12.1-rasm. Reaktiv qadamli dvigatelning ishlash prinsipiga oid
Qadamli reaktiv dvigatellar bir qutbli kuchlanishlar impulsi yordamida ishlaydi, impulsning qutibini o‘zgartirish reaktiv momentni yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Ko‘rib chiqilgan reaktiv qadamli dvigatelning rotori aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun chulg‘amlar kommutatsiyasi sxemasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi, masalan:
1,13,2,2 ,21...
Agar ushbu dvigatelda chulg‘amlarni aloxida boshqarish sxemasi qo‘llanilsa, yani kommutatsiya sxemasi 1 -2-3- ..., unda dvigatelning qadami αq= 60° bo‘ladi.
Dvigatelning qadami (grad) bu erda 2p2 - rotor qutblar soni; mb – bir-biridan fazoviy siljitilgan boshqarish chulg‘ami fazalari soni; k- boshqarish chulg‘ami fazalarini ulash usulini belgilovchi koeffitsient, (aloxida ulaganda k=1, aloxida– birgalikda ulaganda – k=2).
Qadam αq ni kamaytirish, qadamli dvigatelning turg‘unligi va aniq ishlashini oshiradi. Qadam αq ni kamaytirish uchun rotor qutibi soni 2r2 ko‘paytiriladi.
Shunday qilib, ko‘rib chiqilgan dvigatelga to‘rtta qutbli rotorni o‘rnatsak (2r2= 4), unda olti taktli kommutatsiyada qadam αq=15° bo‘ladi.
Aktiv rotorli (qo‘zg‘atish chulg‘amli yoki rotorida doimiy magnit joylashgan) qadamli dvigatellar yuqori aylantirish momentini olish va boshqarish signali bo‘lmagan paytda rotorning xolatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Qadamli dvigatellarning muxim parametrlaridan biri– boshqarish impulsining maksimal chastotasida qadamni yo‘qotmasdan rotorning sinxronizmga kirishidir.
Reaktiv qadamli dvigatellarning nominal yuklamadagi chastotasi 1000÷1300 Hz ni tashkil etadi. Qadamni uzaytirish bilan priemistosti chastotasi kamayib ketadi.
Qadamli dvigatellar to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulsi bilan boshqaradigan m – fazali tizimli kommutator bilan birgalikda ishlaydi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan qadamli dvigatelning ishlash prinsipida dvigatel valiga tushadigan yuklama momenti xisobga olinmagan. Agar qadamli dvigatelning valiga yuklama momenti ta’sir qilsa, unda boshqarish impulsini bir fazadan ikkinchisiga berilganda, statorning MYK si αq burchakka buriladi, rotor esa MYK dan statik xato burchagi θs ga orqada qolib buriladi:
с.
Boshqarish kuchlanish impulslarini bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tkazishdagi elektrmagnit jarayonlarning o‘tish tezligi, qadamli dvigatellarning tez ishlashini bildiradi. Ushbu jarayonlarning o‘tish tezligi elektromagnit vaqt doimiysi bilan baxolanadi:
Bu erda Lf – stator bir fazasining induktivligi ,[Gn]; rf – stator bir fazasining aktiv qarshiligi,[Om].
Qadamli dvigatellarning tez ishlashini ko‘paytirish uchun stator chulg‘amining fazasiga Rqo’sh qarshilik ketma-ket ulanadi.
energetik ko‘rsattkichi sifatida iste’mol qilinayotgan quvvat P1 xisoblanadi. Qadamli dvigatelning aylanish tezligini rostlash uchun stator faza chulg‘amlariga berilayotgan boshqarish impulsi chastotasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |