yakkalangan o'tkazgichni ko'rayotgan bo'laylik. Bunday o'tkazgichning elektr sig'imi nimalarga bog'liq bo’ladi? Tabiiyki elektr sig'imi undagi zaryad miqdoriga to'g'ri proporsional, ya'ni undagi zaryad miqdori qancha ko'p bo'lsa, bu o'tkazgichning elektr sig'dira olish xususiyati, elektr sig'imi shuncha katta ekanligini ko'rsatadi. Quyidagi ifoda bilan aniqlanadigan kattalik yakkalangan o'tkazgichning elektr sig 'imi deyiladi.
Yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi uning potensialini birlikka o'zgartiradigan zaryad miqdori bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, o'tkazgichning yoki o'tkazgichlar sistemasining elektr sig'imi, shu o'tkazgich va o'tkazgichlar sistemasi o'zida elektr zaryadini yig'a olish xususiyatini xarakterlovchi ftzik kattalikdir.
Umumiy holda o'tkazgichning sig'imi u turgan muhitga va uni o' rab turgan jismlarga bog'liq bo’ladi. Shu bilan birga, misol uchun bochkaning sig'imi unga quyiladigan suvning miqdori va zichligig bog'liq bo'lmaganidek, o'tkazgichning elektr sig'imi ham unga rilgan zaryad miqdori va potensialiga bog'liq emas.
Kondensatorlar. Amalda elektr zaryadlarini yig'ish va zarur bo'lganda ulardan foydalanish juda muhimdir. Shu maqsadda kondensator deb ataluvchi qurilmalardan foydalaniladi. Ularning o'lchamlarini iloji boricha kichraytirish, elektr sig'imlarini esa kattalashtirish muhim ahamiyatga egadir. Kondensatorlar dielektrik bilan ajratilgan ikkita o'tkazgichdan (qoplamadan) iborat qurilmadir. Shu bilan birga kondensatorning sig'imiga tashqi jismlar ta'sir etmasligi, yig'adigan zaryadlari esa qoplamalar orasidagi tor tirqishda to'planmog'i kerak. Bunday shartlarni esa:
1) ikkita yassi plastinkadan;
2) ikkita ichmaich silindrdan;
3) ikkita ichmaich sferadan iborat sistemalargina bajarishi mumkin. Shuning uchun ham, shakliga qarab kondensatorlar yassi, silindrik va sferik kondensatorlarga ajratiladi. Maydon kondensator ichida mujassamlashgani sababli, kuchlanganlik chiziqlari bir qoplamadan boshlanib ikkinchisida tugaydi. Shuning uchun ham qoplamalardagi erkin zaryadlarning miqdorlari teng, ishoralari esa qarama-qarshi bo’ladi.
Kondensatorlar teshish kuchlanishi bilan xarakterlanadi. Qoplamalar orasidagi potensiallar farqi bu kuchlanishdan ortsa, elektr /aryadi dielektrik qatlami orqali o'tadi.
5. Dars yakuni
O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushnmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini baholaydi va darsni yakunlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |