O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI KIMYO FAKULTETI “NEFT VA GAZ KIMYOSI YO’NALISHI ”
3 -KURS TALABASI …. NING MOTOR YOQILG’ILAR KIMYOSI FANIDAN
Mavzu: Reaktiv dnigitellar uchun yoqilg’ilar
MUNDARIJA:
Kirish
Asosiy qism…………………………………………..3
I bob.
1.1 Moylar haqida tushuncha………………………5
1.2. Moylarning asosiy xossalari……………………15
II.BOB
2.1 Suniy moylar………………………………….....17
2.2. Suniy moylarning olinish usuli………………..18
2.3. Suniy moylarni mohiyati va qo’llanishi………20
III.BOB. Xulosa…………………………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………27
Kirish.
Xozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar - benzin, kerosin, dizel va qozonxona ( mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Kimyoviy qayta ishlash jarayonlari orqali olingan maxsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun’iy tola, yuvish vositalari va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar olinadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimovning 1992-yildagi neft va gaz sohasini rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lamini aniqlab berdilar. Respublika yoqilg’i-energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi. Yangi quriladigan zavodlar ishga tushishi bilan ichki bozordagi yoqilg’i maxsulotlariga bo’lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham maxsulot eksport qilish ko’zda tutilgan edi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1904 yil), Farg’ona (1958 yil), va Muborak (1971 yil) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997 yil 22 avgustda ishga tushurilgan Buxoro neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001 yilda Sho’rton gaz-kimyo majmuasi qo’shildi. Hozirgi kecha kunduzda Ustyurt platosida Janubiy Koreya respublikasi bilan hamkorlikda qurilishi boshlangan “Ustyurt gaz-kimyo kompleksi” 2016 yilda ishga tushirilishi ko’zda tutilmoqda. Umuman O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, XIX-asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904 - 1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 mln. tonnani tashkil etadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 1958 yilda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodda neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Uning hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 5,5 mln., tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda shuningdek, yiliga 500 ming tonna moy ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilmalari mavjud. 1996 yil Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi chet el ilg’or texnologiyalari (Yaponiya) asosida qayta rekonstrukstiya qilindi. Hozirda zavodda neft maxsulotlarini 50 dan ortiq turi ishlab chiqariladi.
Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yilda dekabr oyida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqilg’i, tabiiy gaz etishtirib beradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-1980 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvati 10 mlrd.m3 ni tashkil etadi. 1984-yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom-ashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli ( 4,5- 5,0 %) O’rta buloq. Dengizko’l-Havzak, Samontepa konlari va kam oltingugurtli ( 0,08-0,3 %) Kultak, Zevarda, Pamug’, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy maxsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi.
Istiqlol yillariga kelib, 1997-yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan xorijiy davlatlarning ilg’or zamonaviy texenologiyalaridan biri Franstiyaning “ Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni xom-ashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinayotgan gaz kondensatlari va olinadigan maxsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin , kerosin va dizel yoqilg’ilari hamda qoldiq mazut hisoblanadi.
Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17-fevral 1998-yil “O’zbekneftgaz” MXK va “ABB Lummus Global” ( AQSh), “ABB Soimi” (Italiya), «Nisho Ivai», “Toyo iujiutgiug”(Yaponiya), kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyixalash, qurilmalarni yotqizish, o’rnatish va ishga tushurish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida “Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi” ishga tushirildi va 2002 yil 15-avgustda birinchi o’zbek polietileni ishlab chiqarildi. Gaz kimyo majmuasining umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd.m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagi maxsulotlar olinadi:
donador polietilen ( 125 ming, tonna);
suyultirilgan gaz (137 ming, tonna);
donador oltingugurt (4 mlrd. tonna).
Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen maxsulotlari ekologik va gigiyenik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO- 9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM si maxsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Evropa mamlakatlari Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Osiyo, Eron, Pokiston, Xitoy, MDH davlatlari: Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda yoqilg’i energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbek neft gaz” Milliy Xolding Kompaniyasi asosiy o’rin tutadi.
Hozirda Respublikamizda jahon andozalariga mos keluvchi tayyor neft maxsulotlari tashqi bozorga chiqarilayapti.
Reaktiv dvigatel — ish jismi (odatda, yonilgʻi yonishidan hosil boʻladigan gazeimon moddalar) oqimi hisobiga reaktiv kuch (tortish kuchi) hosil qiladigan dvigatel. Reaktiv dvigatelda turli xil energiya (issiqlik, yadro, quyosh va elektr energiyasi, kimyoviy energiya)ning mexanik energiyaga aylanishi hisobiga ish jismi oqimining kinetik energiyasi vujudga keladi, bundan tashqari, ish jismi dvigateldan otilib chiqqanda aks kuch paydo boʻlib, dvigatelni itaradi (racmga q.). Shuning uchun Reaktiv dvigatelni murakkab yaxlit tizim deyish mumkin. Bu tizim birlamchi (dastlabki) energiya manbai (Mas, quyosh energiyasi), ish jismi va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi qurilma (yaʼni Reaktiv dvigatelning oʻzi) dan iborat boʻladi.
Reaktiv harakat tushunchasi qadimdan maʼlum. Geron yaratgan sharni Reaktiv dvigatelning ajdodi deyish mumkin. 10-asrdan Xitoyda poroxli raketalar paydo boʻldi va Sharkda, keyinchalik Yevropada mushakbozlik, signal va jangovar raketalar sifatida bir necha asr mobaynida qoʻllanilib keldi. Va, nihoyat, 20-asr boshiga kelib (1903) K.E. Siolkovskiy suyuq yonilgʻili Reaktiv dvigatelning asosini taklif etdi. R. Goddard 1926-yil suyuq yonilgʻili raketalarni uchirdi. V. P. Glushko jahonda birinchilar katorida suyuklikli reaktiv dvigatelni yaratdi. Uning rahbarligida elektrotermik Reaktiv dvigatel yaratildi va sinaldi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillarida havoreaktiv dvigatellari samolyotlarga oʻrnatildi. Urushdan keyingi yillarda elektr raketa dvigatellari va yadro raketa dvigatellari yaratildi. Reaktiv dvigatel borgan sari takomillashtirilib borilmokda.
Reaktiv dvigatel ishlayotgan paytda atrofdagi muhit (havo)dan foydalanishi yoki foydalanmasligiga karab, 2 asosiy guruhga boʻlinadi. Atrofdagi havodan foydalanadigan Reaktiv dvigatel havoreaktiv dvigateli, foydalanilmaydigani raketa dvigateli (RD) deb ataladi. Barcha havoreaktiv dvigatellarida energiya manbai — yonilgigina dvigatel bortida boʻladi, ish jismining anchagina qismi (havo) esa atrof muhitdan olinadi. RD da esa ish jismining barcha komponentlari uning bortida boʻladi. Reaktiv dvigatel texnika (aviatsiya, kosmonavtika va boshqalar) da qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |