O’zb. elektr energiyani ishlab chiqarishning holati. Elektr energiyasidan foydalanish O’zb. 20chi asrning dastlabki yillarida boshlangan va 2 elektr stansiyasi qurilgan. Ularning biri Toshkent shahridagi tramvayni elektr bilan ta’minlash, 2 esa shaharni yoritish uchun ishlatilgan. Keyinchalik gidroelektr stansiyalari qurila boshlangan. Shu asr 50-yillarining 2chi yarmiga kelib, O’zb. tabiiy gazning juda boy zaxiralarining topilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishni keskin oshirishini vujudga keltirdi. 60-70-yillarda tabiiy gaz negizida ishlaydigan Toshkent, Navoiy, Txiatosh, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalari ishga turilishi natijasida umumiy elektr ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalarining 80% ga yetdi. Shu bilan birga elektr uzatish liniyalari va shaharlar yaqinida kichik stansiyalarini barpo etish davom ettirildi. Hozir O’zb. energetika sistemasi yiliga 55 milliard kVV·soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqara olish quvvatiga ega bo’lgan 37 ta issiqlik va gidroelektr stansiyalaridan iboratdir. Barcha kuchlaishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligini qariyb 228 ming km ni tashkil qiladi. Ularning 5,5 ming km-220 kV li, 1,7 ming km esa 500 kV li yuqori kuchlanishli liniyalardir.
Elektrlashtirish istiqbollari. O’zb. gidroelektr stansiyalarining soni yigirma yettita. 1995-yilda ularda 6331,2 mln.kVV ·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Issiqlik elektr stansiyalarining qurilishi natijasida 1995- yilda energetika sistemasining o’rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVV ga yetdi . Yaqin yillarda Yangi Angren va Tallimarjon issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
TARQATMA SAVOLLAR
1.19-asrning 90 yillarigacha qanday tokdan foydalanilgan?
2.3 fazali sistemasini kim taklif etgan ?
3.Simmetrik sistema deb nimaga aytiladi ?
4.O’zgaruvchan EYK ning davrlari bir-biridan farq qiladimi?
5.O’zgaruvchan tok generatorini o’ramlarini ulash usullarini aytib bering?
6.O’zb. elektrlashtirish qachon boshlangan?
7.O’zb. nima uchun issiqlik elektr stansiyalarini qurilishiga etibor berilgan?
8.Qanday issiqlik elektr stansiyalarini bilasiz?
9.Umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalarining hissasi qancha?
Test savollari.
1.Tebranish konturida tok kuchi I=0,01 cos 1000 t qonuniga bo’liq holda o’zgarmoqda. Tebranish konturi kondensatorning sig’imi 2·10-5F bo’lsa, induktivlikni aniqlang.
0,01 H.
0,02 H.
0,03 H.
0,04 H.
0,05 H.
2.Berilgan tenglamalar orasida induktiv qarshilik ifodasini toping.
Rl=Lω.
R=p l\S.
X=1\Cω.
R=U\I.
Im=Um\ωL.
3.Tebranish konturining induktivligini va sig’imini to’rt marta oshirsak, kontur tebranishning davri qanday o’zgaradi?
4 marta oshadi.
16 marta oshadi.
4 marta kamayadi.
16 marta kamayadi.
O’zgarmay qoladi.
Uyga vazifa:
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
XIII. O’qituvchi uchun adabiyotlar
1.N.M.SHахmаеv, S.N.SHахmаеv, D.SH.SHоdiеv. Fizikа. 9-sinf uchun dаrslik. - T.: “O’qituvchi”, 1996.
“TASDIQLAYMAN”
Do'stlaringiz bilan baham: |