16.2-rasm. Doyimiy qo‘zg‘atishli 16.3. Doyimiy qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok o‘zgarmas tok dvigatelining prinsipial dvigatelining yakor zanjiri alamshinish
sxemasi sxemasi
Ushbu mashinlar elektr mashinalari nazariyasida alohida o‘rin egallagan. 1821 yil M.Faradey tomonidan birinchi induktiv elektr mashinasi - unipolyar dvigatel yaratilgan. Bu dvigatelda o‘zgarmas tok oqib o‘tadigan o‘tkazgich, doyimiy magnit atrofida aylanadi. Bu xolatda elektr energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Tokli o‘tkazgich faqat elektr toki zanjirida sirpanuvchi kontakt bo‘lgandagina doyimiy magnit atrofida aylana oladi. M. Faradey yaratgan dvigatelda qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas elektr zanjirlari orasidagi sirpanuvchi kontakt sifatida idishga quyilgan simopdan foydalanilgan.
16.4-rasm. Sirtmoqsimon chulg‘am 16.5-rasm. To‘lqinsimon chulg‘am
Nazorat savollari: .
1.Doyimiy magnitli o’zgarmas tok elektromexanik o’zgartkichlarning
turlari
2.Doyimiy magnitli o’zgarmas tok elektromexanik o’zgartkichlarni tayorlashda daqanday magnitlardan foydalaniladi?
3.Unipolyar elektromexanik o’zgartkichlarning ishlash prinspi
Tushintiring
17-maruza. Unipolyar elektr mexanik o’zgartgich
Reja :
Unipolyar mashinalarning boshqa mashinalardan farqi.
Unipolyar generatorlarning rotori.
Diskli unipolyar mashinlar
Unipolyar mashinalarning boshqa mashinalardan farqi shundaki, u umumlashgan elektr mashinalari tuzilishidan farq qilgan xorlatda, stator va rotor zanjiridan o‘zgarmas tok oqib o‘tadi. Unipolyar mashinlarning aloxida xususitlaridan biri shundaki, elektr zanjirining qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas qismlari orasidagi sirpanuvchi kontaktlar soni ikki va undan yuqori bo‘lib, unipolyar mashinani kontaktsiz qilib tayyorlashning imkoni yo‘q.
17.1-rasmda unipolyar generatorning zamonaviy sxemasi keltirilgan. Val sifatda tayyorlangan po‘lat massiv rotor 1, podshipnik 2 da aylanadi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami 3 doyimiy magnit oqimi Ф ni xosil qilib, chashka 4 ni rotorning vali orqali kesib o‘tadi. Bu mashina 4 ta xavo oralig‘iga ega (stator va rotor orasida 2 ta hamda stator va val orasida 2 ta). Aylanuvchi rotordagi o‘zgarmas tok, rotorning ichki va tashqi qismlarida joylashgan cho‘tka 5 orqali olinadi. Unipolyar generatordagi cho‘tkali kontaktning ishlashi qiyin sharoitlarda kechadi, ayniqsa rotorning tashqi tomonidagi cho‘tkadagi chiziqli tezlik 100 m/s dan oshib ketsa.
17.2-rasmda ko‘rsatilgan unipolyar mashinaning cho‘tkali kontakti ishlash sharoiti yaxshi.
Bu mashinada cho‘tkalar mis xalqa 6 ustida sirpanadi. Yuklama toki I ning elektr isroflarini kamaytirish uchun, rotor 1 ning pazlariga mis shinalar o‘rnatilishi mumkin. 17.1-rasmda ko‘rsatilgandek 2-podshipnik, 3-qo‘zg‘atish chulg‘ami, 4stator, 5-cho‘tka (magnit oqimi F uzlukli chiziq bilan ko‘rsatilgan).
Unipolyar generatorlarning rotori odatda bir o‘ramli chulg‘amdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun bunday mashinalar past kuchlanishlidir. Ular katta miqdordagi o‘zgarmas tokga xisoblangan. Unipolyar generatorlar birnecha voltga va 100÷150 kA tokga mo‘ljallanib ishlab chiqariladi. Ammo unipolyar generatorlarda kuchlanishni oshirish imkoni mavjud. Buning uchun birnechta cho‘tka va xalqalarni 17.2-rasmda ko‘rsatilgandek ketma-ket ulash kerak bo‘ladi.
Bunday xolatda yakorning ichiga izolyasiyalangan o‘tkazgichlar tizimi o‘rnatiladi.
Unipolyar generatorlarda elektr yurituvchi kuch xavo oralig‘idagi magnit induksiyasiga, rotorning aktiv uzunligi l ga va uning aylanish tezligiga bog‘liq. Shuning uchun unipolyar mashinalarni loyixalashda xavo oralig‘idagi induksiyani va aylanish tezligini ko‘paytirishga xarakat qilinadi.
Unipolyar mashinalar, barcha elektr mashinlari singari kabi ham generator va ham dvigatel rejimida ishlay oladi. Ammo ko‘pincha unipolyar mashinlar generator rejimida ishlatiladi. Unipolyar generatorlar kuchlanishi kichik bo‘lgan o‘zgarmas tok talab qilinadigan joylarda ishlatiladi, masalan, elektrolizn vannalarni va elektr pechlarini o‘zgarmas tok bilan ta’minlashda ishlatiladi.
Xozirgi kunda quyidagi turdagi unipolyar mashinalar ishlab chiqarilmoqda.
Quyida 4.10.3-rasmda ko‘rsatilgan diskni ko‘p o‘tkazgichli sektor S shaklida tasavvur qilsak bo‘ladi. Ulardan barchasi aylanish paytida bitta qutb ta’sirida bo‘ladi va ularda xosil bo‘lgan EYK ham bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Magnit maydoni va aylanish yo‘nalishining barcha yo‘nalishida EYK ning yo‘nalishi xar doyim diskning markazidan periferiyasiga qarab yo‘nalgan bo‘ladi.
Ushbu diskli unipolyar mashina namunasida prof. B. I. Ugrimov aylanish tezligi 10000 ayl/min, kuchlanishi 10 V, toki 10000 A bo‘lgan unipolyar generatorni loyixalagan. Ammo ushbu generator qoniqarsiz ishlagan, chunki diskning periferiyasidagi tezlik 170 m/sek gacha oshganligi uchun cho‘tka-kontakt tizimi yaxshi ishlamagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |