18-maruza.Ikki yakorli o’zgartgich.
Reja:
Metallurgiya, yuk ko‘tarish kranlar, ekskavatorlar va boshqa elektr yuritmalar
O‘TM larining 2П va 4П seriyalari.
O‘T mashinasining 4П yangi seriyasi ishlabchiqilgan. Bu seriyadagi mashialarning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan va uning ayrim qismlari va detallari 4A seriyadagi asinxron motorlarniki bilan moslashtirilgan, ya’ni unifikatsiya qilingan (18.1- rasm).
4П seriyadagi o‘rta va katta quvvatli O‘T mashinalari tarqalgan kompensatsion chulg‘am bilan ta’minlangan. Stator va yakor magnit o‘tkazgichlari yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan yig‘iladi. Mazkur seriyadagi bir qator mashinalarning statori asinxron motorlarnikiga o‘xshagan bo‘lib noayon qutbli bo‘ladi (18.2-rasm). Qo‘zg‘atish va kompensatsion chulg‘amlari pazlarga bir tekis tarqatilgan. Statorni bunday konstruksiyada bajarish asinxron motorlar statorlarini ishlab chiqarish texnologiyasidan keng foydalanish maqsadida amalga oshiriladi, ya’ni O‘TM lari statorlarini tayyorlash uchun alohida maxsus stanoklar talab etilmaydi.
O‘TM larining 2П va 4П seriyalarining motorlari 110, 220, 340 va 440 V kuchlanishlarga va 750, 1000, 1500, 2200 va 3000 ayl/min aylanish chastotalarga tayyorlanadi.
2П seriyali motorlar mustaqil qo‘zg‘atishli bo‘lib, qisqa muddatli katta o‘ta yuklanishni ta’minlaydigan kompensatsion chulg‘amga ega va ularning aylanish chastotasini keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin.
Metallurgiya, yuk ko‘tarish kranlar, ekskavatorlar va boshqa elektr yuritmalar uchun quvvati 2,5 dan 185 kW gacha, kuchlanishi 220 va 440 V, nN=4001440 ayl/min bo‘lgan «Д» seriyali (ular aylanish chastotani keng ko‘lamda rostlashni ta’minlaydi) O‘TM lar;
18.1 - rasm. 4ПO seriyali o‘zgarmas tok motorining bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlari: 1− korpus; 2− stator magnit o‘tkazgichi; 3− old tomondagi podshipnik qalqoni; 4 − yakor po‘lat o‘zagi; 5− ventilyator; 6−himoya qoplamasi (kojuxi); 7− chulg‘am uchlari chiqarilgan quticha; 8− kollektor; 9 − cho‘tka tutqich; h − rotorning aylanish o‘qi balandligi; da– yakor diametri; la – yakor uzunligi
Qadamlovchi ekskavatorlar elektr yuritmalari uchun quvvati 450 kW, 370 V, n 29 ayl/min bo‘lgan МПВЕ–450–29 tipli; quvvati 1000 kW, 600 V, n=630/1000 ayl/min bo‘lgan MПЕ–1000–630 УХЛ3 tipli O‘TM lari; quvvati 1250 kW, kuchlanishi 930 V, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan ГПЕ–1250 tipli O‘T generatorlari;
Burg‘ilovchi qurilmalar uchun quvvati 68 kW bo‘lgan ДЕВ–808 tipli, 110 t yuk ko‘taradigan БЕЛАЗ–7519 o‘zi ag‘darar yuk mashinasi g‘ildiragini aylantiruvchi tortish O‘TM lari (360 kW, U = 750 V, n = 1100 ayl/min) va ularni energiya bilan ta’minlovchi ГПА-600 tipli (630 kW) tortish generatori;
Elektrovoz va teplovozlar uchun quvvati 8000 kW gacha bo‘lgan tortish O‘TM lari;
Jo‘valash dastgohlari (prokat stanlari) uchun quvvati 30000 kW gacha bo‘lgan O‘TM lari (ikki, uch va to‘rt yakorli konstruksiyada);
Kam quvvatli O‘TM lar ПЛ, ДПМ, ДПР seriyalarda ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari
1. Kontaktsiz o’zgarmas tok motorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi?
2.Kontaktsiz o’zgarmas tok motorlarini boshqarish tizimi
3.Rotor holati datchigi ishashi prinsipi?
4.Texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan O‘TM larning yangi seriyalari to‘g‘risda ma’lumot bering
Do'stlaringiz bilan baham: |