Jismning qiya tekislikdagi harakati. Qiyalik burchagi α ga teng bolgan qiya tekislikdagi jismning harakatini ko'raylik . Jism harakatga kelishi uchun bo'lishi F=F ishq kerakligi bizga ma'lum. Endi α burchakning Sin va Cos aniqlaymiz
sin α=F\P yoki F= P sin α , cos α=N\P yoki N=P cosα. Agar F= F-Khq= µ •N ifodani qayta yozsak, P sinα = µ •N =µ P cosα yoki µ = tg α0 a ning biror α0 qiymatidan boshlab jism harakatga keladi va unga jism harakati boshlanadigan chegaraviy burchak deyiladi: µ = tg α0. Shunday qilib, ishqalanish koeffitsiyenti u, jismning qiya tekislik ustida sirpanish boshlanadigan burchak α0 ning tangensi bilan aniqlanadi.
Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati. Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Ishqalanish bo'lmaganda odamlar va transport vositalari harakatlana olmas edi. Bu harakatlarni ta'minlovchi omil odam oyoqlari va yer sirti, mashina ballonlari va yer sirti orasidagi ishqalanish kuchlarining mavjudligidir. Ba'zi hollarda ishqalanish zarar keltirishi ham mumkin va bu hollarda uni kamaytirish zarur. Shu maqsadda ishqalanuvchi sirtlarga turli yog'lar surtiladi yoki podshipniklarga o'xshash texnik moslamalardan foydalaniladi.
Gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Mazmuni: Harakatlarning mustaqillik prinsipi, gorizontal otilgan jismning harakati, gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Harakatlarning mustaqillik prinsipi. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsiplarini ko'rgan edik. Endi shu kuchlar ta'sirida ro'y beradigan harakatlar haqida mulohaza yuritaylik. Misol tariqasida yuqorida tik otilgan jismning harakatini qaraymiz. Jism yuqoriga harakatlantiruvchi kuch va og'irlik kuchi ta'sirida harakat qiladi (Havoning qarshilik kuchi va shamolni hisobga olmaymiz). Bu holda jism ikkita, yuqoriga yo'nalgan tekis sekinlanuvchan va pastga yo'nalgan tekis tezlanuvchan harakatlar yig'indisidan iborat bo'lgan murakkab harakatda ishtirok etadi. Murakkab harakatning trayektoriyasi tashkil etuvchi harakatlarning trayektoriyalari yig'indisi sifatida topiladi. Bunga harakatlarni qo'shish deyiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, jismning tekis tezlanuvchan harakat jarayoni uning tekis sekinlanuvchan harakatda ishtirok etayotganligiga mutlaqo bog'liq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi. Jism bir paytda bir nechta harakatlarda ishtirok etsa, harakatlarning har biri mustaqil ravishda ro'y beradi.