O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Yangi axborot texnologiyalari va ulardan ta’limda foydalanish



Download 0,66 Mb.
bet6/41
Sana01.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#298019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
akademik litsey kasb hunar kollejlarida informatika fanini oqitish

Yangi axborot texnologiyalari va ulardan ta’limda foydalanish.

O'zbekiston Respublikasi “Komp'yuteriashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnoologiyalarini joriy to'grisida” 2002 yil 30 maydagi PF- 3080-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va axborot-komunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustivorliklarni amalga oshrishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta‘minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyunda qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda —2002-2010 yillarda komp'yuterlashtirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”, komp‘yuterlash va axborot komunikatsiya texnologiyalarini —rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengansh to‘g‘risida Nizom tuzish vazifaliri belgilab berilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu yo‘nalishda ishlar, tegishli idoralar va mutasaddi tashkilot raxbarlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan: XTBga va uning boshqarmalari tomonidan ibratli ishlar qilindi. —Umumta‘lim maktablarini komp‘yuterlar bilan ta‘minlash chora tadbirlari to‘g‘risida”, —Malaka oshirish institutlarida mutaxassislarni xar 3 yilgacha axborot- kommunikasiya yangiliklari bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha”, —Umumta‘lim maktab o‘quvchilari uchun yangi taxrirdagi informatika fanini o‘qitilishi bo‘yicha darsliklar adabiyot va uslubiy tavsiyalar chiqarish” kabi yo‘nalishdagi vazifalar bajarildi. Ayni paytda —2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umumiylik dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va uning ijrosini ta‘minlashga qaratilgan bir qator xukumat qarorlarining ijrolariga qaratilgan chora- tadbirlar va amaliy ishlar Respublikamizning barcha soxalarida o‘z aksini topmoqda. Xususan: XTB, malaka oshirish institutlarini mutaxassislarini Respublikaning komp‘yuterlashtirilgan na‘munaviy ofislarda malakalarini oshirishlari, Respublika ta‘lim muassasalaridagi komp‘yuter texnikasidan samarali foydalanish, o‘quv metodik adabiyotlarni va pedagogik dastur vositalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, ijodkor o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni aniqlash va ularning ishlarini ommalashtirish maqsadida viloyatlarda komp‘yuter sovodxonligi bo‘yicha metodik dastur vositalari ko‘rik - tanlovlari bo‘lib o‘tayotganligi ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni to‘laqonli bajarilishini ta‘min etmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rik tanlov Buxoro shaxrida 2004 yil may oyida bo‘lib o‘tdi. Unda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha Respublikamizning barcha vilotlaridan ishtirokchilar qatnashdi. “O'quvchilar tomonidan yaratilgan eng yaxshi dasturlar” naminasiyasi bo'yicha “Bobur izidan” veb saxifasi uchun Nodir Bebobekov (Andijon viloyati 31-maktab o‘qituvchisi) g‘olib deb topildi. Viloyat pedagog xodimlarini barcha yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari uchun xam komp‘yuter savodxonligida ishtirok etish masadida davra suxbati va tanlovlar tashkil etilmoqda. Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integrasiyalashish yo‘lida faol siyosat yuritib, iqtisodiyot, ilm-fan, ta‘lim sohasi va axborot almashish borasida dunyo xalqlari bilan o‘zaro xamkorlikni tobora mustaxkamlamoqda. Yurtimizning jadal rivojlanayotgan davlat sifatida jahon aro obro‘si yuksalmoqda. Internet-global axborot tizimi. Internet-jahon axborot uzatish vositasi va axborot tarqatishning eng muxim yangi mexanizimidir. Internet tarmog‘ida yurtimizni har tomonlama keng namoyon etish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvning tezkor axborot almashuv, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirishga doir ehtiyoji ortayotganligidan dalolatdir. Maxkur tarmoq orqali milliy axborot, iqtisodiyotimizning yuksalayotganligi namoish etish orqali mamlakatimizni jahon axborot hamjamiyatiga integrasiyalashuvi yo‘lida qo‘l kelyapti. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Web-saytining xizmatini alohida ta'kidlash joyizdir. Xuddi shunday “O'zbekiston maktablarida internet” dasturida maktablarda o‘quvchilarning mustaqil fiklash qobilyatlarini rivojlantirish va o‘quv texnologiyalarni qo‘llash imkonini berali. Umuman olganda komp‘yuterlashtirish zamon talabidir. O‘qituvchi, tinglovchi va o‘quvchilarning

ushbu yangiliklardan xabardor qilish biz mutaxassislarning birinchi galda vazifalarimizdan biridir. O'zbekiston Respublikasining —Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish borasida” bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, DTS talablari hamda umummilliy Davlat dasturi vazifalarining ahamiyati, zamonaviy komp‘yuterlar yordamida axborotlar tizimini fanlar yo‘nalishiga mos holda yetkazilishiga qaratilmoqda. Kadrlar salohiyati, zukko o‘quvchi yoshlar-davlat siyosatining bosh masalasiga aylandi. Ularning tayyorlash va o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra malaka oshirish va qayta tayyorlash, iqtidorli bolalar maxsus maktablarini kengaytirishga qaratilgan. Mazkur yo‘nalishdagi vazifalarni xal qilish malaka oshirish instituti Tabbiy fanlar yo‘nalishidagi kafedra zimmasiga katta vazifalarni yukladi. Komp‘yuter nima, undan qanday faydalanish mumkin, komp‘yuterlar qanday tilda so‘zlasha oladi, dasturlash tillari va ulardan foydalanish, kerak degan fiklar vazifa qilib berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, asosiy axborot, axborot-texnologiyalar, axborot- kommunikasiyalar, jahon axborot tizimi yangiliklaridan mutaxassislarni xabardor qilib borish zarurligi asos qilib olindi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta‘lim tizimiga xorijiy o‘quv markazlari yangi pedagogik texnologiyalarning ijobiy tajribalarini jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta‘lim sohasidagi muhim vazifalarimizdan biridir. Maktablar, maktabgacha ta‘lim muassasalarida komp‘yuterlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshlab yuborildi. Ammo bu soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj Andijon ta‘limida oqsoq, chunki malakali mutaxassislarni yetishmasligi, borlarini ham yangi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha malakalarini oshirish zaruriyati tug‘ilmoqda. Internet, modemlarning ta‘lim sohasiga kirib kelishi o‘qituvchilarning har uch yilda emas, balki uzliksiz va muntazam tarzda malakalarini oshirishiga keng imkoniyat yaratildi. Shu bois, o‘qituvchilar uzoq masofalardan mablag‘, vaqt sarflab kelmagan holda yoki komp‘yuter orqali (MOMI) masofaviy malaka oshirish markazlari orqali bilim va malakalarini boyitib borishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. Masofaviy malaka oshirish an‘anaviy malaka oshirishdan afzalliklari quyidagichadir.



  • mehnat faoliyatidan ajralmasdan ta‘lim olishning erkin jadval asosida tashkil etish; -mashg‘ulotlarning masofaviyligi tufayli kelish-ketish vaqti va iqtisodiy jixatdan tejamkorligi;

  • o‘quv materiallarini kompakt elektron ko‘rinishda taqdim etilishi va ko‘rgazmaliligi;

  • o‘qish vaqti va sur‘atini erkin va mustaqil belgilanishi;

-interaktiv testlar yordamida o‘quv materiallarini to‘g‘ri o‘zlashtirishini nazorat qilinishi.

Barcha kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar, bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilish uchun MOMIga shaxsan kelishlari zarur bo‘ladi. Muvaffaqiyatli ximoyadan so‘ng tinglovchilarga malaka oshirishganliklari haqida qabul qilingan nushadagi xujjat beriladi. MOMIdagi ma‘ruzalarni yozish uchun audio, video-kassetalar, SD-disklar qo‘llaniladi. Yangi axborot texnologiyalardan (ginermatn, multimedia, GIS-texnologiya, virtual haqiqiylik va boshqalar) keng foydalanish yo‘li bilan ma‘ruzalar mazmuni boyitiladi.

Hozirgi davrda bir ob‘yektiv muammo mavjuddir. Umumiy o‘rta ta‘limning DTSlarini ishlab chiqilib, ta‘lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etildi. Fan o‘qituvchilarimiz birmuncha murakkablashtirilgan, yuqori savyaga ega, jahon talablariga mos fanlar standartlarini amalga oshirishga tayyormi? Mana shu qarama- qarshiliklarni yechish qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimidagi muammodir. Ta‘lim tizimidagi islohatlarning taqdiri DTS ishlab chiqildi, yangi darsliklar yaratildi, dastur va metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar ishlab chiqildi ana endi ishlayvering o‘qituvchilar degani emas. Chunki o‘qituvchi faoliyati yangilanmasa ta‘limda samardorlikka erishib bo‘lmaydi. Pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, nasldan- naslga o‘tuvchi xususiya emas balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi. Ta‘lim tarbiya jarayonidagi innavatsiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars o‘tishning interfaol usullari o‘z-o‘zidan ta‘limga kirib kelmaydi. Ma‘lum doiradagi muammolarni yechish uchun yangilikni kiritishga yo‘naltirilgan harakatlar, har qanday vaziyatda muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlik Innavatsion faoliyatdir. U quyidagi asosiy hususiyatlarga ega;

-ijodiy faoliyat texnologiyasini egallash;

-egalangan bilim va ko‘nikmalarni yangi vaziyatga ko‘chira olish;

-muammolarni ajrata olish;

-ob‘yektning yangi funksiyalarini ko‘ra bilish;

-muqobil yechimlar topa olish;

-o‘z-o‘zini va o‘z faoliyatini tasniflay olish bilim va ko‘nikmalari.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quv-tarbiya jarayoni va uning natijalari yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan iboratdir. Mamlakatning ertangi kuni dunyoqarashi o‘zgargan maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shu bois yuqoridagi yangicha fikrlash, tushunchasiga ega, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli ish yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli yoshlarni tarbiyalash-davr talabidir. Ayni paytda maktablarni komp‘yuterlashtirish, yangi zamonaviy darsliklarni yaratish, umumiy ta‘lim muassasalarida nisbatan yosh “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani mavqei va nufuzini yanada ko'tarish dolzarb vazifadir. Xalqaro ta‘lim tizimining keyingi 20 yil ichidagi taraqqiyoti yangi tushunchalar, interfaol dars usullari, informatsion-kommunikatsion texnologiyalar (IKT) ni maktabga tezkorlik bilan olib kirishni taqazo etmoqda. Informatika xonasi va uning operatoridan maktabning barcha soha va fan o‘qituvchi hamda hodimlari foydalanishi mumkin. IKTni maktabga kirib kelishi turli fan to‘garaklarini tashkil etish muammolarini xal qilishga olib keladi. Shuningdek, yangi texnologiyaning joriy etilishi, bizningcha maktabda qo‘shimcha tashkiliy ishlar yuzaga kelishini ta‘minlaydi. IKT bilan jiddiy shug‘ullanuvchi javobgar shaxs bo‘lishi kerak. Jahon tajribalaridan IKTning afzalligi tufayli yuqori ko‘rsatkichlarga erishilmoqda.



    1. §. Informatika va axborot tehnologiyalari fanlarida innovatsion
      texnologiyalardan foydalanish.


O‘sib kelayotgan avlodga ta‘lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta‘minlash, davlat ta‘lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, yosh avlodni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o‘qib olish va ijodiy izlanishiga yo‘naltirish, ulardagi qobiliyatni rivojlantira borish ko‘nikmalarini orttira olish uchun o‘qituvchilar yangi pedagogik texnologiya asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur.

Ishning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta‘lim litsey, kollej muassasalarida innavatsion texnologiyalar yordamida ta‘lim berish jarayonini takomillashtirish usullarini aniqlashdan iborat bo‘lib, bularsiz bugungi ta‘lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarib bo‘lmaydi.

Ishning vazifalari. Uzluksiz ta‘lim tizimida innavatsion texnologiyalarning mazmuni va mohiyati, maqsadi va vazifalarini aniqlash, ta‘lim jarayonida (darslarda) innavatsion texnologiyalardan foydalanishning ta‘limiy imkoniyatlari, qo‘llanilishi, usullari haqida ma‘lumot berish, ta‘limning interfaol usullari, masofaviy ta‘lim, mulg‘timedia vositalaridan foydalanish, interfaol usullardan foydalanishning ilmiy - pedagogik asoslarini tavsiflashdan iborat.

Pedagogik texnologiyaning qo‘llanishida esa o‘quv jarayonini loyihalash orqali o‘qituvchi katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa ham, yuqori samaraga erisha olishi mumkinligi ko‘rinadi. SHuning uchun ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‘quv maqsadlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Darsda talabalarning erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi aniq loyihalashtirilishi, o‘quv materialini bilim egallovchilarning o‘zlashtirish darajalariga moslashtirish foydali bo‘ladi. An‘anaviy ta‘lim metodlari bilan birga interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol metodlardan foydalanganda asosiy urg‘u o‘quvchilarni hamkorlikda ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol metodlar o‘quvchida erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda o‘qitishning faol usullarini qo‘llash pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya o‘z oldiga ta‘lim shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro faoliyatini hisobga olib, ta‘lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir.

Ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini to‘ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo‘lib, bir tomondan o‘qituvchi kasb faoliyatining texnologiyalashuvi bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchi bilim olishini faollashtirish asosida texnologiyalashtirishdan iborat. Innovatsiyalar (ingilizcha) innovation-yangilik kiritish, yangiliklardan-bu tizm ichidagi o‘zgarishlardir. Pedagogik o‘xshatishlar va eng umumiy ma‘noda innovatsiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining oqimi va natijalarini yaxshilovchi pedagogik tizimdagi zichlik kiritishlarni ko‘zda tutadi. Ammo yangilik kiritishlar tizimni yomonlashtirishlari ham mumkin. YAngiliklarni belgilash qandaydir yangi narsa bilan almashtirish uchun ingliz so‘zi ,,novation‘‘ mavjud. Innovatsiya tizimida esa uning shaxsiy resurslari (zaxiralari) hisobiga amalga oshiriladigan yangilik kiritishlarni bildiradi. Darslarda har xil usullarni qo‘llash o‘quvchilarda fanga qiziqish uyg‘otadi va ularning faolligini oshiradi. Natijada o‘zlashtirish darajasi ortadi. Tez va to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish, mashg‘ulot mazmunini guruhlarda tahlil qilish, o‘yin vositasida bilim egallash, natijalarni tadqiq qilish, kuzatuv, kichik guruhlarda ishlash, bahs, anketa so‘rovlarini tashkil etish, og‘zaki va yozma mashqlar bajarish, videofilmlar namoyishi, kassetalarni tinglash, kompakt disklar va ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, turli xil komp‘yuter dasturlarini qo‘llab, darslarni tashkil etish juda yaxshi samara beradi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida mikroguruhlarda shug‘ullanish ijobiy natija bermoqda. Mikroguruhlar ikki xil yo‘l bilan tuziladi.

Birinchi, to‘rt, besh kishidan iborat bo‘lgan doimiy guruhlar.

Unda talabalar darsda, darsdan tashqarida, oraliq va yakuniy nazoratlarga birga tayyorgarlik ko‘radilar.

Ikkinchi holatda mikroguruh ayrim darsning, mavzuning mazmuni, o‘tkazilish tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa bajarilishi, o‘yin va treninglar o‘tkazilishi mo‘ljallanadi.

Bu usul talabalarning har qanday sharoitda va har xil jamoalarda erkin muloqatga kirishishi, faolligining yanada ortishini ta‘minlashda afzal hisoblanadi. Mikroguruh ichida va mikroguruhlar orasida ijobiy ma‘nodagi raqobatni to‘g‘ri tashkil etish ahamiyatlidir. Ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanganda ta‘lim metodlarini tanlash va samarali qo‘llash alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy zaruratga aylandi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohatlarning samaradorligini oshirish, bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, o‘z kasbining bilimdoni va mohir egasi bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda.

Respublikada mavjud ta‘lim muassasalari o‘qituvchilar tarkibini kasbiy- pedagogik tayyorlashning samaradorligini oshirish ta‘lim muassasalari xodimlariga kasbiy ta‘lim berishni takomillashtirishning asosiy negizidir. Ta‘lim muassasalaridagi ushbu vazifani amalga oshirishning muhim sharti - pedagog kadrlar malakasini oshirishning samarali tizimi amal qilishi, yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati maktabining faoliyat ko‘rsatishidir. Ushbu tizim o‘qituvchilarning kasbiy xislatlarini takomillashtirish, tinglovchilarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlarida kafolatli natijalarni ta‘minlash, ularda zarur amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida ta‘lim jarayoniga innovattsion pedagogik texnologiyalar va ta‘lim usullarini joriy etishga qaratilgan.

Ta‘lim tarbiya ishida 3 ta unsurni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Bular: Ta‘lim oluvchi(o‘quvchi); Ta‘lim beruvchi(o‘qituvchi); Ta‘lim muhiti ( jihozlar, asbobo uskunalar, elektron darsliklar va qo‘llanmalar, axborot manbalari va vositalari) bo‘lib ulardan har birining ahamiyati boshqasidan qolishmaydi.

Ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchi bu avvalo inson, u o‘z ongi xarakteri, ko‘nikmalari aqliy va jismoniy imkoniyatlari , ma‘lumotlarni qabul qila olish va uzata olish qobiliyalari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Ta‘lim samaradorligiga erishishda ta‘lim beruvchilarning xususiyatlari alohida o‘rin tutadi. Bunda quyidagi omillarni alohida ko‘rsatish mumkin.

O‘qituchining amaldagi bilim darajasi;

O‘qituvchining o‘quvchilarga o‘z bilimini bera olish qobiliyati.

Aytish lozimki, hozirgi kunda innovattsion pedagogik faoliyat ta‘lim muassasalari faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda ta‘limdagi innovattsiya deganda, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta‘lim metodlari, usul va vositalarining yig‘indisi tushuniladi. Aynan innovattsion faoliyat pedagogning kasbiy o‘sishi, ijodiy izlanishi uchun asos yaratadi, tinglovchi va talabalarning shaxs sifatida shakllanishiga chinakamiga ta‘sir ko‘rsatadi.

Innovattsiya - yangi kiritilgan tartib-qoida, yangilik. Bu faoliyat ta'limning mavjud shakl va usullarini yangilashga, ularni amalga oshirish uchun yangi maqsad va vositalar yaratishga qqaratilgan. Muhimi - shaxsning (o‘qituvchining ham, tinglovchining ham) butun salohiyati rivojlanishi, har qanday, hatto kutilmagan holatlarga ham tayyor turishi, yangi vaziyatlarga tez moslasha olishi uchun sharoit yaratish.

Innovattsion madaniyat - Innovattsion tizimda to‘plangan tajriba va yangiliklarning dinamik birligini saqlagan hholda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklarni maqsadli tayyorlash, kompleks tarzda joriy etish va har tomonlama o‘zlashtirishga oid bilim, ko‘nikma va tajribalardir, boshqacha aytganda, vorisiylik prinsipiga rioya qilib, erkin tarzda yangilik yaratish.

Ushbu faoliyatni metodik jihatdan ta‘minlash va ta‘lim jarayoniga innovattsiyalar (yangiliklar)ning joriy etilishini kuzatib borishda innovattsion pedagogik texnologiyalar markazi asosiy o‘rin tutadi. Asosiy maqsadi - innovattsion pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi va rivojlanishi, pedagogik mahoratlarining doimiy ravishda oshirib borishi uchun qulay sharoit yaratish orqali kelgusida ta‘lim muassasalarida pedagogik faoliyat samaradorligini ko‘paytirish.

Innovattsion pedagogik texnologiyalar markazining muhim vazifalariga quyidagilar kiradi:

barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari va individual ishlanmalar, ularni o‘tkazishning eng ilg‘or shakl va usullari bo‘yicha o‘qituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash uchun sharoitlar yaratish;

o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallashda, ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonini tashkil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishda o‘qtuvchilarga metodik yordam ko‘rsatish;

o‘quv jarayonini tashkil qilish va ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi muammolari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan ta‘lim muassasalari xodimlarining seminarlarini o‘tkazish, xalqaro hamkorlik dasturlarini amalga oshirish doirasida chet el o‘quv muassasalari bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, yetuk kadrlar tayyorlash borasida to‘plangan xorijiy tajribani umumlashtirish dasturini amalga oshirish.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar negizida barcha fanlar ta‘limning yangi shakl va usullarini joriy etish muammolarini o‘rganish borasidagi yutuqlari to‘g‘risida ma‘lumotlar , ilmiy axborot beriladi.

Ta‘kidlash joizki, innovattsion pedagogik texnologiyalar ta‘lim muassasalarida yosh o‘qituvchilar pedagogik mahorati maktabining o‘z faoliyatini rivojlantirishi va takomillashtirishiga turtki bo‘ldi. SHuningdek, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar hamda oliy maktab pedagogikasi va psixologiyasining yangi yutuqlari bilan tanishadilar, o‘quv fanlaridan dars berish metodikasini o‘rganadilar. Innovatsion texnologiyalar oldimizda turgan vazifalarni samarali hal etishga imkon beradigan eng zamonaviy texnik vositalar bilan ta‘minlangan. Bular yagona lokal tarmoqda ishlaydigan yangi komp‘yuterlar, prezentatsiya va o‘quv televideniyasi va ko‘plab boshqa vositalardir. Innovatsion texnologiyalarning maqsadi ta‘lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini tadbiq etishdan iborat.

Asosiy e‘tibor ma‘ruzalar o‘qish , amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida interfaol usullarni qo‘llash metodikasi, o‘quv guruhlarida ishni ta‘limning innovattsion usullaridan foydalanib tashkil qilishga qaratildi. Kasbiy ta‘limning kelajagini innovattsion pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, zamonaviy texnologiyalarni egallaganlik hozirgi kunda pedagogik faoliyatining asosiy xususiyatiga aylanmoqda va ta‘lim jarayonini tashkil etishning yanada yuqori pog‘nasiga o‘tilayotganini bildiradi.


    1. §. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasini jihozlaridan
      foydalanish bilan ta’lim samaradorligi oshirish


«XXI asrda yashayotgan har bir inson o‘zining axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishi mumkin emasligini sezishi darkor» deb Hurmatli prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining 2009 yil 5 dekabrda O‘zbekiston Res'ublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasida ta‘kidlagan. Shunday ustuvor maqsadlarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimiga joriy etishda ushbu tizimda faoliyat yuritayotgan barcha o‘qituvchi va muhandis- pedagoglarning axborot va kom‘yuter texnologiyalarini mukammal o‘rganishi hamda o‘quv jarayonida samarali qo‘llashi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa zamon talabidir.

Ta‘lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarni har tomonlama bilimini mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi va vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida axborot texnologiyalari va komp‘yuterning hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash nafaqat o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini, balki ta‘lim samaradorligining ham yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir hamda kasb-hunar kollejlari axborot-kommunikatsiya va kom‘yuter texnologiyalari bilan bosqichma-bosqich ta‘minlanmoqda. Komp‘yuter texnikasi bilan ta‘minlangan ta‘lim muassasalarida axborot texnologiyalari o‘quv xonalari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari o‘quv xonasining asosiy maqsadi o‘qitishning texnik vositalaridan ta‘lim jarayonida samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Har bir pedagog o‘qitish jarayonida o‘z fanini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatishi kerak. Ushbu uslubiy qo‘llanmada axborot texnologiyalari o‘quv xonasini jihozlash va kom‘yuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar kiritilgan.

Taxminiy jihozlash me‘yori 30 nafar o‘quvchiga mashg‘ulot o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, namunali ro‘yxati quyidagilardan iborat:


  1. O‘qituvchi uchun stol - 1 dona; 2. O‘qituvchi uchun stul - 1 dona;

3. O‘quvchilar uchun ‘arta - 15 dona; 4. O‘quvchi uchun stul - 30 dona;

5. Doska - 1 dona; 6. Ekran - 1 dona; 7. Multimediali kom'yuter - 1 dona; 8.

Video'royetor - 1 dona; 9. Videoko‘z - 1 dona; 10. ‘rinter - 1 dona;

11. Skaner - 1 dona; 12. Kodosko‘ - 1 dona.13. Televizor - 1 dona;

14. Videomagnitofon - 1 dona; 15. DVD qurilmasi - 1 dona.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish