O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limVazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi



Download 0.74 Mb.
bet2/7
Sana12.01.2017
Hajmi0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Aholining barcha daromadlari
Aholi daromadlarining tarkibi


Mulkdan keladigan daromad

Pul shakldagi ijtimoiy transfertlar

Ish haqi



Bepul xizmatlar qiymati

Shaxsiy yordamchi xo’jalik mahsulotlari

Tadbirkorlik faoliyatidan daromad



Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymati

Boshqa tushumlar: aliment, gonorar, xayriya yordami

Aholining daromadlari darajasini oshirishda aholining ish bilan bandligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazarimizda, ish bilan bandlikni takomillashtirish bo’yicha dasturlarning moliyaviy ta`minoti muammosi o’z echimini topishi kerak. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy ko’llab-quvvatlash ham to’gridan-to’gri, ham bilvosita mablag’ bilan ta`minlash yo’li bilan respublika va mahalliy byudjetlarning mablag’larini, jamoat jamg’armalari mablag’larini jalb etish, tijorat banklari tomonidan kredit investitsiyasi berish, chet el va tadbirkorlik sarmoyasini investitsiya jarayoniga jalb etish, shuningdek, xususiy xayr-ehson va qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi lozim.

Aholining turmush sharoitini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi.

Bu haqda so’z borganda, avvalo keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya kilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi:



birinchidan, daromad shakllari uzgardi, ya`ni uning an`anaviy turlari (ish xaki, pensiya, nafaka, stipendiya) katoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qogozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi;

ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o’zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchiliк minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo’ldi;

uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo’nalishlari vujudga keldi: majburiy to’lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo’yilmalar shular jumlasidandir.

Ta`kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi kanchalik yuqori bo’lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma`lumot olishi, bo’sh vaqtini mazmunli tarzda o’tkazishi bo’yicha imkoniyatlari shunchalik ko’p bo’ladi.

Aytish joizki, mamlakatimizda rivojlanish darajasi ortgani sayin aholi daromadlari tarkibida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi:

- birinchidan, daromadlar shakllari o’zgardi, ya`ni an`anaviylariga (ish haki, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qog’ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi;

- ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o’zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqliк darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo’ldi.

- uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yunalishlari ko’shildi: majburiy tolovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog’ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga ko’yilmalar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibi jiddiy o’zgardi. Mulkchilik munosabatlarning tubdan o’zgarishi, xo’jalik yuritish va mehnat bozori hamda sarmoya yangi shkllarining yuzaga kelishi aholi daromadlari tarkibiga tegishli o’zgarishlarni olib kirdi. Aholi daromadlari tarkibida uning quyidagi shakllari ajraladi: mehnatga haq to’lash va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, shaxsiy yordamchi xo’jalik, pensiya, moddiy yordam va stipendiyadan keladigan daromad, dividend va aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar hamda chet el valyutasi savdosidan tushumlar, kreditlar, ssudalar, sug;urtalardan tushumlar, shuningdek, boshqa tushumlar.

Aholi daromadlari batafsil tahlil qilish uchun ularning mavjid turlarini to’liqroq baholash maqsadida ma’lum belgilar bo’yicha ularni tasniflash lozim.

1-jadval



Aholi daromadlari tasnifi



Belgilari

Daromad turlari

1

Ifodalanish shkliga ko’ra

Pullik; natural

2

Olinish xususiyati

Mehnat daromadlari; mehnatga oid bo’magan daromadlar

3

Olinishining qonuniyligi

Qonuniy daromadlar; noqonuniy daromadlar

4

Haqiqiylik darajasi

Nominal daromad; real daromad

5

Mulkchilik shakli

Ish haqi, renta, foiz va foyda

6

Mobillik darajasi

Mobil; imobil

7

Tushumning doimiyligi

Doimiy; tasodifiy

8

O’zlashtirish sub’ektlari

Jismoniy shaxslar; uy xo’jaliklari

9

Taqsimot tamoyili bo’yicha

Mehnatning miqdori, sifati va natijalariga ko’ra; ijtimoiy adolat tamoyiliga ko’ra ; shaxsan ijrochi tomonidan o’zlashtirish

10

Foydalanish variant

Turli boylik va xizmatlar iste’moliga sarflanadigan daromad; to’plashga sarflanadigan daromad

11

Soliqqa tortish ta’siriga bog’liq ravishda

Umumiy daromadlar; egalik qilinayotgan daromadlar

Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan), shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.

Olinish xususiyatiga bog’lik ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linaди:



  • ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;

  • mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar (mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).

Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va vaqtinchalikka bo’linadi.


    1. Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari

"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.

Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan: (2-jadval)



1) Pul va natural shakldagi ishhaqi va maosh

2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlari

3) Tadbirkorlarning ajratmalari:

a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,

b) boshqa maqsadlarga.


Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar

4) Erkin kasblardagi shaxslar

5) Fermerlar

6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar


O`zini-o`zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar ,

Mulkdan olinadigan daromadlar

8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari

9) Davlat nafaqalari va boshqa to`lovlar.



Transfert daromadlari

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.

Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.

Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.

Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.

Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".4

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.



Nominal daromad - aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi.

Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.

Real daromad - narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;

b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.

Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ishhaqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi.

Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi.

Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi kompensatsiya to`lovlar va h.k.

Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida o`rtacha daromad "O`rtacha sinf" deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo`yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste`mol savati to`plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o`qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.

Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta`minlangan yoki "boy" qatlamining mavjud bo`lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo`lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.

Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya`ni:

- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;

- turmush va bo`sh vaqtdan foydalanish shakllari;

- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;

- moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;

- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me`yorlari va qoidalari.

Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliqs olish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.

Ijtimoiy to`lovlar - kam ta`minlanganlarga pul yoki natural yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.

Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.

Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A.Karimovning "O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida"5 kitobida to`liq bayon qilib berilgan.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish - bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtachа darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlаb chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta`rif setkasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog’lash imkonini berdi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste`mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat mollari asosiy turlari iste`molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me`yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me`yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi.

Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi aholining kam ta`minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi.

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.

Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta`minlash manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozо qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zdа tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta`minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi.

Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali yetkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.

Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi.

Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta`minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit vа qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.




    1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi daromadlari shakllanishiga ta’siri.

O’zbekiston iqtisodiyoti da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi-ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, kichik biznesgа yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir qator qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. Yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisida", "Oilaviy tadbirkorlik to’grisida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida", "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-taomillari tug’risida" gi O’Uzbeksiton Respublikasi qonunlari ana shular jumlasidandir. O’tgan yili sohada ruhsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va davriyligi 1,5 barobar qiskartirilgani davlatning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvi tubdan qiskarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda ham davom ettirilib, 1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq hisoboti shakli bekor qilingani e`tiborga molik.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport to’vrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni "bir darcha" tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi6.

"Oilaviy tadbirkorlik tugrisida"gi Qonunga asosan, iqtisodietimizda xo’jalik faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalkimiz mentaliteti va an`analariga to’liq mos keladigan yangi tashkiliy- huquqiy shakli joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar, preferentsiyalar va kafolatlar berildi. Buning natijasida qonun qabul qilingan paytdan boshlab o’tgan yarim yil mobaynida mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi.

"Obod turmush yili" Davlat dasturida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami 269,6 milliard so’m hajmida, ya`ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko’p kreditlar ajratish ko’zda tutilmoqda. Jumladan, oilaviy, xususiy tarbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 110,1 milliard so’mlik kreditlar, shaxsiy yordamchi ва dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish hamda qoramollar sotib olish uchun 106 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va litseylarning 15 ming nafardan ortiq bitiruvchisi o’z biznesini yo’lga qo’yishi uchun jami 53,5 milliard so’mlik kreditlarga ega bo’ldilar.

Korporativ xaridlar tizimi kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishning muhim shakllaridan biridir. 2013 yilda tizimga jalbetilgan soha sub`ektlari sonini 1,3 barobar ko’paytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo’lgan 2086 yirik korxonada korporativ xaridlar mexanizmini joriy etish va xaridlar umumiy hajmida kichik biznes ulushini 25foizga etkazish belgilangan.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor berilishi hamda ko’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.

Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bulsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o’sdi.

Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko’paytirishni va shu asosida yangi ish o’rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa