O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet8/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Intervyu (ing. interview — uchrashuv) — publitsistika janri. Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. Ikki turga boʻlinadi: 1-xabar, asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtkaziladi; 2.Tahlilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhlab beriladi. Intervyu hajmi nisbatan kichik, imkoniyati torroq bo‘ladi. Savol-javob shaklida bo‘lib, publitsistik tadqiqotda juda uzoqqa, juda chuqur ketishni imkoni bo‘lmaydi, muhim masala qo‘yish, muammoning uchini chiqarish, muhim dalil, misollar keltirish orqaligina matn shakllantiriladi. Intervyu ko‘proq diolog shaklida bo‘ladi. Matnni tahrirlash jarayonida jurnalist va ikkinchi tomon nutqida noo‘rin qo‘llangan leksemalar, sintaktik jihatdan yuz bergan ellipsiya, yoki dialektdagi kamchiliklar to‘g‘rilab, qolipga solinadi. Suhbatdosh holati suhbat bayoni jarayonida berib boriladi. Masalan, intervyu berayotgan shaxsning nutqini berish jarayonida qavs ichida kulib qo‘ydi, jiddiylashgancha kabi bir qator so‘zlarni uchratamiz. Interyu matnida qo‘llangan so‘zlar interyu mavzusiga aloqador bo‘ladi. Masalan, Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zcan bilan olib borilgan interyuda O‘zbek tili va adabiyoti haqida suhbat bo‘ladi. “ - Oynur xonim, O‘zbekistonda adashmasam, ilk bor 1993-yilda bo‘lgansiz. O‘tgan yili O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30-yilligi tadbirlarida ham bevosita ishtrok etdingiz. Safaringiz davomida tilga munosabatdagi qanday farqlarni, o‘zgarishlarni angladingiz?
-Men davlat idoralarida, universitetlarda bo‘lgan vaqtimda O‘zbek tilida ish yuritish uchun juda dadil qadam tashlanganini bevosita kuzatdim. Davlat tilining maqomini oshirish bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘paymoqda. Bu yil davlat tili bo‘yicha tanlov e’lon qilinishi bu sa’y-harakatlardan yana biridir”. (Ishonch,№120-121(4406)) Agar matnga e’tibor berilsa, til va ta’limga oid so‘zlarni (O‘zbek tili, davlat tili, universitet, ilmiy ish, ) ko‘rishingiz mumkin.
Xalqimiz o‘tmishiga nazar solinsa, xat (noma) leksemasiga ko‘p duch kelamiz. Xat orqali kishilar bir-biriga biror mazmundagi xabarni yetkazganlar. Ushbu janr dastlab O‘zbek adabiyotida XIV asrda Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari orqali vujudga kelgan. Bu asar oshiqning ma’shuqasiga yozgan she’riy maktubi shaklida yaratilgan.20 Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari nomachilik an’anasiga qat’iy rioya qilgan holda yaratilgan. Bu asar ham oshiq va ma’shuqning bir-biriga maktubi tarzida yaratilgan. Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi asarlari temuriylar davrida yaratilgan noma janriga mansub asarlardandir. A.Navoiyning “Munshaot”i ham xatlar jamlanmasidir. O.Tog‘ayevning “Publitsistika janrlari” nomli o‘quv qo‘llanmasida xat janrini badiiy-publitsistik janrlar sirasida tahlil qilgan bo‘lib, uning nazariy asoslari izohlab berilgan. Xat (noma) janri ham publitsistika tarkibiga kirib, bugungi kunda biroz ahamiyatini yo‘qotgandek. Chunki axborotlashgan davr ma’lumotlar yetkazilishida tezkorlikni talab etgani bois jamiyat vakillari xabarlarni elektron shaklda yuborish yo‘lini afzal ko‘rmoqdalar. Lekin shunday bo‘lsa-da, gazeta sahifalarida xatning turli xil namunalari berib boriladi. Turli masalalarni tegishli shaxslarga rasmiy shaklda yetkazish uchun ham davlat idoralari xatlarning turli shakllaridan foydalanmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yuborgan tabrigidan olingan parcha: “Muhtaram vatandoshlar! Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug’ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, til-millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir”. (I., № 120-121(4406)) Xat matnida inson his-tuyg‘ularini uyg‘otish uchun vatandosh so‘ziga muhtaram (hurmatli, qadrli, aziz; hurmat va ehtiromga sazovor)sifatini berilganligi, azizlar (ulug‘, qadrli; kam topiladigan, noyob, qadrli), ayyom (kun so‘zining ijobiy bo‘yoqqa ega sinonimi), samimiy (yurakdan aytilgan, dildan chiqqan), muborakbod (tabriklash, qutlov), atoqli (biror sohada nom chiqargan, dong taratgan, shuhrat qozongan, mashhur) kabi uslubiy bo‘yoqqa ega so‘zlar qo‘llangan. Badiiy publitsistikada obraz va obrazlilik keng qo‘llaniladi, chunki badiiy publitsistik materiallarda hayotiy voqealar jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o‘quvchining ongigagina emas his-tuyg‘usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Demak, Prezident tabrik xatida uslubiy bo‘yoqdar so‘zlar shu qadar ko‘p ekan, gazetxon maktubi matniga ham e’tibor bersak: “O‘zbek sportchilarining ko‘pchiligi o‘zbek farzandi bo‘lishiga qaramasdan, ona tilida gapirishga qiynalib, ruscha so‘zlarni aralashtirish, bir amallab fikrlarini ifodalaydi. Na kuyaringni, na kularingni bilasan. O‘z ona tilida gapira olmaslik inson uchun kechirib bo‘lmas holat”. (I., № 120-121(4406)) Gazetxonning bu maktub (xat)i O‘zbek tiliga jiddiy e’tibor qaratmayotgan ayrim jamiyatimiz vakillariga nisbatan murojaat desa ham bo‘ladi. Xat matnida lingvokulturologik xususiyatga ega iboralardan biri (na kuyaringni, na kularingni )ni uchratish mumkin. Ushbu o‘rinda xalq orasida so‘zlashuv nutqida keng qo‘llanuvchi ibora tarkibidagi na..,na bog‘lovchisi doim nimanidir ta’kidlashga xizmat qiladi. Adham Abdullayev o‘zining “O‘zbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli” nomli kitobida bu bog‘lovchiga xos xususiyatlarga atroflicha to‘xtalib o‘tgan. Xatlarda qo‘llanayotgan leksik birliklar uning qanday maqsadda yozilganidan kelib chiqar ekan. Bu misollar O.Tog‘ayevning xat janrini badiiy-publitsistik uslub janrlari qatorida tahlil qilganligini yana bir bor to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. Demak xat janrining ifoda usuli badiiy uslub namunalariga yaqin turadi. Ammo publitsistik uslubga xos unsurlar (jamiyat yoki biror individga qaratilgan nutq, biror mazmundagi axborot yetkazish, murojat qilish va h.k) ham xatning har qanday turida sezilib turadi.
Maqola publitsistikaning jadidlar davrida yuzaga kelgan va bugungi kunda keng tarqalgan janrlaridan biri bo‘lib, tahliliy janrlar turiga kiradi. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. XXI asrning ikkinchi yarmida “Turkiston viloyati gazeti” sahifalarida, keyinchalik jadidlar matbuotida maqolalarni ko‘plab uchratish mumkin. I.Obidiy, M.Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, U.Xo‘jayev, A.Avloniy, H.Muin, M. Abdurashidxonov, S.Ajziy va boshqalarning ijodida maqolalar salmog‘ining yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Masalan, Behbudiyning maqolalarida ishontirish xususiyati kuchli bo‘lgan. Maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Maqola adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolaning bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli maqola degan turlari mavjud. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari, davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi: “Innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, aholini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, farmatsevtika sohasi mutaxasislarini xalqaro ta’lim standartlari asosida va talab yuqori bo‘lgan mutaxasisliklar bo‘yicha tayyorlashni, farmatsevtika ta’limini xalqaro ilmiy hamjamiyat tizimiga izchil integratsiyalashuvini ta’minlash va respublikada farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida: 1. Toshkent viloyat hokimligining Toshkent viloyati, Qibray tumanida “Toshkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”. Bunday qaror va farmonlarning matni bir necha sahifalarni egallab, o‘quvchiga to‘liqroq ma’lumotni berishdir. Bosh maqola matni rasmiy va ilmiy uslubda beriladi. Bosh maqola matnida qo‘llangan leksik birliklar ichida mavjud davrga xos leksik birliklar va maqola mavzusi doirasidagi terminlarni uchratamiz: innovatsiya, farmatsevtika, klaster, integratsiya, ta’lim, hamjamiyat, viloyat, hokimlik, tuman, respublika kabi. Bugungi kunda barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarning izchil rivojlanishi publitsistikamizni neologizmlar bilan boyitdi. Bunday holat publitsistikaning barcha sohalari doirasida uchraydi. Masalan, innovatsiya, farmatsevtika, klaster, integratsiya, infratuzilma, laboratoriya, vivariy, farmakopiya, simpozium, investitsiya, modernizatsiya va boshqalar. (Xalq so’zi, №21(7523)) Bunday maqola turlarida ma’no ko‘chishlari, frazeologizmlar va ellipsiya namunalarini uchratmaymiz. Bunday vositalarning qo‘llanishi bosh maqolaning ilmiylik darajasiga ta’sir etishi mumkin. Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini tushuntirish va targ‘ib etishdan iborat. Ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Bunday maqola turlarini asosan ilmiy jurnallarda uchratishingiz mumkin. Masalan, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori Yorqinjon Odilov va boshqa tilshunos olimlarimizning tilshunoslik sohasiga doir maqolalarini ko‘rib chiqqanimizda ilmiy maqolaga xos ananalarni kuzatdik. Ilmiy maqolalar fanning barcha yo‘nalishlarida uchraydi. Ilmiy maqolalar qanday mavzuni yoritishga qaratilganligi maqola sarlavhasida ko‘zga tashlanadi. Ilmiy maqolalarda odatda fanga oid terminlardan keng foydalaniladi va ilmiy uslubga xos shaklda yoziladi. Mavzuga oid terminlar kalit so‘zlar qatorida beriladi. Ilmiy maqolaning anotatsiya qismida maqola mazmuni bir necha jumlalar bilan qisqacha shaklda beriladi. Maqolada aynan olingan ilmiy fikrlar snoskalar bilan ajratib ko‘rsatiladi. Maqola so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Ilmiy maqolalarda ortiqcha ma’no ko‘chishlari, sinonimik qatorlarning takrori, elippsiya kabi holatlar uchramaydi. Chunki bunday vositalar ilmiy ma’lumotni aniq va tushunarli shaklda o‘quvchiga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi: “Penza davlat universiteti tadqiqotchisi T.S.Sergeyeva ham qisqartma so‘zlarning namoyon bo‘lish o‘rni, asosan, publitsistik uslub ekanini qayd etar ekan, mavjud tadqiqotlarda qisqartma so‘zlarning quyidagi turlari farqlanishini aytadi: 1) alfavitizmlar – bosh harflardan hosil bo‘lgan qisqartmalar bo‘lib, ular alifbodagi talaffuz tartibida aytiladi. Masalan, KPSS, ChK qisqartmalari Kepeeses, Cheka tarzida talaffuz qilingani kabi; 2) akronimlar – birikma nomning bosh harflaridan hosil bo‘lgan qisqartmalar bo‘lib, ular nutqda bir so‘zdek talaffuz qilinadi. Masalan, VAK, NATO kabi; 3) qisqartirish – so‘zlarning dastlabki bo‘g‘inlaridan yasalgan qisqartmalar: препод­(преподаватель), док (доктор) kabi; 4) chatishish – ikki va undan ortiq so‘zni qisqartirib qo‘shish orqali yuzaga kelgan qisqartmalar: танцпол (танцевальныйпол), нарком (народный комиссар) kabi”. (Til va adabiyot,2019,5-son,24-bet) Ilmiy maqola matniga xos leksemalar mavzu doirasidan kelib chiqib belgilanadi: publitsistik uslub, alfavitizm, alifbo, talaffuz, akronim, bo‘g‘in kabilar. Muammoli maqola munozara va bahslashuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari o‘z badiiy asarlarida axloq muammolarini dadil ko‘tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar. Bugun ham muammoli maqolalarni gazeta va jurnal sahifalarida juda ko‘p uchratish mumkin. Masalan, “Bosma nashrlarning ertasi bormi?” sarlavhasi ostida berilgan maqolada matbuot bilan bog‘liq bir qator muammolar haqida fikr yuritilgan: “Bugun joylarda shunday “ob-havo” shakllandiki, katta-kichik rahbarlarga, sud-huquq idoralari vakillariga matbuotda aytilgan gap shunchaki “ermak” yoxud e’tibor qaratmasa ham bo’laveradigan cho‘pchak misoldek. Aslida jamiyat ko‘zgusi bo‘lgan OAV larida ko‘tarilgan muammo, tanqidiy chiqishlar zudlik bilan o‘rganib chiqilishi, lozim darajada javob qaytarilishi-qonun talabi emasmi?! Ammo…Lekin…Biroq… Yana shuni aytish joizki, ayrim viloyat hokimlari o‘z nashrlariga haddan ziyod “mehribon”dirlarki, obuna mavsumida viloyatdagi jamiki tashkilot, korxonalarni majburiy ravishda o‘z viloyat gazetasiga obuna qilishga yo‘naltirishadi”. (Hurriyat,№39(1203)) Muammoli maqola turli xil mavzularda bo‘lishi mumkin. Muammoli maqolada o‘rtaga tashlangan muammo shunchaki yoritib qo‘yilmay, uni hal etish yo‘llari haqida ham fikrlar berib boriladi. Lisoniy jihatdan maqolaning ta’sirchanligini ta’minlash, o‘quvchi e’tiborini torta olishi uchun ma’no ko‘chish hodisalarining turli xil shakllaridan erkin foydalaniladi. O‘quvchini mavzuga yanada yaqinlashtirish uchun so‘roq gaplardan keng foydalanish, hatto sarlavhani so‘roq gap shaklda berish (“Bosma nashrlarning ertasi bormi?”, ““Chiqindi” seriallar kimga kerak?”) holatlarini ko‘rish mumkin. Shu bilan birgalikda sinonimik qatordagi leksemalarning bir nechtasini bitta o‘rinda qo‘llash o‘rinlari ham uchraydi. Masalan, Ammo…Lekin…Biroq yordamchi leksemalari qo‘shma gap tarkibidagi soda gaplarni bog‘lash bilan birga zidlik ma’nosini ham yuklaydi. Sinonimik qatordagi bir necha leksemadan bir o‘rinda foydalanish, ma’noni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Muammoli maqolalarning ta’sirchanlik va ommaboplik darajasi journalist yoki maqola yozuvchisining leksik salohiyatiga, muammoning jamiyat uchun qay darajada ahamiyatliligiga ham bog‘liqdir. Publitsistika jamiyatdan ayricha rivojlana olmaydi, shunday ekan muammoli maqolalarda yoritilayotgan mavzu ham o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Maqolaning lisoniy xususiyati esa mavjud davrga doir leksemalardan kelib chiqib belgilanadi.



Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish