Ilmiy maqola va uing turlari
Reja
1.Maqola haqidamalumot
2.Maqola yozish shartlari
3.Maqola
MAQOLA — publitsistik janr. M. da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat xujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
2. Eng boshida maqola yozishni katta to’rtta bo’limga bo’Lish mumkin, bular:
TUSHUNTIRUVCHI.
TASVIRLOVCHI.
ISHONTIRUVCHI.
HIKOYA.
Maqola yozayotganingizda maqolangiz turini aniqlab olsangiz, siz uchun muammo yo’q.
Yuqoridagi turlarni kengroq yoritib va ularda maqola yozishning qanday metodlaridan foydalansangiz bo’lishini aytmoqchiman.
TUSHUNTIRUVCHI – bu turdagi maqola yozishdan juda ko’p foydalaniladi. Siz bu turda maqola yozganingizda, sizning barcha qilayotgan harakatlaringiz o’quvchilaringizga maqsadni tushuntirish, malumotni yetkazib berishdan iborat.
Tushuntirish usulida siz o’z fikrlaringizni yozmaysiz, lekin, biron mavzu haqidagi faktlarni keltirasiz, masalan: statistika va dalillarni ko’rsatishingiz mumkin.
Quyida siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan maqola turlari namunalari.
1. Yangiliklar haqidagi maqolalar.
2. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar yani pog’ona-pog’ona tushuntirish usuli.
3. Biznes, texnik va ilmiy yozishlar.
4. Tayyorlash usullari haqidagi maqolalar.
5. Savol-javob bilan tushuntirish.
Bu turga mening “ Yandex dengi elektron hamyon ochmoqchimisiz? Unda marhamat!!!” nomli maqolam misol bo’la oladi.
TASVIRLOVCHI – Siz tasvirlovchi turida maqola yozganingizda, o’quvchilaringiz bilan o’z taassurotlaringizni bo’lishasiz. Bu turda sizning maqsadingiz o’quvchilarni biron narsaga ishontirish emas, balki ularga nimani eshitsangiz, nimani ko’rsangiz, umuman olganda berayotgan malumotingiz qanday bo’lsa shunday yozishdan iborat.
Tasvirlash usulida yozishning namunalari:
1. Biron programmaning imkoniyati haqida maqolalar.
2. O’zingizning yaxshi ko’rgan kitob haqida maqolalar.
3. Yangi mashina haqida maqolalar.
4. O’rganish jarayonida orttirgan tajribangiz haqida maqolalar.
Bunga misol mening «All in One Seo Pack plagini qanday o'rnatiladi va sozlanadi» nomli maqolam.
ISHONTIRUVCHI — Siz bu turda maqola yozsangiz, sizning maqsadingiz o’quvchilaringizni berayotgan malumotingizga ishontirishdan iborat bo’ladi. Bunda, siz o’z fikrlaringizni, asoslaringizni va sabablaringizni kiritishingiz mumkin.
Ikkita narsa o’rtasidagi farqni ko’rsatish ya’ni foydali va foydasiz tomonlarini ko’rsatish o’rqali o’quvchilaringizni ishontirishingiz mumkin.
Namunalar:
1. Sayt yoki blogingizda reklamalar berayotganingizda foydalanishingiz mumkin.
2. Biron narsa haqida tavsiya berganingizda foydalana olasiz.
3. O’quvchilaringizga savollar berib va ularga o’zingiz ishontiruvchi javoblar berish orqali bu turdan foydalansangiz bo’ladi.
HIKOYA – hikoya turida yozishni ko’p uchratamiz, badiiy yoki badiiy bo’lmagan holatda ham. Siz bu turda maqola yozganingizda, siz shunchaki malumot yetkazib berishga urinmaysiz, balki, hikoyani yaratish va muloqat qilishga harakat qilasiz va yana uni belgilar va sozlamalar bilan to’ldirishga harakat qilasiz. Ba'zan tajribalaringiz haqida kichik hikoya yozib malumot yetkazib berishingiz mumkin.
Foydalanish namunalari:
1. Biron ish haqida qisqa hikoyalar.
2. Maqola o’rtasida bu turdan foydalanib ketishingiz mumkin.
Mini kitoblar yozishda.
XX-asrning 20-yillarida atomda ikki xil zaryadlangan zarralar - manfiy zaryadli elektronlar va musbat zaryadli protonlar mavjud deb qaralar edi. Fiziklar esa, yadroda elektr zaryadiga ega bo‘lmagan, ya'ni, neytral zarracha ham mavjud bo‘lsa kerak degan savol ustida bosh qotirishardi. Elektroneytral zarrachani topish masalasi ustidagi tajribalar 1932-yilda o‘zining kulminatsion nuqtasiga yetdi. Ya'ni, o‘sha yili Angliyada Jeyms Chedvik neytronni kashf qildi.
Oradan ikki yil o‘tib, 1934-yilda er-xotin olimlar Frederik Jolio va Iren Jolio-Kyurilar sun'iy radioaktivlik hodisasini kashf qilishdi. Ular bor hamda alyuminiy yadrosini alfa-zarralar bilan bombardimon qilish orqali, o‘sha paytda fanga ma'lum bo‘lgan barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplarini yaratishga muvaffaq bo‘lishgan edi. Ushbu kashfiyot ilm-fanda juda katta rezonans keltirib chiqardi va ilgari olimlarning tushiga ham kirmagan qator istiqbolli loyihalarga yo‘l ochdi. Chunonchi, bir qator yangi radioaktiv izotoplar olindi.
1934-yilning bahorida Fermi o‘zining elementlarni neytronlar bilan nurlatish borasidagi tajribalarini boshladi. Bu o‘sha payt olimlari uchun kutilmagan va dadil jur'atli qadam edi. Bu haqida Otto Frish shunda yozgandi: "Men yaxshi eslayman, ko‘pchilik fiziklarning, shu jumladan mening ham munosabatim juda ishonchsizlikka to‘la edi: Fermining eksperimentlarida ma'no yo‘qdek ko‘rinardi. Chunki, neytronlar alfa-zarralardan ko‘ra ancha kichik edi".
o‘z tajribalarining natijalaridan darak beruvchi eng birinchi ilmiy maqolasida Fermi alyuminiy va ftorni neytronlar bilan bombardimon qilish orqali o‘zidan elektron nurlatayotgan azot va natriy izotoplarini olishga muvaffaq bo‘lganini bayon qiladi. Eslatib o‘tamiz, Frederik Jolio va Iren Kyurilarning tajribasida bombardimondan keyin hosil bo‘lgan izotoplar elektron emas, balki pozitron nurlatgan.
Neytronlar bilan bombardimonlash usuli juda samarador bo‘lib chiqdi. Fermi o‘zi ham bu haqida to‘lqinlanib yozgan edi. Jumladan u "Neytronlarga asoslangan yadroviy parchalanishning ushbu samaradorlik darajasi, neytron manbalarining alfa-zarralar va proton manbalariga nisbatan taqqoslagandagi kuchsizligini bemalol kompensatsiyalab bera oladi" - deb xulosa qilgandi. o‘sha paytda fanga ma'lum bo‘lgan 68 ta kimyoviy elementdan 47 xilini Fermi shunday usul bilan faollashtira oldi.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu elementlarni avvaliga faol aralashmalardan tozalab olib, keyin neytronlar bilan bombardimon qilinsa, ular kuchli faollashar ekan" - deb yozgan edi.
Neytronlar manbasi va faollashtiriladigan kumush silindr orasiga parafin pona qo‘yib vaziyatni kuzatarkan, pona neytronlar yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lish o‘rniga, aksincha, ularning faolligini ortishiga sabab bo‘layotganini payqab qoldi. Uning o‘tkir fahmi vaziyatni darhol angladi: neytronlar faolligini kuchaytiruvchi ushbu effekt parafindagi vodorod atomlari tufayli edi. Ushbu taxminni haq ekanini tekshirib ko‘rish uchun, Fermi shunday pona sifatida tarkibida vodorod mo‘l bo‘lgan boshqa moddalardan foydalanib ko‘rishga qaror qildi. U avvaliga parafin va suv bilan tajriba qilib ko‘rib, sekin harakatlanuvchi neytronlarning (sust neytronlarning) juda katta samaradorlikka ega ekanini aniqladi.
1934-yilning boshida esa uning keyinchalik fizika fani uchun klassikiga aylangan "Beta-nurlar nazariyasi" nomli maqolasi bosildi. Maqola avvalidagi muallif rezyumesida shunday deyilgan edi: "Maqolada, tabiatda neytrinoning mavjudligi haqidagi ilmiy taxminga asoslangan holda bayon qilingan beta-yemirilish nazariyasi keltirilgan; bunda, elektron va neytrinolarning nurlanishi, nurlanish nazariyasidagi qo‘zg‘atilgan atomdan yorug‘lik kvantlarining emissiyalanishiga o‘xshash tarzda qaraladi. Beta-nurlarning uzluksiz spektri uchun yadroning yashash vaqti formulalari keltiriladi; olingan formulalar eksperimental tekshiriladi".
Xulosa
Neytronlar manbasi va faollashtiriladigan kumush silindr orasiga parafin pona qo‘yib vaziyatni kuzatarkan, pona neytronlar yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lish o‘rniga, aksincha, ularning faolligini ortishiga sabab bo‘layotganini payqab qoldi. Uning o‘tkir fahmi vaziyatni darhol angladi: neytronlar faolligini kuchaytiruvchi ushbu effekt parafindagi vodorod atomlari tufayli edi. Ushbu taxminni haq ekanini tekshirib ko‘rish uchun, Fermi shunday pona sifatida tarkibida vodorod mo‘l bo‘lgan boshqa moddalardan foydalanib ko‘rishga qaror qildi. U avvaliga parafin va suv bilan tajriba qilib ko‘rib, sekin harakatlanuvchi neytronlarning (sust neytronlarning) juda katta samaradorlikka ega ekanini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |