O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Download 0,92 Mb.
bet125/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Domenlar nazariyasi. Tajribalarning ko'rsatishicha, ba'zi ferromagnetiklar tashqi maydon bo'lish-bo'lmasligidan qat'iy nazar, o'z-o'zidan magnitlanib qolish xususiyatiga ega bo’ladilar. Bu hodisani tushuntirish uchun fransuz fizigi P.Veys (1865—1940) do­menlar nazariyasini olg'a surdi. Ushbu nazariyaga muvofiq, ferro-magnit — juda ko'p miqdordagi kichik mikroskopik sohalar — domenlarga ajratilib, ular o'z-o'zidan magnitlanadilar . Tashqi magnit maydon bo'lmaganda domenlarning magnit momen­tlari ham betartib joylashgan bo'lib, bir-birlarini yo'qotadilar. Ta­shqi maydonga kiritilganda esa maydon alohida atom va molekulalarni emas, balki domenlarni maydon bo'ylab yo'naltiradi. Aynan shu sababli maydon kuchlanganligi ortishi bilan magnitlanish juda tez ortadi . Domenlar o'z-o'zidan maydon bo'ylab joyla­shib qolishi mumkin.
Diamagnetiklardan va paramagnetiklardan farqli ravishda ferromagnetiklarning magnit singdiruvchanligi tashqi maydon kuchlanganligiga bog'liqdir.
Ferromagnetiklarning magnit kirituvchanligi ancha katta bo’ladi. Masalan, temir uchun µ = 5000, supermalloy qotishmasi uchun µ = 800000 va hokazo. Ferromag-netizm hodisasi birinchi bo'lib temirda o'rganilgan. Ferromagnetizm atamasining kelib chiqishi ham shundan.
Kyuri nuqtasi. Ferromagnetiklar yana bir ajoyib xususiyatga egadirlar. Har bir ferromagnetik uchun Kyuri nuqtasi deb ataluvchi ma'lum temperatura mavjud bo'lib shu temperaturadan boshlab u o'zining magnit xususiyatlarini yo'qotadi. Kyuri nuqtasidan yuqoriroq temperaturadagi ferromagnetiklar paramagnetiklarga aylanadi. Temir uchun Kyuri nuqtasi 1043 K, kobalt uchun 1393 K, nikel uchun 631 K.
Gisterezis. Biz yuqorida ferromagnetiklarning magnit singdiruv­chanligi µ tashqi maydon kuchlanganligi Hga bog'liqligini ko'rdik. Endi magnit induksiyasi B va H orasidagi bogianishni ko'raylik. Magnitlanishda ferromagnetik ichidagi magnit maydoni О dan H ning ma'lum qiymatigacha ortib boradi . Ferromagnetikdagi induksiya qiymatining o'zgarishi OL chiziq bilan xarakterlanadi. Agar H kamaysa, induksiyaning kamayishi LM chiziq bilan ifodalanadi. H= 0 bo'lganda ham induksiya noldan farqli bo’ladi. Qoldiq magnitlanishni yo'qotish uchun esa oldingisiga teskari yo'nalishda maydon qo'yish kerak bo’ladi. Maydon kuchlanganligining B=0 dagi qiymati tutuvchi yoki koersitiv kuch Hkr deyiladi. Maydon o'zgarishi bilan induksiya ham ko'rsatilgandek o'zgaradi. Hosil bo'lgan chiziqqa gisterezis deyiladi. Koersitiv kuchlarning qiymatiga qarab ferromagnetiklar yumshoq va qattiq ferromagnetiklarga bo'linadi.
Yumshoq ferromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog'i ingichka va koersitiv kuchlarning qiymati kichik bo’ladi. Ularga temir, permallay va boshqalar misol bo’ladi. Yumshoq ferromagnetiklardan transformator,generator,elektrodvigatellarning o'zaklari yasaladi.
Qattiq ferromagnetiklar uchun gisterezis sirtmog'i keng va koersitiv kuchlarning qiymatlari ham katta bo’ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, gisterezis sirtmog'ining yuzasi ferromagnetikni magnitlash uchun bajarish kerak bo'lgan ishni xarakterlaydi.
Qattiq ferromagnetiklarga po’lat va uning qotishmalari kirib, odatda ulardan doimiy magnetiklar tayyorlashadi.
Quyida ba'zi moddalarning magnit singdiruvchanligini keltiramiz.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish