O’ituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishiga tayyorlashi kerak 3.O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va baholash: O’qituvchi o’tilgan mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi YAKKA SAVOLLAR 1. Magnit maydon qayerda vujudga keladi?
2. Magnit maydon nimalarga ta'sir ko'rsatadi?
3. Magnit maydon vujudga kelishini kim aniqlagan?
4. Magnit maydoni materiyami?
5. Tokli o'tkazgich yonidagi magnit strelkasiga ta'sir ko'rsatadimi?
6. Agar o'tkazgichdagi tokning yo'nalishi o'zgartirilsachi?
7. Ikkita parallel o'tkazgichlardan tok oqqanda ular qanday ta'sirlashishadi. Bu toklarning yo'nalishiga bog'liqmi?
.Yangi mavzuni tushuntirish: Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi. Tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chi rishda bajarilgan ish. Elektr o'lchov asboblarining ish prinsipi M a z m u n i: tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda bajarilgan ish; ishning magnit oqimi o'zgarishiga bog'liqligi.
Magnit maydonidagi tokli o'tkazgichga amper qonuni bilan aniqlanuvchi kuch ta'sir qiladi. Bu kuchning ishini hisoblash uchun zanjir tuzamiz va Amper kuchi ta'sirida qo'zg'alishi mumkin bo'lishi uchun bir tomonini mahkamlamay, ilgakcha orqali ulaymiz.
Agar ushbu sistemani induksiyasi rasm tekisligiga perpendikular yo'nalgan bir jinsli magnit maydonda joylashtirsak, o'tkazgich harakatlana boshlaydi.
ΔФ o'tkazgich harakatlanganda kesib o'tadigan magnit induksiya ehiziqlari sonini xarakterlagani sababli, chiziqli o'tkazgich bir necha bor ko'chganda ishni hisoblash uchun o'tkazgich kesib o'tgan magnit kuch chiziqlarining yig'indisini olish kerak.
Elektr o'lchov asboblarining ish prinsipi: Tokli o'tkazgichlar, tokli o'tkazgich va doimiy magnetiklar orasida o'zaro ta'sir kuchining mavjudligi tok kuchini o'lchash imkonini beradi. Sunday o'zaro ta'sirlarga asoslangan elektr o'lchov asboblari quyidagi uch turga ajratiladi:
1) magnitoelektrik-doimiy magnitlar bilan tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siriga asoslangan;
2) elektromagnit-ferromagnitdan yasalgan o'zakning tokli g'altak ichiga tortilishiga asoslangan;
3) elektrodinamik-tokli g'altaklarning o'zaro ta'siriga asoslangan.