O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limVazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi



Download 0.74 Mb.
bet3/7
Sana12.01.2017
Hajmi0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

II-Bob. kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi daromadlrni oshirish asosida aholi daromadlariyb oshirish yo’llari

2.1. Mamlakatdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatining aholi daromadlariga ta’sirining o’zgarishi.

2.2. Xizmatmat ko’rsatish, Oilaviy biznes va kasanachilik sohalarini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish garovi sifatida

2.3. O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatin rivojlantirish istiqbollari



2.1. Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining aholi daromadlariga ta’sirining o’zgarishi.

Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish vа arzonlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Natijada 2012 yilda kichik biznesning sub`ektlariga tegishli ishlab chiqarish korxonlari va mikrofirmalar soni 23,3 mingtaga o’shib, 2013 yiliga ko’ra 219,4 mingtaga (fermer xo’jaliklarini hisobga olmagan holda) etdi. Kichik biznesning YaIM tarkibidagi ulushi 54,6 foizni tashkil qildi.



2-rasm

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

YAIMdagi ulushi, foizda7

Umuman olganda, mustaqillik yillarida bevosita Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan puxta yo’ylangan, samarali iqtisodiy siyosat pirovardida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligini ta`minlashga mustahkam zamin yaratdi. Bu esa, yuqorida ta`kidlanganidek, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012 yilda iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar bilan rivojlantirishning davom ettirilishiga, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishning ta`minlanishiga, mamlakatimizning dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamlashiga asos bo’ldi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan "2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaitirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi tug’risida"gi PQ-1464-sonli Qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes sub`ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi.

2011 yilning 1 yanvaridan boshlab Markaziy bankning amaldagi moliyalashtirish stavkasi yillik 14 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Bu esa, o’z navbatida tadbirkorlik sub`ektlariga ajratiladigan kreditlarning foiz stavkalari pasayishiga va ajratiladigan kreditning o’sishiga olib keldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariva 2014-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidag I ma’ruzada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o`rni  tobora mustahkamlanib borayotganini, iqtisodiyotimizning tarkibida bo`layotgan ijobiy o`zgarishlardan dalolat berishini aytib o`tdi. Faqatgina 2013 yilning o`zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga etdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko`rsatkich 31 foizdan iborat edi.

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko`rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo`lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to`g’ri kelmoqda.

Banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish», «2013 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarn imodernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirishga yo`naltirilmoqda.

2013 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 7,2 trln. so`m yoki 2012 yildagiga nisbatan 1,2 barobardan ziyodga ko`p investitsion kreditlar ajratildi.

Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ularni aylanma mablag’larini to`ldirishga imtiyozli shartlarda 12 oy muddatga 585,5mlrd. so`m miqdorida kreditlar ajratildi.

  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi PQ-1501-sonli Qarori bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatininlg yanada erkinlashtirilishi hamda ular uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, sohaning yanada rivojlanishiga va natijada ushbu sektor sub`ektlari tomonidan bank xizmatlari va kreditlariga talabning oshishiga imkon bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi PQ-2022-sonli Qaroriga muvofiq, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo`lgan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg’armasi» tashkil etildi.

Ushbu jamg’armaning asosiy vazifasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko`rsatishdan iborat bo`lib, o`tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida jamg’arma tomonidan 153 ta tadbirkorlik sub`ektiga umumiy qiymati 56 mln.dollardan ziyod bo`lgan eksport shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko`rsatildi.

Amalga oshirilgan keng ko`lamli chora-tadbirlar natijasida, 2013 yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun qariyb 7 trln. so`m miqdorida yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 baravarga ko`p kreditlar ajratildi. Shu jumladan, ajratilgan mikrokreditlar hajmi 1 366 mlrd. so`mdan ziyodni tashkil etib, mazkur ko`rsatkichning ham 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga o`sishi ta`minlandi.

3-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi8

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2013 yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.



Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda. Bunga, asosan, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda.

2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lik loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. "Mustahkam oila yili" da oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy texnikalar va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 mlrd. so’mlik, shu jumladan 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 81 mlrd. so’mlik iste`mol kreditlari ajratildi.

2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur`atlar bilan barqaror o’sishini ta`kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalarning tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. Banklarning roli iqtisodiyotininig etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, uy-joylar qurilishini, transport va infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha o’z investitsion siyosatida, ayniqsa ahamiyatlidir. Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo’ilmalari qoldig’i esa 30,5 foizga o’sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 20,4 trln. so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo’lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotniig strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda. Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda "2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish", "2012 yilgi Investitsiya dasturi" hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyhalarni qo’llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’ushimcha chora-tadbirlar tug’risida" 2009 yil 28 iyunda imzolangan PQ- 1166-sonli Qaroriga binoan tijorat banklariga quyidagi imtiyozlar berildi:

- 2015 yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab, tabakalashtirilgan stavkalar bo’yicha foyda solig’ini to’lash;

- tijorat banklariga korxona va tashkilotlar - yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda ekspertizadan o’tkazish bo’yicha xarajatlarni umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish joriy etildi.

Natijada 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5760 mlrd. so’m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’p investitsiya kreditlari ajratildi.

Bank tizimining respublikamizda uy-joy qurilishini rivojlantirish va mazkur jarayonni moliyalashtirishdagi faoliyati alohida e`tiborga molikdir. Banklarning ushbu yo’nalishdagi kreditlari ham uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, ular investitsion kreditlar tarkibida salmoqli o’rin egallaydi.

Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo’yicha "Qishloq qurilish bank" tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2012 yilda mazkur bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha 8510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga jami 810,0 mlrd. so’mlik mablag’ yo’naltirildi. Ushbu mablag’ning 294,8 mlrd. so’mi mijozlarning badallari va 515,2 mlrd. so’mi "Qishloq qurilish bank"ning kreditlari hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur kreditlar "Qishloq kurilish bank" tomonidan imtiyozli ravishda 15 yil muddatga 7 foizli stavka buyicha ajratilmoqda.

Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy soglomlashtirish, qayta tiklash, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va keyinchalik ushbu korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar tomonidan 2012 yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan jami 168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo’lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash vа modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. so’mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so’mga sotildi.

Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta`mirlash, yangi uskunalar o’rnatish va modernizatsiyalash bilan bog’liк ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda eksportga etkazib berish hajmi va turlarini ko’paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag’batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintakaviy bozorlarga olib chiqishda ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi "Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish vа raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida"gi PQ-1731-son Qarori qabul qilindi.

Natijada, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 1,7 trln. so’mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH dollari mikdorida mahsulot eksport qilindi.

Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan belgilanadi. 2012 yilda bu ko’rsatkich O’zbekistonda 17,5 foizga o’sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi.

Yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real pul mablaglari, o’rtacha nominal va real ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya ko’rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda.



3-jadval

O’zbekistonda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

2007

2008

2009

2010

2011

Yalpi ichki mahsulotning o’sishi

9,5

90

8,1

8,5

8,3

Sanoat mahsulotning o’sishi

12,1

12,7

9,0

8,3

6,3

Xizmat ko’rsatish hajmi

20,6

21,3

12,9

13,4

16,1

Savdo sohasi

21,0

7,2

16,6

14,7

16,4

Davlat byudjetining Inflyatsiya darajasi bajarilishi

+1,1

+1,5

+0,2

+0,3

+0,4

Inflatsiya darajasi

6,8

7,8

7,4

7,3

7,9

Iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha ish haqining oshishi

44,2

40,0

40,0

32,0

26,5

Aholi jon boshiga real daromadlarning o’sishi

27,0

23,0

26,5

23,5

23,1

Jadval ma`lumotlaridan ko’rish mumkinki, 2000 yil bilan taqqoslaganda, 2012 yilda real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko’paydi. Hisob-kitoblarga ko’ra, o’rtacha ish haqi iste`mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi.

2013 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshidrish, 2013 yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida 1,5 barobar ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda.

Iste`mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq iste`mol qilish hisobidan o’zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non mahsulotlarini) iste`mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste`mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o’nlab barobar oshdi.

Aholining xarid qobiliyati, ya`ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste`mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste`mol tovarlariga bo’lgan talab va ehtiyojlarining ta`minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi.

Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam oshirib borish, xalqimizni ijtimoiy ko’llab-quvvatlashni kuchaytirishgа qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar o’rtacha oylik ish haqi miqdorining sezilarli ravishda, ya`ni 2011 yilda 1991 yilga nisbatan AQSH dollari qiymatida 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmining esa 5,9 barobar oshishini ta`minladi.

Pul daromadlarining oshishi va aniq yo’naltirilgan ijtimoiy amalga qatlamlarining o’rtacha daromadlarining o’sib borishida muhim omil bo’ldi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy printsiplaridan biri sifatida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o’sishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Mazkur islohotlar natijasida 1991-2011 yillar davomida O’zbekiston aholisining yalpi daromadlari 8,6 barobar oshdi.

Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko’rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo’ldi. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgan sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo’nalish-tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo’nalishi paydo bo’ldi. O’z mohiyatiga ko’ra, bu usul oila ho’jaligining asosiy kapital uchun mablag’ jamg’a ishning samarali shakli bo’lib, xususiy mulk asosida o’z daromadlarini shakllantirish va ko’paytirish imkonini beradi.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning qabul qilinishi hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan o’rta sinfni shakllantirish imkonini berdi.

Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda yurtimizda iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratildi.

Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o’zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o’sib borayotgani alohida e`tiborga molikdir.

2012 yilda aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadi 51 foizni tashkil qildi, boishachа aytganda, O’zbekiston aholisi daromadining yarmidan ko’pi birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda.

Aholining jamg’arma mablag’lari iste`mol byudjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurtimizda aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bormoqda. Ayniqsa, yuqori o’sish sur`atlari 2000-2010 yillarga to’gri keladi, bu davrda mazkur ko’rsatkich 28,6 barobar oshgan. Hozirgi vaqtda, so’rov natijalariga ko’ra, mamlakatimizdagi qariyb barcha xonadon sohiblari banklarda o’z jamgarma mablag’lari - omonatlariga ega. 2012 yilda O’zbekiston aholisining banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’nggi 10 yilda esa 40 barobar dan ziyod oshdi. 2012 yilda O’zbekistondagi barcha investitsiyalarning 20 foizdan ortig’ini aholi investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, e`tiborlidir.

O’zbekistonda aholining eng ko’p ta`minlangan 10 foizi eng kam ta`minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o’rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta`kidlash lozim. Bu jahondagi eng past ko’rsatkichlardan biri bo’lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo’l qo’ymaslik borasida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir.

"Obod turmush yili" davlat dasturini ishlab chiqishda eng avvalo mahallalarda, ko’p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro tomonidan tinchlik va osudalikning qadriga etish, uni munosib himoya qilish ko’nikmalarini shakllantirish, tinchlik uchun kurashishga oliy burch sifatida qarash kabi qadriyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarga e`tibor qaratish zarur buladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi islohotlarning bosh maqsadi iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy sur`atlariga erishish orqali aholining turmush farovonligini yuksaltirishdir.



2.2. Xizmatmat ko’rsatish, Oilaviy biznes va kasanachilik sohalarini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish garovi sifatida.

Aholini ish bilan ta`minlash masalasi faqat bugun ko`tarilgan masala emas. Bu mamlakatimiz Prezidentining doimiy diqqat e`tiborida bo`lib kelgan masaladir. Jumladan, 2005 yil 20 iyunida "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida"gi, 2006 yil 5 yanvarda "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi, 2006 yil "O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarда xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi, 2006 йил 23 martda "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi qaror va farmonlarini qabul qilinishi yuqoridagi fikrning tasdig’idir. Albatta, bularning hammasi aholini ish bilan ta`minlashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar sonini ko`paytirishga erkin iqtisodiyotni shakllantirishgа, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgandir. Ammo shuni e`tirof etish kerakki, ko`rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholini ish bilan bandligini oshirish muammosi keskinligicha qolmoqda.

2009 yilda yaratilgan yangi ish o`rinlarining 41,5% kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 28,7% xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish hisobiga tashkil etildi.

To`g’ri, ushbu sohalarda olib borilgan islohotlar keyingi yillarda sezilarli darajada tezlashdi va buning natijasida katta yutuqlar ham qo`lga kiritildi. Masalan, 2009 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida 940 mingdan ortiq ish o`rinlari yaratilgan bo`lsa, 2008 yilda esa 60 mingta ko`p, ya`ni 630 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Birgina 2009 yilda yaratilgan yangi ish o`rinlarining 41,5% kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 28,7% xizmat ko`rsatish sohasi hissasiga to`g’ri keldi. O`tgan yilda yangi ish o`rinlarini tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar yil oxiriga kelib ish bilan band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi o`rtasida ishsizlar sonini mamlakatimiz bo`yicha 5% ga kamaytirish imkonini berdi. Bundan ko`rinadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ximat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini rivojlantirishga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish kerak bo`ladi. Prezidentimizning joriy yil fevral oyidagi 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida:- "uchunchi ustuvor yo`nalish - aholini ish bilan ta`minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat" - deya ko`rsatib o`tilishi ham bejiz emas, albatta.

Aytish mumkinki, so’ngi yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning yangi istiqbolli turlari - bank-moliya, sug’urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari va boshqa xizmatlarni rivojlantirish hisobiga takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, komp'yuter va shaxsiy avtotransport bilan ko’payishiga ham imkon yaratdi.

Ammo tan olish kerakki, haqiqatan mazkur sohani rivojlantirishda jidiy kamchiliklar ham yo’q emas. Ayniqsa, ish bilan bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko`paytirish hamda mahalliy byudjetlarni to`ldirishning istiqbolli manbai sifatida xizmat ko`rsatish va servis imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmat ko`rsatish sohasi, ayniqsa, qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Lekin shuni e`tirof etish kerakki, ushbu soha juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni juda tez rivojlantirishi mumkin bo`lgan sohadir. Bunday katta imkoniyatdan foydalanish darajasi talab qilingan holatdan ancha kam. Ushbu sohaning yana bir muhim jihati, qishloqda ortiqcha ish kuchini ish bilan ta`minlash masalasini ham hal qilishga ko`maklashuvchi muhim soha ekanlagini yoddan chiqarmaslik kerak. Chunki xususiy tadbirkorlik uchun jozibador bo`lgan ko`pgina an`anaviy xizmat turlari shaharda ham, qishloqda ham etarli darajada rivojlanmayapti. Albatta, kam e`tibor berilgan sohaning samaradorligi ham shunga yarasha bo`ladi.

Ushbu holatlarni inobatga olib, Prezidentimizning "O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g’risia"gi qarori qabul qilinib, unda xizmatlar ko`rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko`rsatish sohasi tarmoqlarida band bo`lganlar sonini ko`paytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirish hamda ichki iste`mol bozorini zamonaviy, sifatli turli-tuman xizmat turlari bilan to’ldirishning aniq chora-tadbirlari belgilab berildi.

Xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish aholining daromadlarini ko’paitirish, turmush darajasini oshirishning o’ta muhim sharti bo`lgan aholining bandlik masalasini ham hal bo`lishini ta`minlovchi muhim omillardan biridir. Shu sababli, yuqoridagi qaror va unga muvofiq ishlab chiqarilayotgan yillik dasturlar ijrosini ta`minlashga bo`lgan e`tibor yil sayin oshib bormoqda.

2006-2010 yillar davomida xizmat ko`rsatish va servis sohasida muntazam chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda ushbu sohaga turli xil imtiyozlarning berilishi sohaning jadal rivojlanishi bilan birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning xalqaro andozalar darajasidagi holatining shakllanishiga olib kelishi muqarrar desak mubolag’a bo’lmaydi, albatta.9

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamizda aholini ish bilan bandligini oshirishning muhim sohalaridan biri hisoblanayotgan xizmat ko`rsatish va servisni rivojlantirishda quyidagalarga e`tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:



  • xizmat bozri tarkibida xizmatarni yangi istiqbolli, mamlakatimizning kelajagini belgilaydigan turlari, ya’ni zamonaviy bank-moliya, sug’urta, axborot-kommunikatsiya xizmatlari, turizm servisini takomillastirish;

  • Xizmat ko’rsatish va servis sohasining zamonaviy yo’nalishlarida faoliyat olib bora oladigan kadrlarni tayyorlashni qo’yish;

  • ushbu soha sub`ektlariga imtiyozli kreditlar ajratishni yanada kengaytirish;

  • xizmat ko`rsatish va servis sohasini qishloq joylarga olib kirishni jadallashtirish va shu kabilar.

Xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish bandlik muammosini, ayniqsa, xotin-qizlar, qishloq yoshlarini ish bilan ta`minlash, oilalarning daromadini sezilarli darajada ko`paytirish, butun mamlakatimiz aholisining farovonligini oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu, birinchidan, aholini ish bilan ta`minlash orqali oilalarning aniq daromadlarini ko`paytirishga xizmat qilsa, ikkinchidan esa, mamlakatimiz bozorini xizmatlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish orqali aholining turmush darajasining oshishiga sabab bo`ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini ish bilan bandligini oshirishning muhim omillari bo`lgan kichiк biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va servis sohalari bilan bir qatorda kasanachilik sohasini rivojlantirishga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2006 yil 5 yanvardagi "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida" Farmoni hamda 2006 yil 11 yanvarda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonni amalga oshirish choralariga bag’ishlangan 4-sonli qaroriga muvofiq "Kasanachilik to`g’risida Nizom"ning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Zero, mazkur hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali bir qator vazifalarni ro`yobga chiqarish ko`zda tutilgan. Xususan, ish bilan band bo`lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila byudjeti daromadlarini ko`paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va ba`zi bir xizmatlar ko`rsatishni tashlil etish yo’li bilan yirik sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishga erishish mumkin.

Yuqorida zikr etilgan farmon, qaror va boshqa me`yoriy hujjatlarda yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish ko`zda tutilgan bo`lib, bu asosan shahar aholisini ish bilan ta`minlashga qaratilgan, chunki yirik korxonalarning aksariyat qismi shaharlarda joylashgan. Bunday holat aholini ish bilan ta`minlashning yana bir yo`nalishini ochib bermoqda. Ilgari ish bilan bandlik masalalari qishloqlarda birmuncha hal etilgandi. Sababi, qishloqlarda fermerlik harakatining rivojlanishi va dehqon xo`jaliklarining tashlil etilishi oqibatida aholi bandligi ta`minlanayotgan bo’lsa, endilikda bu muammo shaharlarda ham hal etilishi uchun imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.

Biroq, shuni ta`kidlash joizki, kasanachilik faqat shahar aholisini ish bilan ta`minlashgagina mo`ljallangan emas. Bu usul bilan qishloq va shahar aholisi bemalol shug’ullanishlari mumkin. Bu faoliyatning chegarasi belgilanmagan. Qaysi bir ish joylarida ish beruvchi korxonalar mavjud bo’lsa, kasanachilikni tashkil qilsa bo`ladi. Bundan tashqari, qishloq aholisi shahardagi korxonalar bilan shartnoma asosida kasanachilik faoliyati bilan bemalol shug’ullanishi uchun ham keng imkoniyatlar tug’ildi.

Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti nima ekanligiligini deyarli hammamiz yaxshi bilamiz. Davlatimiz rahbari bozor munosabatlariga o`tish qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini oldindan anglab, o`zining besh tamoyilini ishlab chiqishda ijtimoiy siyosatga alohida urg’u bergan. Mana hayotning o`zi ko`rsatib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanmasa, bu jamiyatda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu ma`noda yuqoridagi Farmon va qarorlar ishsizlikni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo`llab-quvvatlash, nogironligi tufayli uyda o`tirib qolgan, ammo qo`lidan ish keladiganlarni ish bilan ta`minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Mazkur farmon va qarorlar respublika aholisining bandligi, ayniqsa, qishloq joylardagi ish bilan band bo`lmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko`rsatish ishlariga jalb etish va ular daromadlarining barqaror o`sishini ta`minlashga doir vazifalarni

Hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvorlik berishni ta`minlaydi. Bu tadbirlar amalga oshirilsa, ish beruvchilarga real rahbatlar va imkoniyatlar yaratiladi.

Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. (6-jadval).

Ish bilan bandlikni oshirishda, yangi ish o`rinlarini yaratilishida kasanachilik sohasi alohida o`rin tutmoqda. Masalan, 2007 yilda kasanachilikda yaratilgan yangi ish o`rinlari 60 mingtani (11%) tashkil etgan bo`lsa, 2008 yilga kelib esa 106 mingtadan ziyodni, ya`ni 20% ni (jamiga sonidagi ulushi) tashkil etdi. Bu esa o`tgan yilga nisbatan 46 mingtaga ko`p degani. Ushbu natijalardan ham biz ish bilan bandlikni oshirishda kasanachilik samarali sohlardan biri ekanligini ko`rishimiz mumkin.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa