O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti


Publitsistik uslub axboriy janrlarining lisoniy xususiyatlari



Download 497 Kb.
bet6/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

1.2 Publitsistik uslub axboriy janrlarining lisoniy xususiyatlari
Ma’lumki, XXI asr O‘zbekiston uchun tub o‘zgarishlar va yangilanishlar asri bo‘ldi. Zero, til, adabiyot, san’at, jurnalistika kabi soha vakillari o‘zgarishlarni hammadan ilgari va nozikroq sezishadi va asarlarida davr ruhini u yoki bu ko‘rinishda aks ettirishadi. Davr esa o‘z aksini, albatta, publitsistikada ko‘rsatadi. «Davr, – deb yozadi adabiyotshunos olim N.Rahimjonov, – falsafiy mavzular ichida eng abstrakt xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sababi, uning moddiylashgan konkret bir shakli yo‘q. Bu abstraktlikka faqat inson faoliyatigina konkretlik baxsh eta oladi”.10 Har bir soha, xususan, publitsistika jamiyatdan ayri holda yashay olmaydi. Davr va unga bog‘liq har qanday yangilik publitsistika janrlarida o‘zini namoyon qiladi. Axborot uzatish vositalarining ko‘payishi va rivojlanishi publitsistik janrlar kontenti (shakl va mazmuni)ga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Endilikda asosiy e’tibor voqelik haqidagi axborotga emas, ko‘proq voqelikning o‘ziga qaratilmoqda. Bu, ayniqsa, elektron OAVda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Natijada publitsistikada janr tushunchasiga bo‘lgan munosabat o‘zgarib, axborot uzatishning turli shakllari rivojlanishi, bora-bora janr tushunchasiga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotadi, degan qarash paydo bo‘ldi. “Hurriyat” gazetasining 2007-yil 21-mart sonida jurnalist Ibrohim Normatov “Jurnalistikada mahorat kerakmi yoxud unutilayotgan janrlar xususida” sarlavhali maqolasida matbuotda janr tushunchasining yo‘qolayotganligi, jurnallarda, ayniqsa, gazetalarda janrlarning qashshoqlashishi oqibatida bir xillik yuzaga kelayotganligi haqida so‘z yuritgan edi. Shuningdek, muallif eng ta’sirchan va hozirjavob janr reportaj, ocherk, felyetonlar kamayib ketayotganligini, hattoki, ayrimlar pamflet nimaligini bilmasligini, qolaversa, nashrlarning ko‘pligi ham saviya jihatdan gazetalar mazmunini no‘noqlashishiga — bir xil qolipga tushib qolayotganiga sabab bo‘lishini ta’kidlaganligi haqida fikrlar mavjud.
Janr tushunchasi barcha davrlarda ham odamlarning axborotga qiziqishlari, uni qabul qilishga bo‘lgan ehtiyoj, munosabatlariga qarab yuzaga keldi va rivojlanib bordi. Janrlar paydo bo‘lgandan beri o‘z davriga qarab rivojlanadigan, ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib boradigan tarixiy kategoriyadir. Buni Sankt-Peterburg universiteti professori G.Korkonosenkoning ishbilarmonlarning o‘zaro munosabatlari gazeta sahifalarida “hisobot” janrini paydo qildi. Sir tutishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli xat janri yuzaga keldi. 1800-yilda “Jurnal de Debi” deb nomlangan frantsuz gazetasi inqilobdan keyin odamlarni o‘ziga ko‘proq jalb etish va demokratik matbuotning ko‘rinishi sifatida taassurot uyg‘otish uchun felyetonni o‘ylab topdi. Shu tariqa barcha janrlar tarixan oddiylikdan murakkablikka, oddiy xabardan tortib tahliliy maqolagacha rivojlanib borganligi haqidagi fikrlari ham mavjud. O‘zbek publitsistikasida ham publitsistika va uning qator janrlari jadidlar davrida rivojlangan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgunga qadar sovet jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida bo‘lgani uchun sho‘ro matbuotida qanday janrlar qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zbek matbuotiga ularni shu holicha olish ko‘zga tashlanadi. Ammo mamlakat mustaqil bo‘lgandan keyin jurnalistika nazariyasi va amaliyotida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda jahon jurnalistikasi tajribalaridan kelib chiqib yondashish qaror topdi. Shu asnoda o‘zbek milliy jurnalistikasi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ilk marta publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda nisbatan yangicha yo‘l tutildi. Publitsistik janr turlarini tasnif etishda yangilikka asoslangan janrlar, tahliliy janrlar, sharhlar, badiiy-publitsistik mahoratga asoslangan janrlar, yuzaga keldi. Ilgari xorijiy matbuotda keng qo‘llanilgan esse janri ham O‘zbekiston jurnalistikasidan joy oldi. Endi jahon jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti tajribalaridan ham foydalanila boshlandi. T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari quyidagicha ajratib ko‘rsatilgan: xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva hamda qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq.11 S.Muhammedov gazeta publisistikasi tarmog‘i yoki gazeta publisistikasi janri sifatida quyidagilarni ko‘rsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha.12 A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi.13 I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot (informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informatsion) janrlar), korrespondensiya, maqola, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o‘z tasnifida qayd etgan.14 G‘.G‘afurov “publisistik janrlar” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: “1. Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2. Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3. Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha”.
Axborot janrida asosiy e’tibor jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘lishi taxmin etilgan hayotiy voqealar, hodisalar, jarayonlar haqida xabar berishga qaratiladi. Ularning spetsifik(o‘ziga xos) imkoniyati voqelikni aks ettirish va zarur hollarda mavjud faktlarni qismlarga ajratib yetkazish bilan belgilanadi. Agar axborot yoki yangilik janri orqali voqea sodir bo‘lganligi haqida xabar berilsa, reportajda voqeani sodir bo‘lish jarayoni o‘sha joyning o‘zida jurnalist ishtirokida yoritiladi. Intervyu sodir bo‘lgan voqea kimningdir qarashi yoki fikri orqali ifoda etiladi. Ammo ba’zan voqeaning qachon, qayerda, kim tomonidan sodir etilgani haqidagi xabarning o‘zi o‘quvchiga, tomoshabin yoki tinglovchiga kamlik qiladi. U voqeani keltirib chiqargan sabablar va uning oqibatlari haqida ko‘proq bilishni xohlaydi. Bu tabiiyki, tahliliy janrlarga ehtiyojni paydo qiladi. Tahliliy jurnalistika axborot yetkazish bilan uni tahlil qilish orqali jamoatchilikka tushuntirishni maqsad qiladi. Masalan, korrespondentsiyaning asosiy axboriy vazifasi “tushuntirish” bo‘lib, o‘tgan voqelikni atroflicha yoritish ustuvorlik qiladi. Uning vazifasi “nimaga?”, “nima sababdan?” degan savollarga javob berishdir. Maqola voqelikning biror bir jihatini, qismini, u bilan bog‘liq muammo, masalaning yechimini ochib berishga qaratilib, “nima qilish kerak?” degan savolga javob berishni ko‘zda tutadi. Taqriz aynan voqelikning o‘zini emas, balki voqelik jarayonida mavjud obyektni tahlil qilish orqali unga baho beradi. Jurnalist surishtiruvi esa muayyan voqelik yuzasidan haqiqat sir tutgan holatlarda adolatni qaror toptirish uchun olib boriladi. Bugun, ayniqsa, jurnalistlarga shu bilan birga blogerlarga berilgan erkinlik asosida jurnalistik surishtiruvlar deyarli barcha sohalarda juda keng tarqaldi. Sharh janrida esa muayyan voqea, vaziyat, jarayon yuzasidan olib borilgan tahlilning hayotiy realliklarga qanchalik mos kelishi, mantiqiy qarashlarning asosliligi ko‘rsatib beriladi. Mazkur janrlarni birlashtiruvchi asos esa bu – tahlil va tadqiqotning mavjudligi bilan belgilanadi. Janr tushunchasi doimo o‘zgarib va rivojlanib borganligi bois uning tugal nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Ayniqsa, internetning OAV sifatida tan olinishi, bu masalani birmuncha chigallashtirdi. Boisi, internetdagi foydalanuvchilar faqat axborot iste’molchilari emas, balki axborot manbaalari, axborotni yetkazuvchilar ham hisoblanadi. Shuning uchun butunjahon “o‘rgimchak to‘ri”da janrning ahamiyati birmuncha pasaydi. Ammo bu butunlay yo‘qoldi, degani emas. Ijtimoiy tarmoqlarda, rasmiy saytlarda ham jurnalistikaning boshqa turlarida uchraydigan janrlar mavjud. Faqat ularda axboriy janrlar yetakchilik qiladi. Sharh, intervyu va maqolalar keyingi o‘rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, internet OAVda janrlar integratsiyasi, ya’ni o‘zaro ta’siri, aralashuvini ko‘proq kuzatish mumkin.
Insoniyatning hayoti va faoliyati axborot olish, qayta ishlash va saqlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Axborot olishning birlamchi vositasi sifatida, albatta, matbuot o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. A.Abdusaidovning “Gazeta janrlarining tili va uslubi” nomli monografiyasida OAV, xususan, vaqtli matbuotning vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatgan: a) informativlik - axborot berish; b) targ‘ibot qilish; d) tashviqot qilish; e) tarbiyaviylik; f) reklamalilik; g) ta‘sirchanlik. O‘zbek tilshunosligida publitsistik janrlarga doir ilmiy izlanishlar ham mavjud. Jumladan A.Abdusaidovning tadqiqotida quyidagicha tasnif keltirilgan:

Xabar



Xronika – xabar, axborot – xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar;

Reportaj

Shu kungi voqealar haqidagi repartaj, tematik repartaj;

Hisobot

Oddiy hisobot, tahliliy hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot;

Intervyu

Intervyu – monolog, intervyu – dialog, intervyu – lavha;

Korrespondensiya

Tahliliy korrespondensiya, axborot korrespondensiya

Maqola

Bosh maqola, nazariy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, muammoli maqola, tanqidiy maqola, ilmiy – ma’rifiy maqola;

Taqriz




Sharh

Umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharh;

Obzor

Mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot abzor;

Xat

Gazetxon xati, ochiq xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati;

Kuzatish

Umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish;

Lavha




Ocherk

Portret ocherk, muammoli ocherk, safarnoma (yo‘l ocherki);

Felyeton

Hujjatli feleton, adabiy feleton;

3-rasm. A.Abdusidovning publitsistika janrlari bo‘yicha tasnifi
Ushbu tasniflanishda boshqa ilmiy tadqiqotlardan farqli jihatlar ham mavjud. Jumladan, O.Tog‘ayevning “Publitsistika janrlari” nomli o‘quv qo‘llanmasida xat janrini badiiy-publitsistik janrlar qatorida tahlil qilgan bo‘lib, uning nazariy asoslari izohlab berilgan: 1. Axborot – informatsion janrlar – Axborot; 2. Tahliliy – analitik janrlar – Axborot, tahlil, qiyoslash; 3. Badiiy-publitsistik janrlar – Axborot, obrazlilik, ommaboplik.15 Publitsistika janrlari bir-biridan bajaradigan vazifasi, qay maqsadda yaratilganligiga ko‘ra farqlanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, ularning barchasida bosh maqsad-axborot berish. Ayniqsa, informatsion janrlarda axborot berish vazifasi ustunlik qiladi. Publitsistikaning bu tarmog‘ini televideniyada borayotgan “Davr”, “Markaziy studiya”, “Diyor”, “Sevimli kun” kabi dasturlarda kuzatishingiz mumkin. Axborot o‘zi nima? Axborot – biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi.16 Masalan, “AQSh Davlat departamenti veb-sahifasida O‘zbekiston va AQShning xotin-qizlar, tinchlik va farovonlik to‘g‘risida qo‘shma bayonoti joylashtirildi. Mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra mazkur xujjat BMT xavfsizlik Kengashining 2000-yil 31-oktabr kuni tasdiqlangan 1325-sonli rezolyutsiyasining 20 yilligi munosabati bilan qabul qilindi”(Xalq so‘zi, №232(7734)) Axborot matnida siyosiy mavzuga doir so‘zlar (departament, bayonot, elchixona, xavfsizlik kengashi, rezolyutsiya) qo‘llanilib, deyarli badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi. Uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar (tinchlik va farovonlik) qo‘llangan bo‘lsa-da, bu leksemalar siyosiy terminlarning qo‘llanilishi hamda ma’lumotni ilmiy tarzda bayon etilishi natijasida gazetxon e’tiborini jalb etmaydi va axborotning aniq tarzda bayon etilishiga to‘siq bo‘lmaydi. Xabarlarning boshqa turlari ham xuddi shunday qolipga bo‘ysunadi. Bunday axborotlarning auditoriyasini esa, asosan, o‘rta va katta yosh vakillari tashkil etadi.
Xabar – arabcha biror yangilikni yetkazish, ma’lumot berish, degan ma’noni bildiradi. Ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan xabarlarga ommaviy axborot yoki ijtimoiy informatsiya deyiladi. Informatsiya deganda matbuot nashrlarida bosiladigan yoki radio, teleko‘rsatuvlar, axborot agentliklari tomonidan beriladigan qisqa xabar tushuniladi. XXI asr axborot asri ekanligidan kelib chiqib bugungi kunda xabar janrining ahamiyati yanada ortdi. Xabar janrining asosida esa fakt turadi. Fakt so‘zi esa lotincha “factum” so‘zidan olingan bo‘lib “qilingan ish” degan ma’lumotni anglatadi. Har qanday xabarning asosida bo‘lib o‘tgan voqea yotadi, lekin har qanday voqea-xodisani xabar uchun asos qilib olib bo‘lmaydi. Xabar sifatida berilayotgan fakt jamiyat uchun, shu kun va shu davr uchun qanchalik darajada kerakligi muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor beriladi. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayotiga taaluqli fakt, voqea-hodisagina matbuot uchun asos bo‘la oladi. Xabarlar rasmiy va norasmiy, qisqa va kengaytirilgan kabi turlarga bo‘linadi. Xabarlar mavzu doirasiga ko‘ra jamiyatning u yoki bu sohasiga doir bo‘ladi va turli xil ruknlar ostida beriladi. Xabarning ifoda usuli qisqa, lo‘nda, yorqin va tushunarli bo‘lishi lozim. Xabarda uzun jumlalar bo‘lmaydi. Ortiqcha mubolag‘alar qilinmaydi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, yanada ko‘p va tez fursatlarda axborotga ega bo‘lish zarurati jamiyat vakillarining internetga bo‘lgan talabini oshirdi. Bugunning “yangiliklar o‘chog‘i” deya ta’riflanayotgan turli xil rasmiy va norasmiy internet saytlaridan foydalanuvchilarning haddan ziyod ko‘payib ketishi, matbuotga bo‘lgan e’tiborni susaytirmoqda. Xususan, Kun.uz da yurtimiz va dunyoda bo‘layotgan voqealarni qisqa va lo‘nda shaklda berib borilayotgani va jamiyatning ko‘p qismi axborotni televideniya, radio yoki matbuot sahifalaridan qidirmay, yuqoridagi kabi turli xil shakldagi internet ma’lumotlari bilan kifoyalanmoqdalar. Biroq yuqoridagi fikr bilan matbuot qoloqlashmoqda degan fikrni berishdan yiroqmiz. Ayni damda matbuot ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Xabarlarni yanada ixcham berish shakli bir qator gazetalarda uchrab turibdi. Masalan, “Jamiyat” gazetasining har bir sahifasi so‘ngida “Qisqa satrlarda o‘qing” rukni ostida bir necha jumladan iborat xabarlarni berib borilayotganini o‘qishingiz mumkin: “Endi Sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanadi”, “2021-yil 1-martdan tadbirkorlar davlat xizmatlari ko‘rsatishida agent sifatida qatnashishi mumkin”, “ “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshiradi”. Ushbu xabarlarning bayon etish uslubi qisqa, gaplarda emotsional-ekspressivlikni ta’minlovchi, qo‘shimcha ma’no ko‘chishini xosil qilgan so‘zlar mavjud emas. Kontekstni shakllantirgan fikrlar xabarning mavzusidan kelib chiqqan holda va shu soha doirasidagi terminlar (elektron, reyting, tadbirkor, agent, funksiya, biznes ) mavjud bo‘lib, jumlalar ilmiy uslubga xos shaklda berilgan va gap tarkibida ellipsiyalarni uchratmaymiz. Ammo faqatgina xabarlarning shakli to‘g‘risidagi bunday fikr bilan cheklanmaslik lozim. Chunki xabar mavzulari xilma-xil shaklda bo‘ladi. Davriy matbuot nashrlari o‘rtasidagi o‘zaro raqobat, foyda ketidan quvish natijasida gazeta va jurnallar sahifalari, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, axborot agentliklari beradigan xabarlarda obyektiv xabarlar bilan bir qatorda sensatsion (shov-shuvli) materiallar, dezaxborot (ataylab teskari axborot berish hollari) ham mavjud. Xabar yozish maqola, korrespondensiya, lavha yoki felyeton yozishdan ko‘ra osonroq va nisbatan tez yoziladigan, matbuotimiz keng qo‘llaydigan janrdir. Unga korrespondensiyaga o‘xshab faktlarni taqqoslash, tahlil, o‘zaro munosabatlarni aniqlash kabi vazifalar yuklatilmagan.17 Ayniqsa, bugungi axborot asrida publitsistikaning bu tarmog‘iga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy hayot bilan birga siyosiy hayotga bo‘lgan kuchli e’tibori, yurtimizda erkin fikrlash hamda bu fikrlarni ochiq bayon etilayotganligi publitsistikaning axboriy janrlarining ahamiyati bir qadar oshdi. Demak publitsistikaning axborot janrining har qanday shaklining bosh maqsadi jamiyat vakillarini o‘zi yashab turgan va qo‘shni davlarlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishdan iborat ekan.
Publitsistika janrlari ichida hisobot bugungi kunda rasmiy uslub doirasida keng qo‘llana boshlangan bo‘lib, publitsistik uslub va rasmiy uslubni o‘zaro tutashgan holda rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Hisobot so‘zi arabcha “hisob berish” ya’ni o‘z ishlari, topshiriqlarning bajarilishi va shu kabilar haqida o‘zidan yuqori turuvchi boshliqqa, tashkilot va jamoatchilikka og‘zaki yoki yozma ravishda beriladigan rasmiy axborot degan ma’noni beradi. Gazeta va jurnal sahifalarida bo‘lib o‘tgan biror muhim yig‘in, anjuman yoki ommaviy bayram va boshqa tadbirlar, voqea-hodisalar, sud majlisi, matbuot anjumani haqida yozilgan axborot. Odatda hisobot parlament majlisi, hukumat idoralari va jamoat tashkilotlarining muhim yig‘inlari haqida, shuningdek o‘tkazilayotgan ommaviy bayramlar, san’at turlariga doir tomoshalar, sport musobaqalari va shu singari yirik, ahamiyatli voqea va hodisalar haqida yoziladi. Asosan gazeta sahifalaridagi hisobotlar ko‘pchilik uchun qiziqarli voqea va hodisalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Hisobot qiziqish uyg‘otish bilan birga berilayotgan axborotga jamoatchilik fikrini uyg‘ota olishi ham kerak. Hisobotlar hajman qisqa va batafsil yoritiladi. Qisqa hisobotda biror tadbir, anjuman yoki bayramning bo‘lib o‘tganligi haqida xabar beriladi xolos. Batafsil hisobotda esa tadbirda kimlar qatnashganligi, kimlar so‘zga chiqqanligi haqida birma-bir ma’lumotlar beriladi.

4-rasm. Hisobot turlari
Hisobotlar rasmiy (norasmiy), tahliliy va muammoli bo‘ladi. Masalan, “A’zamning o‘ktam va o‘lmas so‘zi” sarlavhasi ostida berilgan anjumanning hisobot matni norasmiy bo‘lib, unda hech qanday muammo va uning yechimiga doir fikrlar mavjud emas:“Anjumanni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akrom Yuldashev ochdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Samarqand davlat universiteti, professor, senator Rustam Xolmurodov, O‘zbekiston Qahramoni, senator Hasan Normurodov, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqovalarning konferensiyalarga yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirildi”. Tadbirda nutq so‘zlagan shaxslarning nutqi ham batafsil beriladi. Biroq biz yuqorida tahlil etayotgan hisobot qisqa hisobot bo‘lib unda anjuman qatnashchilarining barcha nutqlari to‘laligicha yoritilmagan. Faqatgina birgina o‘rinda anjuman qatnashchisining nutqi bor xolos:“ – Аzam O‘ktam nafaqat shoir, balki tarjimon, muharrir, yoshlarning jonkuyar ustozi, islom madaniyati, ma’rifati targ‘ibotchisi sifatida ham ulkan e’tirof va e’zozga loyiqdir, – deydi Andijon davlat universiteti dotsenti Zilolaxon Eshonova”. (O‘zbekiston ovozi, №39(32634)) Hisobot matnida odatda jonlantirish, o‘xshatish, ko‘chma ma’noli so‘zlar qatnashmaydi, lekin ba’zi o‘rinlarda o‘quvchida voqea-hodisa, tadbir yoki anjuman haqida to‘liqroq tushuncha hosil qilish uchun bunday so‘zlar, birikmalar, iboralar qo‘llanishi mumkin. Masalan, jonkuyar ustoz, qizg‘in baxs-munozara kabi. Rasmiy hisobot rasmiy idoralar tomonidan beriladi. Norasmiy axborot esa, maxsus yuborilgan muxbir tomonidan yoziladi. Yurtimizda iqtisodiyotga bo‘lgan e’tibor natijasida tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Natijasida turli xil tashkilotlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu o‘zgarishlar tashkilot hujjatlari qatorida turuvchi hisobotlarning turlari oshishiga va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, publitsistikani ilmiy uslubga yanada yaqinlashtirdi.

Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish