O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet7/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Reportaj bugungi kunda keng tarqalgan publitsistik uslub janrlaridan biridir. Bu janr jurnalistikani publitsistikaga tutashtiruvchi iplardan biridir. Reportaj atamasi lotincha “reportare” so‘zidan olingan bo‘lib, “xabar qilmoq”, “darak bermoq” degan ma’nolarni anglatadi. Bu atama XIX asrning birinchi yarmida paydo bo‘lgan. Reportaj jurnalist aynan o‘zi voqea markazida qatnashib, yoki guvohi bo‘lib, shu voqea-hodisaning tezkor hikoyasini keltirishidir. Gazeta terminlarini o‘rgangan tilshunos A.Abdurahmanov ham reportajni izohlash jarayonida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan: “Mazkur janrda yozilgan materialda hodisa joyida “bo‘lish” hissi yuzaga keltiriladi”.18 O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa quyidagicha ta’rif berilgan: “Matbuot, radio va televideniyada sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan olib boriladigan mahalliy mavzulardagi habarlar”.19 Reportaj bayon etish shakliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) radio va televideniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri voqea joyidan olib boriladi; 2) matbuotda e’lon qilinadigan mahalliy mavzulardagi qisqa xabarlar ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan. Bu janr garchi axborot kabi biror ma’lumotni tinglovchi (gazetxon yoki tomoshabin)ga yetkazsa-da, ifoda xususiyati jihatidan biroz farqlanadi. Bu janrda oddiy bayonchilikdan ko‘ra obrazli ifoda ustun turadi. Chunki voqealarni jonli tasvirlash uchun o‘rni kelganda bo‘yoqdor so‘zlardan ham foydalaniladi. Shu bilan birga axborot jonli va ta’sirchan ifodalanishi bu janrning o‘zgachaligini ta’minlaydi. Jurnalistning aynan voqea ishtrokchisi ekanligini ko‘rsatish uchun voqea joyi ham tasvirlanadi. Ba’zi o‘rinlarda kishilar bilan keltirilgan dialoglar esa reportajni yanada ishonarliligini ta’minlaydi. Masalan, “Andijon shahridagi Yoshlar markazida faoliyat yuritadigan “Yuridik klinika” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur klinikaning maqsadi, asosiy vazifasi hamda faoliyatning muhim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. “Yuridik klinika” tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning siyosiy va huquqiy bilim va savodxonligini oshirish va ularga beg‘araz yuridik yordam berishdir, – deydi O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev”. Bugungi tezkorlik zamonida axborotlarni uzluksiz va tez fursatlarda omma e’tiboriga havola etish reportaj janirini yanada rivojlanishiga yo‘l ochdi. Bugungi kun talabi bilan bu janrda leksik jihatdan juft sinonimlar, frazeologik birikmalar hamda umum iste’moldagi so‘zlarning yanada ko‘p qo‘llanishi kuzatilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa, ta’sirchanlikni oshirishdir. Xuddi shunday tahlillarni SamDU tojik tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Rahimqulov G‘ayratning “Reportaj janrining til xususiyatlari (O‘zbekistondagi tojik gazetalari misolida)” deb nomlangan ilmiy maqolasida ham berilgan. Ayrim reportajlarda sarlavha ostida “reportaj” so‘zi qayd etilib, sarlavhaga kengroq izoh berilgan. Bu holat diqqatni tortishga xizmat qiladi: Idi chustu choloki va mahorat megardad [Ot., 14.05.03], “Halqai vasl kunandai Sharqu Garb”, Afkori jomea dar borai anjumani Siyoh, Boz bahori Boysun faro rasid, “Dastgohhoi baxosiyat”, “Dehae dar sinai koh” va shu kabilar. Ta’kidlash o‘rinliki, har qanday janrga doir matnni yaratish tegishli ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlanadi. Ma’lumot olishning keng tarqalgan usullaridan biri esa muloqotdir. Garchand muloqot kommunikatsiya turi sifatida axborot almashishning eng qadimiy usuli bo‘lsa-da, u bilan shaklan bir xil bo‘lgan intervyu janri boshqa janrlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘lgan. Bu haqda tadqiqotchi L.Shibayeva shunday yozadi: “Vaholanki, jurnalistikada paydo bo‘lgan janrlarning ichida intervyu eng birinchilardan bo‘lishi kerak edi. Axir savol berish har bir insonga bolaligidan odat. Qolaversa, dunyo adabiyotida, antik faylasuflardan tortib dramaturglargacha juda katta dialoglar zaxirasini qoldirgan. Shunga qaramay, bu janr XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Buning ham o‘ziga yarasha sababi, talabi va mezoni bor”.

Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish