O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Yarim o'tkazgichli asboblar



Download 0,92 Mb.
bet112/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Yarim o'tkazgichli asboblar
Mazmuni: diod va triod; yarim o'tkazgichli asboblarning ahamiyati.
Diod. Ikkita yarim o'tkazgich kontaktining bir tomonlama o'tka­zish xususiyatiga ega ekanligi ularni o'zgaruvchan tokni to'g'rilash uchun ishlatilishiga imkon beradi. Bitta p-n- o'tish mavjud bo'lgan yarim o'tkazgichli asbob yarim o'tkazgichli diod deyiladi. Diodning ish prinsipini tushunish uchun p-n- kontaktni o'rganaylik . p- va n-tip o'tkazuvchanlikli yarim o'tkazgichlar bir-birlariga tegdirilsa, elektronlari ko'p bo'lgan n- sohadan p- sohaga elektronlarning, teshiklar ko'p bo'lgan p-sohadan n-sohaga teshiklarning o'tishi (diffuziyasi) ro'y beradi. Natijada ular o'rtasida kontakt potensiallar farqi vujudga keladi. Elektronlar va teshiklar yarim o'tkazgichlar chegarasida diffuziya yana davom etishiga to'sqinlik qiluvchi yopuvchi potensialni vujudga keltiradi. Endi qurilgan sistemaga tashqi maydon qo'yamiz, ya'ni ko'rsatilgandek tok manbayini ulaymiz. Tashqi maydonning kuchlanganligi yopuvchi qatlam maydonining yo'nalishi bilan mos kelsin. Natijada elektronlar maydonga qarshi, teshiklar esa maydon bo'ylab harakat qilib chegara sirtdan uzoqlashishadi. Yopuvchi qatlam kengayib, uning kengligi qo'yilgan potensiallar farqiga bog'liq bo’ladi. Yopuvchi qatlamda elektronlar va teshiklar soni kam bo'lgani uchun u o'zini dielektrikdek tutadi va natijada p-n o'tish orqali tok o'tmaydi.
Tashqi maydonning yopuvchi qatlamni kengaytiradigan yo'nalishiga yopuvchi yoki teskari yo'nalish deyiladi.
Endi tokning yo'nalishini o'zgartiramiz. Elektronlarning va teshiklarning harakat yo'nalishi o'zgaradi. p-n- o'tish joyida ular rekombinatsiyalanadi, ya'ni bir-birlarini neytrallashadi va natijada yopuvchi qatlam yupqalashib uning qarshiligi kamayadi. Demak, bu yo'nalishda, ya'ni p- yarim o'tkazgichdan n- yarim o'tkazgich tomonga tok o'tadi. Shuning uchun ham bu yo'nalishga o'tkazuvchi yoki to'g'ri yo'nalish deyiladi. Shunday qilib, p-n o'tish bir tomonlama o'tkazuvchanlikka ega bo'lib, bunday yarim o'tkaz­gichli diod to'g'rilagichlar sifatida ishlatiladi va uning shartli belgisi ko'rsatilgan. Yarim o'tkazgichli diodlar lampali diodlarga nisbatan qulay, ishonchli va hajmi kichkina bo'lganligi uchun ularni radiotexnikadan to'la siqib chiqardi. Yarim o'tkazgichli diodlar nafaqat to'g'rilagich va balki detektor (qayd etgich) sifatida ham ishlatilishi mumkin.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish