Kuchlanish va tok kuchi orasidagi orasidagi fazalar farqi. Kuchlanish va tok kuchi orasidagi fazalari farqi αga teng. Aniqlab ko’ramiz:
tgα=vvL-1\vvC\R
To’la reaktiv qarshilik. Ozgaruvchan tok zanjiri uchun
X=Rl – Rc = vvL-1\vvC
ifoda to’la reaktiv deyiladi .(Reaktiv qarshilikdan tok o’tganda issiqlik ajralmaydi)
Kuchlanishlar rezonansi. Endi zanjirda reaktiv qarshilik 0ga teng bo’lgan holni ko’raylik :
vvL-1\vvC=0
Unda zanjirda kuchlanishlar rezonansi ro’y berib, Om qonuni quyidagi ko’rinishni oladi:
Im=Um\R.
Bunda zanjirdagi tok kuchi eng katta qiymatiga erishib, fazasi kuchlanish fazasi bilan mos keladi. Aktiv qarshilik induktiv g’altak va kondensator ketma-ket ulangan o’gzgaruvchan tok zanjiridagi rezonans kuchlanishlar rezonansi deyiladi. Bunga sabab induktiv g’altak va kondensatordagi kuchlanishlarning zanjiriga kirishdagi kuchlanishdan ancha katta bo’lganligidir.
O’zgaruvchi tokning ishi va quvvati
O’zgaruvchan tok quvvatining oniy qiymati. O’zgarmas tokning quvvati
P=I·U
Ifoda bilan aniqlanadi . O’zgaruvchan tokning oniy quvvatini ham kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari tepada berilgan o’zshash ifoda aniqlash mumkin :
P(t)=U(t) · I(t).
Ozgaruvchan tokning o’rtacha quvvati. Amalda quvvatining oniy qiymati emas, balki uning ortacha qiymati ahamiyatga egadir.
=1\2 , =0 ekanligini e’tiborga olsak quyidagini olamiz:
=1\2 ImUm cos φ.
Barcha ampermetrlar va volt metrlar tokning kuchlanishning effektiv qiymatlarini aniqlashga mo’ljallangan.
Quvvat koeffitsiyenti. Agar tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari uchun yozilgan ifodadan foydalansak, quvvatining o’rtacha qiymati uchun yo’zilgan ifoda quyidagi ko’rinishni oladi:
=Ief ·Uef ·cosφ,
Bu yerdagi cosφ ko’paytuvchi quvvat koeffitsienti deyiladi.O’zgaruvchan tok zanjiridan ajraladigan quvvat nafaqat tok kuchi va kuchlanishga emas, balki ular fazalari orasidagi siljishga bog’liq bo’ladi. Agar zanjirda reaktiv qarshilik bo’lmasa (X=0), unda cosφ=1va
P=I·U
Bo’ladi. Agar zanjirda faqat reaktiv qarshilik bo’lsa (R=0), unda cosφ =0, tok kuchi va kuchlanish qancha katta bo’lishidan qat’iy nazar o’rtacha quvvat 0ga teng bo’ladi. Agar cosφning qiymati birdan juda kichik bo’lsa, unda generatorning berilgan kuchlanishda so’ralgan quvvatini uzatish uchun tok kuchining qiymatini oshirish kerak. Bu esa yoki zanjirda qo’shimcha issiqlik miqdori ajralishiga , yoki o’tkazgich ko’ndalang kesimi kattalashtirish natijasida elektr uzatish liniyalarining qimmatlashuviga olib keladi. Shuning uchun ham amalda cosφ ning qiymatini orttirishga harakat qilinadi. Uning sanoat uskunalari uchun qabul qilishi mumkin bo’lgan eng kichik qiymati taxminan 0,85ni tashkil qilad.
Do'stlaringiz bilan baham: |