O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi farg’ona politexnika instituti «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»



Download 4,04 Mb.
bet31/35
Sana16.03.2022
Hajmi4,04 Mb.
#496336
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism

16.1-rasm. Doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok mashinalarining magnit tizimlari: (a) radial shakldagi, (b) qovus shakldagi,(c) halqa shakldagi, 1- magnit, 2-qutb, 3-qutb boshmog‘i, 4- yakor
Quvvati kam bo‘lgan o‘zgarmas tok dvigatellari (10 ÷ 600 W) gacha, xozirgi kunda keng ko‘lamda qo‘llaniladi, masalan: masofadan boshqariluvchi transport vositalarida, samolyotlarda, kemalarda, kosmik kema va stansiyalarda, raketalarda va x.k.
Ushbu dvigatellar asosan qisqa vaqtli (S2) yoki takrorlanuvchi qisqa vaqtli (S3), ayrim xolatda davomiy (S1) ish rejimlarida ishlaydi. Ushbu dvigatellarning ishga tushish xususiyatlari yaxshi (ishga tushish momenti katta va ishga tushish vaqti kam), og‘irligi va inersiya momenti kam bo‘lganligi uchun avtomatik boshqaruv tizimlarida keng qo‘llaniladi. Bunda dvigatellarning ishlash davri 1 dan 5 minut gacha bo‘ladi. Bundan tashqari ushbu dvigatellar yordamida tez revers ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ishlash aylanish chastotasini oshirish barobarida dvigatelning gabarit o‘lchamlari (Ds, ls) va dvigatelning butun og‘irligi kamayadi (P=M·ω, M=FemRa), shuning uchun yuqori tezlikli mikrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda, masalan: rotorning aylanish tezligi 10000 [ayl/min] gacha. Yakor chulg‘amining ishlash kuchlanishi: 6 ; 12 ; 27 ; 36 ; 110; 220 V ni tashkil qiladi. Ishga tushirish reostatsiz amalga oshiriladi, bunda yakor chulg‘ami ko‘ndalang kesim yuzasi kichikligi (Fp=πdp2/4) uchun, yakor chulg‘ami qarshiligi katta (Ra=ρl/Fp) va shu sababga ko‘ra ishga tushish toki chegaralgan (Ii.t/In=2÷3). Ishga tushish momentining karraligi yuqori xolatda saqlanib qoladi (Mp/Mn=4÷5).
Rotor ishga tushish tezligini (tte=3Tm) aniqlovchi elektromexanik vaqt doyimiysi (Tm=JpωN/Mp), valga ulangan mexanizmning inersiya momenti mexanizm
(Jp=GD2/4g) bilan qo‘shib xisoblaganda 0,1÷0,12 sekuntdan, kompyuterlarda ishlatiladigan dvigatellarda – 0,1 cekuntdan oshmaydi. Salt ishlash paytidagi rotor aylanish tezligining (n0=U/CeF) nominal yuklama (Ms=Mn) bilan ishlayotgan paytdagi aylanish tezligiga nisbati n0/nn=1,1÷1,3 ni tashkil qiladi. Rotorning aylanish tezligi o‘zgaruvchan tok dvigatellariga o‘xshab juft qutblar soni va tarmoq chastotasiga qattiq bog‘liq emas (n1 = 60f1/p).
Quyida doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini ko‘rib chiqamiz. Ushbu dvigatellarda doyimiy magnitdan foydalanganligi uchun:

  • tuzilishi soddalashadi (qo‘zg‘atish chulg‘ami va uni ta’minlash manbayi kerak bo‘lmaydi);

Doyimiy magnitlar oddiy qotishmadan tayyorlanadi, ularning tarkibi quyidagicha: 25% nikel, 10% alyumini, 65% temir. Qutblar tagidagi magnit induksiyasi Bδ=0,65Bm ni, magnit o‘tkazgichdagi qoldiq magnit induksiyasi
Ushbu chulg‘amlarning farq qilinuvchi tomonlari quyidagicha:

  • sirtmoqsimon chulg‘amni tayyorlashda yakor pazlar soni butun va juft

bo‘lishi zarur;

  • to‘lqinsimon chulg‘amni tayyorlashda pazlar soni butun va toq bo‘lishi

zarur;

  • bir yoki birnechta o‘ramlardan (ws=1÷8 o‘ram) tashkil topgan chulg‘am seksiyasi sirtmoq yoki to‘lqinsimon shaklga ega.

  • seksiyalarning geometrik shakli pazlar bo‘ylab, (y, y1, y2) - yakor pazlari bo‘yicha va kollektor plastinalari bo‘yicha (yq) qadamlar farqini belgilaydi;

  • to‘lqinsimon chulg‘amni yuqori kuchlanishli mashinlarda, sirtmoqsimon chulg‘amni katta tokli mashinalarda qo‘llaniladi;

  • to‘lqinsimon chulg‘amda parallel shaxobchalar soni (2a) xar doyim ikkiga

(2a=2, a=1 juft shaxobcha) teng, sirtmoqsimon chulg‘amda esa u asosiy qutblar soniga (2a=2p, a=p – juft qutblar soni) bog‘liq bo‘ladi.


Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish