Informatsiya turlari va miqdori, uni o’lchash birliklari
Bizning atrofimizdagi muhitda informatsiyaning turli-tuman turlari mavjud bo’lib, biz ularni bir-biridan farqlashni bilishimiz va ularni tasniflay olishimiz kerak. Bu bilimlar bizga axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli ravishda joriy qilishga xamda programmaviy-texnik vositalardan optimal foydalanishda katta yordam beradi. Axborot texnologiyalarini joriy qilash maqsadida informatsiyani tasniflash va guruxlarga ajratish muammosini to’g’ri xal etish uchun kompyuterlashtirilayotgan ob’ektni chuqur o’rganish va uni boshqaruv jarayoni bilan bog’lash lozim bo’ladi. Agar Siz biror bir tashkilot xizmatchisi bo’lsangiz va Sizning zimmangizga undagi barcha axborot turlarini aniqlash topshirilgan bo’lsa, axborotlarni qanday guruxlarga bo’lgan bo’lardingiz, ya’ni uni qanday tasniflardingiz?
Haqiqitan xam, iqtisodiy axborotlar rang-barangdir. Ular moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, shuningdek xalq xo’jaligining tarmoqlariga tegishliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Agar xalq xo’jaligining tarmoqlari nuqtai- nazaridan yondashiladigan bo’lsak, axborotlar vazirliklar va idoralar bo’yicha, sanoat korxonalari va kombinatlari, ishlab chiqarish birlashmalari va tashkilotlari, tsex va uchastkalar va xokazolar bo’yicha hisoblanadi. Shuningdek, axborotlar respublika, ma’muriy-hududiy boshqaruv organlariga tegishliligi bilan ham ajralib turadi. Umuman, axborotlar, ular qaysi ob’ektga qaramligidan qat’iy nazar, ob’ektda sodir bo’lib o’tgan va sodir bo’lmoqchi bo’lgan aniq voqea, hodisa va jarayonlarni aks ettiradigan jonli vositadir.
Iqtisodiy axborotlar boshqarish funktsiyasiga va bosqichiga ko’ra prognozlashtirish, rejalashtirish, moliyaviy - hisob, xo’jalik faoliyatini tahlil qilish va operativ boshqarish axborotlariga bo’linadi. Shuningdek, bu axborot turlariga normativ axborotlarni ham qo’shish mumkin. Albatta, bu axborotlar turi o’z ma’nosi bilan ko’proq texnik-iqtisodiy axborotlar jumlasiga kiradi, lekin iqtisodiy boshqaruv axborotlari bilan organik jihatdan juda ham bog’lanib ketgan.
Ko’rib o’tilgan axborotlar bajarish funktsiyasiga ko’ra har xil vazifalarni bajaradi. Masalan, prognozda ishlatiladigan axborotlar yordamida yaqin kelajakdagi prognoz ishlari amalga oshirilsa, rejalashtirish axborotlari orqali har xil rejalashtirish
kelajakdagi texnika - iqtisodiy, operativ-ishlab chiqarish ishlari rejalashtiriladi va hokazo.
Iqtisodiy axborotlarni voqea va hodisalar holatini to’g’ri aks ettirishga mos keladigan mezon bo’yicha ishonchli va ishonchsizroq axborotlarga bo’lish mumkin.
Shuningdek, iqtisodiy axborotlar kelib chiqish bosqichlariga ko’ra birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarga bo’linadi. Birlamchi axborotlar ishlab chiqarish va xo’jaliklarning moliyaviy va boshqa boshqaruv organlari va korxonalar faoliyatining natijasida kelib chiqadi.
Ikkilamchi axborotlar asosan birlamchi va boshqa ikkilamchi axborotlarni qayta ishlash oqibatida kelib chiqadi. Ikkilamchi axborotlarga oraliq va oxirgi axborotlar xos bo’ladi.
Iqtisodiy axborotlar maromligi nuqtai-nazardan doimiy, shartli-doimiy va o’zgaruvchan axborotlar turkumiga bo’linadi. Doimiy axborotlar o’zlarining ahamiyatini o’zgartirmaydi. Ularga hisobot axborotlari misol bo’ladi. Shartli-doimiy axborotlar uzoq muddat davomida saqlanadi. Ularga normativ-ma’lumot xarakteridagi axborotlar (masalan, temir yo’l, avtostantsiya, aeroportdagi passajirlarga tavsiya etiladigan xabarnomalar va boshqalar) misol bo’ladi. O’zgaruvchan axborotlarga o’z ahamiyati bilan tez-tez o’zgarib turadigan ma’lumotlarni (masalan, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish sur’ati, korxona va xo’jaliklarda mahsulotlarning ishlab chiqarish texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari, paxtaning kunlik terim sur’ati) kiritish mumkin. Shuni aytish kerakki, maromlilik davrini vaqt oralig’i mezoni (masalan, oy, yil, kvartal) bilan belgilab olish kerak.
Iqtisodiy axborotlarni to’g’ri tasniflash katta ahamiyatga ega. Ular har xil belgilariga ko’ra tasniflanadi. Iqtisodiy axborotlarning quyidagi tasnifini keltirish mumkin (yakun sifatida).
t/n
|
klassifikatsiya belgilari
|
klassifikatsiya guruhlari
|
1.
|
Boshqaruv funktsiyalariga ko’ra
|
Hisob, rejali, statistika, prognoztika, moliyaviy
|
2.
|
Yuzaga kelish joyiga ko’ra
|
ichki axborotlar, tashqi axborotlar.
|
3.
|
Vujudga kelish bosqichiga ko’ra
|
Birlamchi, ikkilamchi va natijaviy axborotlar.
|
4.
|
Kelib chiqish davri bo’yicha
|
Kundalik, operativ va uzoq muddatli axborotlar
|
5.
|
Barqarorligi bo’yicha
|
Doimiy(o’zgarmas), shartli doimiy o’zgaruvchilar.
|
6.
|
Tasvirlanish usuliga ko’ra
|
Belgili, raqamli va tasvirli axborotlar
|
Axborot texnologiyalarini joriy qilganda axborot massivlarining real hajmini aniqlash xam juda muhimdir. Chunki shunga bog’liq ravishda programmaviy- texnologik kompleksning asosiy jihatlari va ko’rsatkichlari aniqlanadi. Bizga ma’lumki, har qanday ko’rinishdagi axborotlar qandaydir o’lchamga ega bo’ladi yoki aniqroq aytganda axborotlar katta-kichikligiga ega bo’lib, ular sonlarda ifodalanadi. Xususan, axborotlar butun to’plamini yoki ayrim olingan bir bo’lagining hajmini, sonini aniqlash, bilish muhim ahamiyatga ega. Bu narsa ayniqsa iqtisodiy va boshqa har qanday turdagi masalalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi (BAS) sharoitida echishda juda zarurdir. Albatta, axborotlar sonini, masalaga kiruvchi barcha ma’lumotlar sonini aniqlash EHM xotirasiga ma’lumotlarni joylashtirish, EHMga kiritish va undan natija sifatida xujjatlarni olish ishi bilan bog’liq. Shuning uchun ham BAS masalalarni echishda ularning to’la hajmini aniqlash, umumiy axborotlar sonini bilish juda ham zarur hisoblanadi. Axborotlar hajmini aniqlashning universal usuli-bu alfavitli va sonli belgilashlar bilan o’lchashdir. Shuni qayd etish kerakki, faqat foydali axborotlargina EHM xotirasida saqlanishi kerak. “Iqtisodiy axborotlarning foydalilik darajasi” deb ularning to’lalik, etarlilik, ishonchlilik, keraklilik va boshqa qiymatlariga aytiladi. Bu axborotlarning foydaliligi hamda sifati xalq xo’jaligini boshqarishda, optimal echimlar ishlab chiqishda, har xil yo’nalishlar va mezonlardan foydalanishda katta samara beradi.
Axborot, agar uning asosida boshqarish uchun to’g’ri qaror qabul qilish mumkin bo’lsa, to’liq hisoblanadi. Ortiqcha axborotlar to’liq bo’lmagan axborotlar kabi zararlidir, chunki har ikkalasi asosida ham noto’g’ri qarorga kelish mumkin.
Axborotning "o’z vaqtida" deb ataluvchi sifati belgilangan protseduralarni buzmasdan boshqarish qarorlarini qabul qilishda nazarga olish mumkin bo’lgan tomonidir.
Boshqarish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun axborotning sifatli bo’lishini ta’minlash kerak. Bu, axborotning aniqlik, kerakligicha va etarlicha to’liqlilik va o’z vaqtidalilik talablariga javob berishi kerakligini bildiradi.
Iqtisodiy axborotlarning qiymati ikki asosiy yo’nalishda semantik va pragmatik yo’nalishda aniqlanadi. Semantik yo’nalish axborotlarni mazmun jihatdan baholaydi, ularning ma’naviy mazmunini aniqlashga sharoit yaratib beradi. Pragmatik yo’nalish ham deyarli shunday, biroq bu axborotni oluvchi pozitsiyasi tomonidan baholanadi. Pragmatik baholash foydalanuvchiga kerak bo’lgan axborotlar foydalilik darajasini, qiymatini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |