. Kranlarda va metallurgiyada ishlatiladigan dvigatellar hamda tortuvchi dvigatellar
Anchagina ortiqcha yuklama bilan ishlaydigan va tez-tez teskari aylanib turadigan mexanizmlarning yuritmasi uchun MП seriyadagi o‘zgarmas tok dvigatellari ishlatiladi. Bu dvigatellardan kran-ko‘tarish qurilmalari bilan metallurgiya qurilmalarining elektr yuritmasida foydalaniladi.
Tortuvchi elektrodvigatellar elektrlashtirilgan transportning harakatlanuvchi tarkibini yurgizish uchun mo‘ljallangan.
Bir xil rejimda ishlaydigan mashinalarga nisbatan tortuvchi dvigatellarning ishlash sharoiti ancha og‘ir: ular tez- tez ishga tushirib tuxtatib turiladi, ishlash jarayonida kuchlanish ko‘p o‘zgarada, dvigatel cho‘tkalari va cho‘tka tutqichlariing vibratsiyasiga sabab bo‘luvchi dinamikaviy ta’sirlar ostida bo‘ladi va xokazo.
Ana shularga ko‘ra tortuvchi dvigatellarning konstruksiyasi, ayniqsa mustahkam, kommutatsiyasi yaxshi sozlangan, cho‘tka tutqichlar maxsus konstruksiyada ishlangan bo‘ladi.
Tortuvchi elektr dvigatellar ketma-ket qo‘zg‘atiladigan va aralash qo‘zg‘atiladigan (ketma-ket qo‘zg‘atishli kuchliroq) chulg‘amli qilib yasaladi. Shuni eslatib o‘tamizki, ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatellar og‘ir ish sharoitlarida boshqa dvigatellarga nisbatan yaxshiroq ishlaydi.
Nazorat savollari
1. O’zgarmas tokl taxogeneratorning tuzlishi va ishlash prinsipini gapirib bering?
2.O’zgarmas tokl taxogeneratorning tashqi xarakteristikasi gapirib bering?
3.O’zgarmas tokl taxogeneratorida yakor reaksiyasini bartaraf etish usullsri?
4.Ijrochi O‘TM qanday ishlaydi, afzalligi va kamchiliginimalardan iborat?
16-maruza.Doimiy magnitli o’zgarmas tok elektr mexanik o’zgartgich
Reja:
1. Doimiy magnit
2. Kollektorli mashinalar
Kollektorli mashinalar qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, ham dvigatel va ham generator rejimida ishlay oladi. Shuning uchun o‘zgarmas tok mashinasining yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlarini o‘zgarmas tok manbasiga ulasak, yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amida tok paydo bo‘ladi. Yakor toki qo‘zg‘atish chulg‘ami xosil qilgan magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirlashib, yakor chulg‘amlariga ta’sir qiluvchi elektromagnit moment M ni xosil qiladi, ushbu moment generator rejimida tormozlovchi bo‘lsa, dvigatel rejimida aylantiruvchi xisoblanadi.
O‘zgarmas tok mashinalarining qo‘zg‘atish chulg‘amini olib tashlab, uning o‘rniga doyimiy magnitdan foydalansak, doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok mashinalari paydo bo‘ladi. .
Doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorlari kichik quvvatli qilib tayyorlanadi. Eng ko‘p tarqalgan doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorning magnit tizimi 16.1-ramda ko‘rsatilgan. Ushbu generatorlarning qo‘zg‘atish magnit maydoni, yuqori sifatli magnit qotishmalardan tayyorlangan masalan, AN (alni), ANK (alnisi) va ANKO (alniko, magniko) markali magnit materiallardan. Bunday magnitlar o‘zining boshlang‘ich xususiyatlarini uzoq muddat davomida yaxshi saqlaydi.
Doyimiy magnitli o‘zgarmas tok mashinalarida qo‘zg‘atish chulg‘amining yo‘qligi tufayli uning og‘irligi, tan narxi va qo‘zg‘atishga ketadigan isroflarning bo‘lmasligi ushbu mashinalarda foydali ish koeffitsientining boshqa turdagi o‘zgarmas tok mashinalariga nisbatan yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ularning asosiy kamchiligi qo‘zg‘atish magnit maydonini rostlashning murakkabligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |