Ekvipotensial sirtlar. Elektr maydonni grafik ravishda nafaqat kuchlanganlik chiziqlari, balki teng potensialli sirtlar orqali ham ifodalash mumkin. Ekvipotensial sirtlar deb bir xil potensialli nuqtalar to'plamiga aytiladi. Bu sirtlar chizmada teng potensialli chiziqlar sifatida lasvirlanadi. Nuqtaviy musbat zaryad maydonining teng potensialli chiziqlari ko'rsatildi Bu zaryad atrofida cheksiz ko'p bunday chihiziqlarni o'tkazish mumkin. Bu chiziqlarni oralaridagi potensiallar farqi bir xil (misol uchun 1V) qilib chizish maqsadga muvofiq.
Shundagina teng potensialli chiziqlar mazkur maydonda potensiallar farqi qanday o'zgarishini ko'rsata oladi.
Endi Q zaryadni teng potensialli sirt bo'ylab 1 - nuqtadan 2-siga ko'chirishda maydon kuchlarining bajargan ishini ko'raylik, quyidagicha hisoblash mumkin:
A =Q(φ1-φ2).
Teng potensialli sirtlarda φ1-φ2 ligida φ1-φ2 = 0, va demak,
A= 0.
Demak, teng potensialli sirt bo'ylab zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish nolga teng bo'lar ekan.
Dielektriklar. Dielektriklarning qutblanishi
Mazmuni: dielektriklar; dielektriklarning qutblanishi; qutblanganlik; dielektrik singdiruvchanlik.
Dielektriklar. Yuqorida qayd etilganidek, dielektriklar deb erkin elektronlari mavjud bo'lmagan moddalarga aytilsada, ular hamma modda-lar kabi atomlar va molekulalardan tashkil topgan. Agar molekulalar yudrolaridagi musbat zaryadlarni musbat zaryadlar «og'irlik» markazida yotgan zaryadlar yig'indisi + Q, barcha elektronlarning zaryadini esa manfiy zaryadlarning «og'irlik» markazida bo'lgan manfiy zaryadlar yig'indisi — Q bilan almashtirsak, unda molekulani P = Q·l elektr momentiga ega bo'lgan elektr dipole sifatida qarash mumkin.
Tuzilishiga qarab, dielektriklar uch guruhga bo'linadi. Birinchi guruh dielektriklarga molekulalari simmetrik tuzilishga ega, ya'ni tashqi maydon bo'lmaganda musbat va manfiy zaryadlarning og'irlik markazlari mos keladigan dielektriklar kiradi. Tabiiyki, bunday dielektrik molekulalarining dipol momentlari nolga teng bo’ladi va ularga qutblanmagan molekulalar deyiladi. Qutblanmagan molekulali dielektriklarga benzol, parafm, polietilen, vodorod, kislorod, azot va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh dielektriklarga molekulalari assimmetrik tuzilishga ega, ya'ni musbat va manfiy zaryadlarning og'irlik markazlari mos kelmaydigan dielektriklar kiradi. Bunday dielektriklarning. molekulalari tashqi maydon bo'lmaganda ham dipol momentiga ega bo’ladi va molekulalariga qutblangan deyiladi. Tashqi maydon bo'lmaganda qutblangan molekulalarning dipol momentlari issiqlik harakati natijasida betartib yo'nalgan bo'lib, ularning natijaviy momenti nolga teng bo’ladi. Ikkinchi guruh dielektriklarga fenol, nitro-benzol, suv, ammiak, is gazi va boshqalar kiradi.
Uchinchi guruh dielektriklarga molekulalari ion tuzilishiga ega moddalar kiradi. Bunday moddalarning tuzilishi turli ishorali ionlar batartib takrorlanadigan fazoviy panjaradan iborat. Shuning uchun ham ularda molekulalarini alohida ajratish imkoni bo'lmay,bir-biri tomon siljigan ion panjaralarning sistemasini qarash mumkin. Bunday dielektriklarga osh tuzi, kaliy xlorid, seziy xlorid va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |