O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


Axborot jarayonlarining rivojlanish bosqichlari



Download 3,29 Mb.
bet23/112
Sana13.07.2022
Hajmi3,29 Mb.
#791367
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
Informatika1(воста

Axborot jarayonlarining rivojlanish bosqichlari.
Axborotlar texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  • Axborotni yig’ish, ro’yxatdan o’tkazish va uzatish.

  • Ma'lumotlarni kodlashtirish.

  • Ma'lumotlarni saqlash va izlash.

  • Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.

  • Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.

  • Qaror qabul qilish va boshqaruv ta'sirini ishlab chiqish.

Ma'lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba'zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo’ladi. Shu o’rinda ba'zi jarayonlar qaytarilishi mumkin.
XX asrning so’nggi 20 yili insoniyat tarixiga fan va texnikaning bir qancha sohalarida katta ixtirolar qilangan davri sifatida kiradi. Chunonchi, informatika, axborotni ishlash va ularning tarqatish sohalarida erishilgan yutuqlar bilimlar manbaining yangi tizimlarini hosil qilishga, boshqarish masalalarini echishda yangi axborot texnologiyalarini joriy qilishga sabab bo’ldi.
Ishlab chiqarish jarayonida texnologiya so’zi grekcha techne so’zidan olingan bo’lib, xom-ashyo, material va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyorlash, holatini hamda xususiyatini o’zlashtirish usullarining to’plami degan ma'noni bildiradi.
Axborot texnologiyasi tushunchasi ma'lumotlarni tayyorlash, qayta ishlash va foydalanish usullarini hamda turli xil hisoblash texnikasi vositalarini o’zida mujassamlashtiradi. Shu sababli ham, axborot texnologiyasi ma'lumotlarni saqlash, ishlash va uzatish kabi jarayonlarni texnik vositalar yordamida bajaradigan tizim
sifatida o’rganiladi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida axborot texnologiyasi odamlar, injenerlar, davlatlar o’rtasida ma'lumot almashuvi ta'minlanadi hamda axborotlarni qayd etish, saqlash, ishlash va uzatish tizimining imkoniyatlarini aks ettiradi. Inson har doim axborot texnologiyasidan foydalanadi.
Axborot texnologiyasining rivojlanishiga yozuvning paydo bo’lishi muhim hissa qo’shgan. So’ngra kitobning chop etilishi natijasida axborot tashuvchilarning hajmi ortdi, bu esa o’z navbatida, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishini ta'minladi.
Axborotni ishlash texnikasi qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Jumladan, axborotni qayd qilish va saqlash usullari qoyalardagi belgilar, daraxt po’stlog’idagi rasmlar orqali boshlangan. Hozirgi vaqtda qog’oz, magnit lenta, magnit disk, SD disk va boshqalar axborot tashuvchi vosita hisoblanadi.
Axborot almashuvi jarayoni uni uzatishni ham o’z ichiga oladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun inson kur'er, aloqa, telegraf kabi usullardan foydalangan. Aloqa sohasida qilingan yangi kashfiyotlar axborotlarni uzatish imkoniyatlarini juda ham o’zgartirib yubordi. Hozirgi paytda kabel va sputnik aloqa yo’llari orqali katta hajmdagi axborotlarni ham bir zumda tegishli joyga uzatish mumkin.
Yangi axborot texnologiyasini hosil qilishda kompyuter alohida o’rin egallaydi. Kompyuterlarni yaratilishi bilan inson qiyin amallarni bajarishdan ozod bo’ldi va hisob - kitob ishlarini bajarish yanada tezlashdi. Zamonaviy kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni saqlash va talab bo’yicha tegishli ma'lumotlarni chiqarish imkoniyatiga ega. Har bir foydalanuvchi kompyuterga bog’lanish orqali axborotlarni ko’rsatuv oynasiga chiqarib olishi va undan foydalanishi mumkin.
Kitobning chop etilish qog’ozli texnologiyaga asos solgan bo’lsa, kompyuterlarning paydo bo’lishi natijasida «qog’ozsiz» texnologiya yaratila boshlandi. Avval axborotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari paydo bo’ldi. Telefon tarmog’i, axborotlarni uzatishning maxsus tarmog’i va boshqalarni yaratilishi kompyuterlarni o’zaro bog’lanishiga, hisoblash komplekslarini va taqsimlangan kompyuter tarmoqlarini yaratishga asos soldi.

1870


Kommutator


1930


Uzatuvchi elektron
trubka



1956


Raqamli aloqa tizimi

Axborotlashtirish usullari orqali kompyuterlashgan ma'lumotlar bazasi, avtomatlashtirilgan axborot tizimi, elektron aloqa tizimi va teleanjuman, boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va boshqalar yaratilmoqda.

Axborot texnologiyasini ishlab chiqish yo’li quyida berilgan.

1900

Televidenie 1920

Koaksial kabel

1949

Teletsentr

1895

Radio




1951

EHM 1-avlodi







1876

Telefon




1960

EHM 2-avlodi

1850

Mikrofilmlar 1938

Kserokopiya

1962

Sputnik







Teleanjuman










Videoteks










Elektron aloqa

1990


Kompyuter tizimi EHM 4-avlodi


Yangi axborot texnologiyasini ishlab chiqish yo’li


1839 Tasvirlash




1832 Telegraf 1943


EHM


1962


1963


1970


1971


1980


1981


Lazer
Ma'lumotlar bazasi
EHM 3-avlodi
Mikroprotsessor
Kalkulyator
Kommunikatsion aloqa
tizimi



1988

Texnika sohasidagi uchta yutuq hozirgi zamon axborot texnologiyasining asosini tashkil qiladi.

  1. Axborotlarni yig’uvchi yangi vositalarning yaratilishi;

  2. Aloqa vositalarining rivojlantirilishi;

  3. Kompyuter orqali axborotlarni avtomatlashtirgan holda qayta ishlashning yo’lga qo’yilishi.

Umuman olganda, zamonaviy axborot texnologiyasi axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga asos soladi. Ba'zi axborot texnologiyalari o’z tarixiga ega, boshqalari esa nisbatan yaqindagina paydo bo’ldi. Quyidagi yangi axborot texnologiyalarini yaratish jarayoni bilan tanishamiz.
Kompyuter, uzoq muddatli xotira vositalari, telefon tarmog’i va ko’rsatuv oyo’nalari asosida vidiotasviriy axborot xizmati, ya'ni videotekst nomli tizim hosil qilinadi. Ko’rsatuv oynasi va telefon raqamiga ega bo’lgan foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida yuqoridagi tizimlarning abonentlari bo’ladilar va ular turli xil ko’rinishdagi ma'lumotlarni axborot bazasidan olishlari mumkin.
Elektron pochta tizimi axborotli texnologiyaning ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu tizimni yaratish uchun kompyuter, uzoq muddatli xotira qurilmalari, tasvirlarni faksmillik holida uzatuvchi va ma'lumotlarni uzatish tarmog’i kerak. Elektron pochta axborot xizmatining yangi turi bo’lib, kelajakda u oddiy pochta xizmatining o’rnini egallaydi. Biz yuqoridagi tizimlar bilan keyingi boblarda to’liq tanishamiz.
Axborot omborlari kompyuter va uzoq muddatli aloqa vositalari asosida yaratiladi. Bu xotirada katta hajmdagi axborotlar saqlanadi. Tegishli dasturiy vositalar yordamida turli xil ma'lumotlami axborot bazasidan chiqarib olish va ular ustidan turli amallarni bajarish mumkin. Bu vazifalarni bajarish uchun axborot bazasini boshqarish tizimi yaratilgan.
Axborot texnologiyasi fanini talabalarga o’qitishdan maqsad-hozirgi zamon talablariga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash yani iqtisodiy masalalarni yechishda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Axborot texnologiyasi fanini o’rganish 4 qismdan iborat:

  • Axborot texnologiyalarining nazariy asoslari;

  • Iqtisodiy axborot tizimi va texnologiyalarini joriy qilish vositalari;

  • Axborot texnologiyalarining zamonaviy turlari;

  • Iqtisodiyotning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq

etish.
Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish sub'ektida shakllanadi. Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish sub'ektining ustqurmasi hisoblanadi. Demak, axborot texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagi elementlarning bo’lishi majburiydir:
-Mutaxassislar;
-Texnik vositalar;
-Axborotlar.
Shuning uchun ham axborot texnologiyasi boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig’ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi inson mashina tizimi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yulidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini utkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida halq xo’jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Nazorat savollari

  1. Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  2. O’zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirishning qanday muammolari mavjud?

  3. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lida davlat tomonidan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

  4. Axborot texnologiyasiga ta'rif bering?

  5. Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni echishda qaysi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi?

  6. Axborotni saqlashning qanday zamonaviy usullarini bilasiz?

  7. Axborotni uzatishning qanday zamonaviy usullari mavjud?

  8. Axborotni qayta ishlashning zamonaviy texnik vositalarini sanab bering.

  9. Axborotni qayta ishlashning dasturiy vositalarini sanab bering.

  10. Axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichlarini aytib bering.


Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish