O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Magnit maydon. Tokli kontur



Download 0,92 Mb.
bet115/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Magnit maydon. Tokli kontur
M a z m u n i: magnit maydon; magnit zaryadi mavjudmi; tokli kontur; konturning magnit momenti.
Magnit maydon. Magnit maydonning vujudga kelishini o'rganish maqsadida magnit strelkasini tokli o'tkazgich yoniga keltiramiz. O'tkazgichdan tok o'tmaganda strelka shimol va janubni ko'rsatib, ma'lum yo'nalishda joylashib turadi. Agar o'tkazgichdan tok o'tkazilsa, strelka vaziyatining o'zgarishi kuzatiladi. Bunga sabab tokli o'tkazgich atrofida vujudga kelgan kuch maydonigina bo'lishi mumkin. Agar o'tkazgichdan o'tayotgan tokning yo'nalishini o'zgartirsak, magnit strelkasiningjoylashuvi ham teskarisiga o'zgaradi. Bu esa tokli o'tkazgich atrofidagi maydon ta'sirining teskarisiga o'zgarishining natijasidir. Shuningdek, ikkita parallel o'tkazgich orqali tok o'tkazib ko'ramiz. Agar I1, va I2 toklar bir xil yo'nalishda oqsa, o'tkazgichlar o'zaro tortishishganini, qarama-qarshi yo'nalishda oqqanda esa ita-rishganini ko'ramiz. Bizga ma'lumki, harakatsiz elektr zaryadlari orasidagi o'zaro ta'sir elektr maydoni vositasida amalga oshiriladi. Unda tokli o'tkazgichlar orasidagi ta'sir qanday amalga oshadi, degan savol tug'iladi.
Fransuz fizigi A. Amperning xulosasiga ko'ra, elektr toklari bir-birlari bilan kulon xarakteriga ega bo'lmagan kuchlar bilan ta'sirlashadi.
Tokli o'tkazgichlar, ya'ni harakatdagi elektr zaryadlari orasi­dagi o'zaro ta'sirga magnit ta'sirlari deyiladi. Tokli o'tkazgichlar-ning bir-biriga o'zaro ta'sir kuchi esa magnit kuchlari deyiladi. Magnit ta'sir kuchlarining vujudga kelishiga sabab tokli o'tkazgich atrofida vujudga keladigan magnit maydondir. Magnit maydon ham elektr maydon kabi elektromagnit maydonning xususiy namoyon bo'lishidir.
Harakatsiz zaryadlar magnit maydon hosil qilmaydi. Faqat hara­katdagi zaryadlar (elektr toki) va magnetiklargina magnit maydon hosil qiladi. Shuning uchun ham magnit maydon faqat ular bilangina o'zaro ta'sirlashishi mumkin.
Magnit zaryadi mavjudmi? O'zgarmas magnetiklar maydonini o'rganish ularning ikkita: shimoliy N (inglizcha—North) va janubiy S (inglizcha—South) qutblarga ega ekanligini ko'rsatdi. Bir xil ismli qutblar bir-birini itarishadi, turli xil ismlilari esa tortishishadi. Elektr zaryadnikiga o'xshash bunday xususiyatlarning mayjudligi tabiatda magnit zaryadi mavjudmikan, degan muammoni o'rtaga qo'ydi. Agar shunday bo'lsa, xuddi manfiy yoki musbat elektr zaryadlarini ajratib olish, ya'ni jismlarni manfiy yoki musbat zaryadlash mumkin bo'lganidek, magnetiklarning ham shimoliy yoki janubiy qutblarini ajratib olish mumkin bo'lishi kerak edi. Lekin magnetiklar qanchalik maydalanmasin, baribir ikki xil qutbga ega bo'lib qolaverdi. Demak, magnetikning qutblarini ajratish mumkin emas, tabiatda alohida magnit zaryadlari ham bo'lishi mumkin emas.
Magnetiklarning mavjudligini tushuntirish uchun esa Amper quyidagi gipotezani olg'a surdi.Unga ko'ra, moddalarning molekulalari va atomlari ichida elementar elektr toklari aylanadi va elementar magnit maydon hosil qiladi. Agar bu elementar toklar bir-birlariga nisbatan betartib joylashishgan bo'lsa, ularning maydonlari bir-birlarini o'zaro kompensatsiyalaydi va jism hech qanday magnit xususiyatlariga ega bo'lmaydi. Magnetiklarda esa elementar toklar va demak, ularning magnit maydoni ham tashqi ta'sir natijasida ma'lum yo'nalish bo'ylab joylashib qolgan bo’ladi va jism magnit xossalarini namoyon qiladi. Demak, istalgan jismning magnit xossalari uning ichida elementar toklar mavjudligining natijasidir. Shunday qilib, har qanday magnit ta'siri toklarning o'zaro ta'siridir.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish