O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Download 0,66 Mb.
bet9/41
Sana01.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#298019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
akademik litsey kasb hunar kollejlarida informatika fanini oqitish

Pedagogik
qism


    1. §. Kasb-hunar maktablarida pedagogik texnologiyalarni
      o‘qitishning mazmuni.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingach, Davlat ta‘lim standartlari doirasida zamonaviy mutaxassis sifatiga qo‘yilgan talablar kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldirish va yangilash ko‘nikmasi, izlanish olib borish, yangi yechimlar qabul qilish, ijodkor shaxs bo‘lish, mustaqil fikr yuritish — barkamol shaxs sifatlari tarkibini tashkil etdi.

Demak, o‘qitish jarayonida mustaqil ta‘lim salmog‘i kuchaydi, yakka tartibda o‘qitishga ehtiyoj ortti, uning metodologik yo‘nalishlari va ahamiyati kuchaymoqda hamda ijodiy tafakkurni shakllantirishga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. O‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish yangi asrda ustuvorlik kasb etmoqda. Buning asosiy sabablari, bizningcha, quyidagilardan iborat:



  1. birinchidan, an'anaviy o'qitish yozma va og'zaki so'zlarga tayanib ish ko‘radi va «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat o‘quv- biluv faoliyatining boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi havflidir;

  2. ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi, ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi ham yangicha yondashuvlarni taqozo etadi;

  3. uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyalarga uzluksiz kirib kelishi va jonli o‘quv ob‘ektlariga aylanishi o‘qituvchining an‘anaviy metodika ramkasidan chiqib ketishiga va tabiiy holda texnologik yondashuvlarni qo‘llashga ko‘proq ehtiyoj tug‘dirmoqda.

Shu sababli Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilk bor mamlakatimiz ta‘lim tizimida texnologiyalashtirish muammosi muhim davlat buyurtmasi sifatida e‘tirof etildi o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta‘minlanishi zaruriyat darajasida qayd qilindi.

Bugun “o'qitish texnologiyasi” tushunchasi atrofida butun dunyoda jiddiy ilmiy munozaralarning olib borilishi barcha qabul qiladigan yagona tarifni belgilashga imkon bermayapti. Bu tushuncha bilan bir qatorda ilmiy-metodik va ommabop adabiyotlarda “pedagogik texnologiya", —ta'limiy texnologiya", —tarbiya texnologiyasi", hatto “rivojlantirish texnologiyasi" atamalari keng qo'llanilmoqdaki, hali-hanuz ular o‘rtasidagi farqli chegaralar o‘rnatilgani yo‘q.

Yillar davomida —texnologiya" tushunchasining o‘zi mazmun jihatdan o‘zgardi: zamonaviy yondashuvlar uchun birmuncha aniq qarashlar xarakterlidir. Misol uchun, pedagog-tadqiqotchilarning ko‘pchiligi bu tushunchani tarbiya va rivojlantirish sohasida ishlatish maqsadga muvofiq emasligini ta‘kidlaydilar. Gap shundaki, har qanday texnologiya pedagogik faoliyatda oldindan tashxisli maqsadni o‘rnatish va unga erishish yo‘llarini aniqlab olishni taqazo etadi. SHu nuqtai nazardan, o‘qitish uchun tashxisli maqsadni aniqlash mumkin. Bunda maqsadga erishish yakuniy nazorat yordamida osongina kuzatiladi. Demak, o‘qitish jarayoni texnologik asosda tashkil etilishi mumkin. Ammo tarbiya uchun bu fikrni qo‘llab-quvatlash murakkab.


  • Birinchidan, bu holat uchun tashxisli maqsadni o'rnatish mumkin emas.

Inson — ko‘p omilli murakkab tizim hisoblanib, qator psixologik, psixofiziologik va alohida shaxs sifatlariga ega. Ularni tavsifiy ravishda yoritish, zarur darajada shakllantirish mumkin bo‘lgan pedagogik jarayonlarni tuzishni pedagogika fanining bugungi rivojlanish darajasida amalga oshirib bo‘lmaydi.

  • Ikkinchidan, har qanday texnologiya o'rnatilgan maqsadlarga kafolatli

erishishni nazarda tutadi. Biroq, shu kunga qadar pedagogikada insonning tarbiyalanganlik, unda shakllangan ma‘lum shaxs sifatlari, qadriyatli yo‘nalishlar va boshqa tarbiya natijalari mezonlari bir qolipda aniqlanmagan. Bunday mezonlarning yo‘qligi esa kafolatlangan pedagogik jarayonlar natijalariga erishish imkoniyatlari haqida gap yuritishga imkon bermaydi. Sub‘ektiv ekspert baholardan foydalanish esa belgilangan muammoni olib tashlashga yo‘l qo‘ymaydi.

  • Uchinchidan, oliy maktabda zamonaviy tarbiya kontseptsiyasiga binoan

hozirgi vaqtda gap talabalarda ma‘lum shaxs sifatlarini shakllantirish haqida emas, balki oliy o‘quv yurtlarida ularning o‘z-o‘zini rivojlanishi uchun eng maqbul sharoitlar yaratish haqida borishi kerak. Bunday holda tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish haqida gapirish maqsadga muvofiq emas. Agar, ta‘lim o‘zida o‘qitish va tarbiyalashni jamuljam etgan soha sifatida qaralayotgan bo'lsa, —ta'limiy texnologiya” yoki —ta'lim texnologiyasi” atamalarini ishlatish xato ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

O‘qitish jarayonini texnologiyalashtirishga oid tadqiqotlar ko‘lami asta-sekin kamayib, tadqiqot maydoni esa torayib bormoqda. Bu, xususan, olimlarning yakdil fikrga kelish borasidagi harakatlari oqibatida yuzaga kelmoqda. Turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlar natijalarida birmuncha umumiy fikrdan —chetlanish” ro‘y beryapti. Qator mualliflar (A.F.Talizina, T. Sakamato, Dj Xartli) bu tushunchani ochib berishda ishchi variant sifatida aniq va batafsil yondashuvlardan foydalana boshladilar. Biroq, ta‘kidlash joizki, unga qo‘yilayotgan mazmun xilma-xilligi baribir sezilarli bo‘lib qolyapti. Bundan xulosa qilish mumkin: —O‘qitish texnologiyasi” ta‘rifi zamonaviy pedagogikada hanuzgacha shakllanmagan.

Shu bilan birgalikda —texnologiya” tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, jamoatchilik ongiga mustahkam kirib ulgurdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib qoldi.

Uning regulyativ ta‘siri shundaki, u tadqiqotchilar va amaliyotchilarni insoniy faoliyatning barcha jabhalariga , shu jumladan ta‘lim sohasiga ham undaydi: jarayonning natijaviyligini asoslashga ro‘baro‘ kelishi;

fan va tajribalarning so‘nggi yutuqlaridan talab qilingan natijalarni olishni kafolatlash uchun safarbar qilish;

faoliyatni intensiv, ya‘ni yuqori ilmiy asosda qurish;

faoliyatning mumkin bo‘lgan tuzatish muolajalari sonini kamaytirish uchun bashoratlash va loyihalashga asosiy diqqatni qaratish;

yangi axborot vositalaridan foydalanish, eskirgan amallarni avtomatlashtirish.

Boshqacha qilib aytganda, texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining yetakchi tavsifi bo‘lib qoldi, u ta‘limiy jarayonning samaradorligini, maqbulligini, yuqori ilmiyligini, yangi sifat darajasiga ko‘tarishni anglatadi.

Umumlashgan holda texnologiya odatiy hol emas, balki zamonaviy ilmiy- amaliy tafakkur usuli, deb xulosa qilish mumkin. U insoniy faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligi, tezkorligi, texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo‘nalishini aks ettiradi. Texnologiya - bu predmetli sohaning ob‘ektiv qonunlarini yuqori o‘lchovda aks ettiradigan va shu boisdan muayyan sharoit uchun natijalarning o‘rnatilgan maqsadlarga mos kelishini ta‘minlaydigan faoliyatdir.

Shu nuqtai nazardan “o'qitish texnologiyasi” tushunchasini tahlil qilishga harakat qilamiz. Bizningcha, o‘qitish texnologiyasining didaktik mohiyati nimadan iborat? O‘quv jarayonining texnologiyalanuvchanligi deganda nimani tushunish kerak?

O‘qitish texnologiyasining mazmuni va tuzilmasi qanday?

Pedagog-tadqiqotchilarning “o'qitish texnologiyasi” toifasi mohiyatini asoslashga urinishlarini dastlab "texnologiya” tushunchasi ahamiyatini aniqlashdan boshlashi tabiiy holdir, chunki birinchisi ikkinchisining hosilasi hisoblanadi.

Texnika fanlarida —texnologiya” tushunchasi mazmuni tayyor mahsulot olish uchun ishlov berish va o‘zgartirish jarayoni va bu jarayonning me‘yoriy tomonlarini qamrab oladi.

Shunday qilib, texnik lug‘atlarda texnologiya deganda insonning aniq, murakkab jarayonning ketma-ket o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash yo‘li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullari tushuniladi. Bunda muolaja sifatida jamuljam harakatlar qabul qilinadi, ular yordamida u yoki bu bosh jarayon (yoki uning alohida bosqichi) bajariladi, amal esa - bu muolaja doirasidagi masalalarning bevosita amaliy yechimi, ya‘ni muayyan jarayonning bir jinsli mantiqiy ajralmas qismi hisoblanadi.

Texnologiya (jarayon sifatida) uchta belgi bilan tavsiflanadi: jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash;

izlanayotgan natija (o‘rnatilgan maqsad)ga erishishga qaratilgan harakatlarni muvofiqli va bosqichli bajarish;

quyilgan maqsadlarga mos natijalarga erishishning zaruriy va yetakchi sharti hisoblangan texnologik muolaja va amallarni bajarishning ahamiyat kasb etishi.

Hozirgi vaqtda dunyoda ishlab chiqarilgan va foydalaniladigan texnologiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin: sanoat va ijtimoiy. SHu bilan birga bu bo‘linish shartli emas, balki qat‘iydir. Sanoat texnologiyalariga tabiiy xom ashyolar (neftg‘, gaz va b)ga ishlov berish yoki ulardan tayyor mahsulotlar (metall, alohida detallar va h.k) olish texnologiyalari kiradi.

“Ijtimoiy texnologiya'tia boshlang'ich va yakuniy natija sifatida inson, o‘zgarishga tortilgan asosiy ko‘rsatkich esa - uning bir yoki bir nechta xususiyatlari (sifatlari) hisoblanadi.

Ijtimoiy texnologiyalar har qanday sharoitga moslasha oladilar: ular texnologik jarayonni tashkil etadigan alohida jarayonlar va amallardagi kamchiliklarni tuzatishga layoqatlidirlar. Ijtimoiy texnologiyalarning o‘ziga xosligi shundaki, ular uchun teskari aloqa muhim hisoblanib, hatto tuzatish bosqichida ham texnologik jarayonning alohida unsurlarini takrorlashni tashkil etishga imkon beradilar. Va, nihoyat, ijtimoiy texnologiyalar tashkil etilishiga ko‘ra birmuncha murakkabdir. Agar sanoat texnologiyalari o‘zida aniq saralangan tabiiy jarayonlar zanjirini mujassamlashtirsa, ijtimoiy texnologiyalar - bu turli xil va ketma-ketlikdagi o‘lchov darajasida foydalanadigan, yaxlit maqsadga erishishga yo‘naltirilgan maxsus tashkil etilgan majmuadir.

Ijtimoiy texnologiyalarning sanoat texnologiyalaridan farqi, birinchi galda, pedagogik faoliyat sohasi aniq predmetli ta‘rif, bir xil funktsiyalar yig‘indisi bilan, xususiy kasbiy harakatlarning o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan muloqotdan alohidaligi bilan tavsiflashning mumkin emasligiga bog‘liqdir. Pedagogik faoliyatning amaliy jihatlari uning shaxsiy-sub'ektiv ko'rsatkichlaridan, oqilona boshqaruv - his- hayajondan ayri bo‘lishi mumkin emas. Natijalarning sub‘ektivligi, vaqt bilan bog‘liqligi, variantliligi, sanoat sohalaridagidek ularning kafolatlangan darajasini ta‘minlashga yo‘l qo‘ymaydi.

Har qanday texnologiya muayyan fan va unga mos ishlab chiqarish o‘rtasida oraliq xalqa ekanligini ko‘rsatish joiz. Bunday xalqaning zarurligi haqidagi hammaga ma‘lum haqiqat, afsuski, ta‘lim tizimida mutloq inkor qilinadi. Ravshanki, fizika qonunlaridan ishlab chiqarishni texnologiyalashtirilmasdan turib, bevosita foydalanib bo‘lmaydi. Shu bilan birga ta‘lim muammosi bo‘yicha yuzlab ishlarda, shuningdek, rasmiy hujjatlarda o‘qish amaliyotiga pedagogik tadqiqot natijalarini bevosita tatbiq etilganligi to‘g‘risida gap boradi, holbuki buni amalda bajarish mumkin emas.

Pedagogikada oraliq xalqa sifatida o‘zida o‘qitish nazariyasini o‘qituvchilar va ta‘lim oluvchilar faoliyatiga proektsiyalashni jo etgan o‘qitish texnologiyasi maydonga chiqyapti.

“O'qitish texnologiyasi” tushunchasi ilk bor 1970 yilda YUNESKO konferentsiyasida yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan «YAshash uchun o‘qish» nomli ma‘ruzada yuqoridagi atama ta‘limiy jarayonni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o'qish kerak ?” nomli ma'ruzada esa birinchi marta unga ta‘rif berildi. Unda o‘qitish texnologiyasi informatsion inqilob natijasida paydo bo‘lgan va didaktikada undan foydalanadigan inson o‘rtasidagi aloqa (muloqot) usullari va vositalari yig‘indisi sifatida tavsiflanadi.

O‘zbekistonlik pedagog-omillardan N.Sayidahmedov, O‘.Tolipov, U.Nishonaliev, M.Ochilov, N.Azizxo‘jaeva o‘qitish texnologiyasi muammolarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdilar. Rossiyalik taniqli didaktlardan V.P.Bespalg‘ko, V.V.Guzeev, M.V.Klarin, N.V.Kuzg‘mina, V.A.Slastenin, G. SHopavaleng‘ko, A.Monaxov, chet ellik tadqiqotchilardan D.Blok, B.Blum, T.Gilbert, R.Maydtir va boshqalarning ulushlari alohida tahsinga loyiq. Olimlarning qarashlari, tabiiyki, bir- biriga har doim ham mos kelavermaydi. Bir qator mutaxassislar o‘qitish texnologiyasini pedagogika fani sifatida qaraydi, boshqalari u fan va amaliyot o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi, deb hisoblashadi. Uchinchi guruh vakillari o‘qitish texnologiyasini fan va san‘at o‘rtasidagi oraliq holat deya izohlashsa, to‘rtinchilari uni o‘qitish jarayonini loyihalash bilan bog‘laydilar. Demak, ular tomonidan o‘qitish texnologiyasiga bildirilgan sharhlar uni to‘liq qamrab ololmaydi, aksincha, muayyan sohada qo‘llashnigina ifodalaydi.

Shunga o‘xshash holat o‘qitish texnologiyasiga bir xilda va hajmli tarifni aniqlashtirishda shakllangan urinishlarda ham kuzatiladi. Misol uchun, bir guruh mualliflar uni didaktik maqsadlarga erishishni kafolatlaydigan vosita sifatida izohlashadi va uning har qanday o‘qitish jarayonida har doim mavjudligini qayd etishadi. Boshqa tadqiqotchilar texnologiyani ta‘lim mazmunini joriy etish usuli sifatida tariflashadi. Bu usul o‘zida o‘rnatilgan maqsadlarga birmuncha samarali erishishni ta‘minlovchi o‘qitish shakllari, metodlari va vositalar tizimini mujassamlashtiradi. Shuningdek, u pedagogning texnik va informatsion o‘qitish vositalari yordamida o‘quv jarayonini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tashkiliy- metodik harakatlari yig‘indisi sifatida ham asoslanadi.

Turlicha ilmiy va o‘quv-metodik manbalarda keltirilgan tariflar tahlilining ko‘rsatishicha, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘qitish texnologiyasi didaktik maqsadlarga kafolatli erishishni hisobga oladigan o‘quv jarayonini maqbul qurish va joriy etish bilan bog‘liqligini qayd etishadi. Aynan shu tarifda o‘rnatilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan birmuncha oqilona usullar va o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishning asosiy ma‘nosi aks etgan. Shunday qilib, o‘qitishga texnologik yondashuv berilgan dastlabki ko‘rsatmalar (ijtimoiy buyurtma, ta‘limiy mo‘ljallar, ta‘lim maqsadlari va mazmuni) asosida didaktik maqsadlarga erishish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirishni taqozo etadi.

O‘quv jarayoniga texnologik yondashish mohiyatini yoritish imkonini beradigan tayanch (kalitli) holatlarning ikkinchisi — pedagogikaning mos o‘qitish vositalarini qo'llashidir. Aslida ham "texnologiya” tushunchasining klassik mazmuni muayyan texnik vositalar (stanoklar, qoliplar, avtomatik chiziqlar)dan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu, demak, vositalar to‘plamidagi har qanday o‘zgarish jarayon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga va, o‘z navbatida, texnologiyaning o‘zgarishiga olib keladi.

Demak, ishlab chiqarish vositalari texnologiyada yetakchi mavqe tutadi. har qanday o‘qitishning salmog‘i texnologiyasida didaktik funktsiyalarni joriy etish o‘qituvchining vositalarni qo‘llashiga ajratiladi. Biroq o‘qitish texnologiyasining ushbu tashkil etuvchisini absolyutlashtirish yaramaydi.

O‘qitish vositalarining yuqori unumdorligi va ulardan foydalanishning alohidaligi mutlaqo boshqa o‘qitish modelini, ta‘limiy jarayonning boshqacha madaniyatini vujudga keltiradi. Biroq ishlab chiqarishning har qanday vositalari yuqori unumda ishlay olmaydi va tabiiyki, ulardan texnologiyalarda foydalanish mumkin emas. Bu degani har qanday o‘qitish vositalari texnologiyani yaratishga qodir ekanligini inkor qiladi va texnologiyani shakllantiruvchi omil o‘rnida qabul qilinmaydi.

Zamonaviy pedagogikadagi mavjud yondashuvlar tahlili asosida o‘qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida tadqiqotchilar uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo‘shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashganligi, yangiligi, algoritmliligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati, yangi sharoitga ko‘chirish mumkinligi va boshqalarni tilga olishadi.

Tavsifning bunday xilma-xilligi o‘qitish texnologiyasining mohiyatini ifodalovchi qandaydir umumlashgan invariativ belgini ajratib ko‘rsatishni talab etadi. S.A.Smirnov bunday belgi sifatida texnologiyaning qonunmonandligini taklif etadi. CHunki, o‘qitish texnologiyasi- bu birinchi galda didaktik qonun va qonuniyatlarni o‘zida yuqori darajada amalga oshiruvchi pedagogik jarayon bo‘lib, shuning natijasida muayyan yakuniy natijalarga erishish ta‘minlanadi. Qonun va qonuniyatlar to‘liq anglab yetilsa va joriy etilsagina, talab etilgan natijani olish kafolati yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, qonunmonandlik mezoni o‘qitish texnologiyasining barcha yetakchi belgilariga mos keladi.

Shunga ko‘ra biz o‘z tadqiqotimizda quyidagi yangi tarifni qo‘lladik va ilmiy jihatdan izohladik. O‘qitish texnologiyasi bu ilmiy asoslangan didaktik jarayon loyihasini amalga oshiruvchi va birmuncha yuqori darajadagi samaradorlikka, ishonchlilikka va kafolatga ega natijalarga molik qonunmonand pedagogik faoliyatdir.

Bu tayanch ta‘rifni o‘qitish texnologiyasi ma‘lum pedagogik shart-sharoitlar ostida invariantli kechadigan va kutilayotgan natijani ta‘minlovchi muayyan masalalar bilan mantiqiy tuzilmalangan didaktik jarayon yoxud kontseptual va amaliy ahamiyatli g‘oyalar, o‘qitish printsiplari, metodlari va vositalarning yaxlit tizimi sifatida, keyinroq qayta takrorlanuvchi, nusxalashtiruvchi ta‘lim sifat hamda samarasining yuqori darajasini kafolatlovchisi sifatida yuzaga keladigan holatlardagina o‘zgartirish mumkin. Shu nuqtai nazardan o‘qitish texnologiyasini ta‘limiy jarayonning o‘zgaruvchan sharoitida kutilayotgan o‘qitish natijasiga erishishni instrumental ta‘minlovchi pedagogik harakat, amal va muolajalarning tartibli yig‘indisi sifatida qarash mumkin.

Ushbu o‘rinda o‘qitish texnologiyasining bir muhim xususiyatiga to‘xtab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Qator ilmiy-metodik va ilmiy-ommabop manbalarda mualliflar bu tushunchani “o'qitish metodikasi” bilan o'zaro munosabatini aniqlashtirishga urinadilar. Shu bilan birga ko‘p holatlarda mualliflar ularni bir-biriga qarshi qo‘yishga harakat qiladilar. Qo‘yilgan savolga javob berishga harakat qilamiz: metodika va o‘qitish texnologiyasining farqi nimada, birining o‘rniga boshqasini almashtirish holatiga yo‘l qo‘yilmayaptimi?

Birinchidan, ularning asosiy farqi shundan iboratki, metodika “qaysi yo‘l bilan o‘qishda talab etilgan natijaga erishish mumkin?” degan savolga javob bersa, texnologiya: —uni shunday qilib kafolatlash mumkin?” degan savolni o'rtaga tashlaydi va javob topadi.

Ikkinchidan, o‘qitish texnologiyasi ravshan ifodali shaxsga yo‘naltirilgan xarakter kasb etadi va o‘z mohiyatiga ko‘ra —mualliflik o‘qitish metodikasi” tushunchasiga juda yaqin. Agar —metodika” tushunchasi o‘qitish metodlari va usullari majmuidan foydalanish muolajalarini qoidaga ko‘ra nisbatan egasiz, amalga oshiruvchisiz ifodalasa, o‘qitish texnologiyasi unga o‘qituvchi shaxsini uning barcha xilma- xil ko‘rinishlari bilan qo‘shib qo‘yishni taqozo etadi. Bundan ravshan: har qanday didaktik masalalar malakali pedagoglar tomonidan loyihalangan va joriy etiladigan texnologiyalar yordamida samarali yechilishi mumkin. SHunday qilib, o‘qitish texnologiyasi o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan uzviy bog‘liq. Uni mukammal egallash mahorat demakdir. Biroq pedagogik mahorat boshqa tomondan texnologiyani egallashning yuqori darajasidir, u faqat amaliy komponentlar bilan chegaralanmaydi. Pedagoglar o‘rtasida pedagogik mahorat mutlaq individual, shu boisdan uni qo‘ldan qo‘lga uzatish mumkin emas, degan mustahkam fikr tasdiqlangan. Biroq, agar o‘qitish texnologiyasiga pedagogik jarayon sifatida emas, balki loyiha, pedagogik faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish uchun o‘ziga xos instrumentariy sifatida qaralsa, unda texnologiya nafaqat uning muallifi balki uning davomchilari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bunda, albatta, u shaxsiy kasbiy sifatlar va ko‘rsatkichlar hisobga olinib aniqlashtiriladi, biroq uning asosiy tuzilmali komponentlari o‘zgarishsiz qolaveradi, chunki ular aniq maqsad va vazifalarga mos holda tizimli bog‘langan va shu maqsadda loyihalangan. O‘qitish texnologiyasining metodikadan muhim farqlaridan biri ham ana shundadir.

Ayni vaqtda bu ikki tushunchani qarama-qarshi qo'yish mumkin emas. “Metodika, kitob, o'qitishning texnik vositalari texnologiyaning moddiy tashuvchisidir” deb ta‘kidlaydi V.P.Bespalg‘ko.

Bizning fikrimizcha, o‘qitish texnologiyasi bu metodikaning birmuncha yuqori bosqichdagi rivojidan boshqa narsa emas, qachonki uning jonlanishi bilan asosiy tashkil etuvchilariga batafsil ishlov berish bajariladi: maqsadga muvofiqlik, bashoratlash; eng maqbul shakl, metod va o‘qitish vositalarini tanlash; o‘quv jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro ta‘sirini tashkil etish; didaktik maqsadlarga kafolatli erishish maqsadida ta‘lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, nazorat qilish va tuzatish. SHunday qilib, har qanday o‘qitish metodikasi texnologiya darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Buning uchun uning asosiy tashkil etuvchilarini tuzatish va mavjud teskari aloqalar asosida izchil maqbullashtirish talab etiladi.

O‘quv jarayonida pedagog tanlagan shakl, metod va o‘qitish vositalari ta‘lim oluvchilar bilan o‘zaro harakat tizimi yordamida aniqlanadi. Agar darhol zaruriy didaktik natijani olib bo‘lmasa, unda metodikaning (masalan, birmuncha takomillashgan o‘qitish vositalari, metodik usullar va boshqalarni qo‘llash) ko‘rsatkichlarini tuzatish va oydinlashtirish bosqichini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu jarayon tashxisli maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan maqbul o‘qitish metodikasining topilishi bilan tugallanadi. Agar u ko‘p marta qayta takrorlansa, o‘qituvchiga pedagogik amaliyotda oldindan bashoratlovchi va loyihalovchi natijalarni olish imkoniyatini beradi. U paytda metodika haqida emas, balki o‘qitish texnologiyasi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Texnologik darajadagi o‘qituvchi faoliyatining mezonlari sifatida quyidagilarni ilgari surish mumkin:

aniq va tashxisli berilgan maqsadlarning mavjudligi, ya‘ni tushunchalar, va amallarni kutilayotgan o‘qitish natijasi sifatida ta‘lim oluvchining faoliyatidagi maqsadga erishishni tashxislash usullarining tartibli o‘lchanadigan holatda ko‘rsatilishi;

o‘rganilayotgan mazmunni bilish, amaliy masalalar, mo‘ljalli asoslar va ularni yechish usullarining tizimli ko‘rinishida taqdim etilishi;

mavzular (materiallar, kasbiy funktsiyalar to‘plami va h.k)ni yetarlicha qat‘iy ketma-ketligi, mantiqiyligi, bosqichliligi mavjudligi;

o‘quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilar o‘zaro harakat usullarining ko‘rsatilishi;

o‘qituvchining eng maqbul (o‘quv jarayonining natijaviyligi nuqtai nazaridan) o‘qitish vositalaridan foydalanishi;

o‘qituvchi va ta‘lim oluvchilar faoliyatining motivatsion ta‘minlanishi, bu jarayonda ularning shaxsiy-kasbiy funktsiyalarining namoyon bo‘lishi (erkin tanlash, kreativlik, bahslashuv, hayotiy va kasbiy ma‘no);

o‘qituvchining qoidamonand (algoritmik) va ijodiy faoliyati chegarasini andozali qoidalardan mumkin bo‘lgan chetga chiqishining ko‘rsatilishi.

Zamonaviy oliy ta‘lim strategiyasini nafaqat mavjud bo‘lgan ijtimoiy texnologiyalarga xizmat ko‘rsatishga qodir, balki me‘yoriy faoliyat chegarasidan chiqib ketishga, innovatsion jarayonlarni amalga oshira oladigan mutaxassis shaxsini rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish tashkil etadi. Bu strategiya shaxsiy- rivojlanuvchan va kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ustuvorligida oliy maktab o‘quv jarayoni mazmuni va shakllarining jiddiy yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Ularning samaradorlik me‘yori quyidagi savollar vositasida ifodalanadi:

Bu texnologiyalarda inson o'zining xilma - xil sub'ektivligi bilan nechog'liq gavdalantirilyapti?

Uning tavsifiy, mantiqiy va psixologik xususiyatlari qanday hisobga olinayapti?

Ularni rivojlantirish yoki yuksaltirish istiqbollari qanaqa?

Yuqoridagilardan oliy maktabda o‘qitish texnologiyasiga qo‘yilgan talablar kelib chiqadi: ta‘lim oluvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, maqbullik, didaktik printsiplarga zid kelmaslik, talabalarning bilish faoliyati faollashtirishga yo‘naltirilganligi.

Shunday qilib, o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqarish asosida ta‘lim oluvchilarning yuqori samarali o‘quv faoliyatini va o‘qituvchining boshqaruv faoliyatini loyihalashtirishi yotadi.

Yuqorida bayon qilinganlardan umumlashgan holda o‘qitish texnologiyasi mohiyati quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:


  • birinchidan, pedagogik amaliyotda takror ishlab chiqarish imkoniyatini hisobga olgan holda o‘quv jarayonining oldindan loyihalanishi;

  • ikkinchidan, o‘rnatilgan didaktik maqsadlarga erishish sifatini ob‘ektiv nazorat qilish imkoniyatlarini prognozlaydigan maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiqligi;

  • uchinchidan, o‘qitish texnologiyasining tuzilmali va mazmunan yaxlitligi;

  • to‘rtinchidan, eng maqbul metodlar, shakl va vositalarni o‘qitish texnologiyasining barcha elementlari tamoman qat‘iy va qonuniyatli bog‘lanishlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi;

  • beshinchidan, o‘qitish jarayonini o‘z vaqtida va tezkor tuzatishga imkon beradigan teskari aloqalarning mavjudligi. Demak, o‘qitish texnologiyasi o‘zida yaxlit didaktik tizimni qamrab olib, pedagogik masalalarni birmuncha samarali, kafolatli sifat bilan yecha oladi.

3.2-§. Kasb-hunar maktablarida yangi pedagogik
texnologiyalar asosida o‘quv dasturlarini tuzish.

"Yangi pedagogik texnologiyalar" da asosiy e‘tibor yangi, zamonaviy usullar hamda ilmiy asoslangan tamoyillar va qonuniyatlar asosida ta‘lim jarayonini shakllantirishga qaratiladi.

"Yangi pedagogik texnologiyalar" ta‘lim jarayonini loyihalashtirish, ta‘limda maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, interaktiv ta‘lim, multimedia tizimlari asosida ta‘lim berish kabi mavzular qamrab olingan.

Shuningdek tezkor usullarda, keng qamrovli texnologiyalar va boshqa noan‘anaviy usullar asosida bilimlarni haqqoniy va aniq baholash muammosiga alohida e‘tibor qaratilgan.

Oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta‘limida bugungi kun talablariga javob beradigan ilg‘or pedagog kadrlarni tayyorlashda "Yangi pedagogik texnologiyalar" ni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. "Yangi pedagogik texnologiyalar" da ta‘lim va tarbiyaning bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda bayon qilinishi kerak bo‘lgan tamoyillari, qonuniyatlari, uslub va tizimlari o‘z aksini topgan. Ayniqsa, bunda o‘qitishning interfaol, ko‘rgazmali hamda tezkor uslublariga katta e‘tibor berilgan.

Yangi pedagogik texnologyalarni o‘rganishdan asosiy maqsad yangi informatsion texnologiyalar bo‘yicha to‘liq axborotni berish va ularda o‘z faoliyatlarida yangi pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish hisoblanadi. "YAngi pedagogik texnologiyalar" ni mukammal o‘rganmoq uchun informatika, axborot texnologiyalari, masofaviy o‘qtish texnologiyasi, internet texnologiyalari, pedagogika, psixologiya kabi fanlarni , mutaxassisliklariga oid fanlar bilan uzviylikda o‘rganish muhim axamiyatga egadir. Maqsad va vazifalar asosida topshiriqlar tuzish.

Maqsadlar o‘qitish faoliyatiga (o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, ximoya qilish) taalluqli bo‘lsa, vazifalar esa o‘qitish vazifalariga taalluqli bo‘ladi.

Ya‘ni vazifalar, bu talabalar darsning oxirida bilishi lozim bo‘lgan narsalardir.

Vazifani aniq belgilash uchun quyidagidek ketma-ketlikda ishlarni bajarish lozim:

Har qanday vazifani quyidagidek muloxaza bilan boshlash kerak:

Xar bir vazifani nomerlash kerak.

Har bir vazifani quyidagi so‘zlar bilan boshlash kerak: eslang, aytib bering, ko‘rsating, ajrating, hisoblang va x.k.

Talabaga xar bir ishni bajarishda vazifa bering.

Vazifani (topshiriqni) shunday berish lozimki, u faqat bitta natija olishga qaratilgan bo‘lsin.

Xar bir vazifani shunday bayon qilingki, natijada talaba aniq bir maqsad sari harakat qilsin.

Topshiriqni shunday bayon qilingki, natijada uni tekshirish mumkin bo‘lsin. Shuni esda tutish lozimki, xar bir topshiriqni bajarilishi talabani bilim darajasini bildiradi.

O‘quv jaryonida ya‘ni «Informatika va axborot texnologiyalari» falarini o‘qitishda aniq maqsadga erishish va bilim oluvchilarni bilimini yanada zamonaviy talablar darajasiga javob bera oladigan darajada oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarnin faol usullaridan foydalanishimiz mumkin. Ular quyidagilardan iborat:

Insert usuli asosan o‘quv materiali (matn)ni mustaqil o‘qib, o‘zlashtirishda qo‘llaniladi. Uning mazmuni, o‘qish jarayonida matnning har bir satr boshi (yoki qismi)ni avval o‘zlashtirilgan bilim va tajribalar bilan taqqoslash va uning natijasini varaqning chap qirg‘og‘iga maxsus belgilar qo‘yish bilan aks ettirishdan iborat.



  • V”- belgi, agar o'qiyotganingiz, siz u haqda bilganingiz yoki bilishingiz to‘g‘risidagi fikringizga mos, ya‘ni o‘qiyotganingiz sizga tanish bo‘lsa qo‘yiladi;

  • - » - belgi, agar o‘qiyotganingiz, siz bilganga yoki bilishingiz to‘g‘ri-sidagi fikringizga zid bo‘lsa qo‘yiladi;

  • ] » - belgi, agar o‘qiyotganingiz, siz uchun yangi axborot bo‘lsa qo‘yiladi;

  • ? » - belgi, agar o‘qiyotganingiz sizga tushunarli bo‘lmasa yoki siz bu haqda batafsilroq ma‘lumot olishni hohlasangiz qo‘yiladi.

Sinkveyn frantsuz tilidan olingan bo‘lib besh qatordan iborat o‘ziga xos, qofiyasiz she‘r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan, turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.

Sinkveyn tuzish qoidasi:

Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so‘z bilan ifodalanadi (odatda ot bilan).

Ikkinchi qatorda mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi.

Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi.

To‘rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.

Oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma‘nosi unga yaqin (sinonim) bo‘lgan bitta so‘z yoziladi.

Klaster «axborotni yoyish» metodiga ajratish pedagogik strategiya bo‘lib, u ko‘p variantli fikrlashni o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o‘rtasida aloqa o‘rnatish malakalarini rivojlantiradi, biror mavzu bo‘yicha talabalarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashiga yordam beradi. «Klaster» so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib g‘uncha, bog‘lam ma‘nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da‘vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg‘otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo‘lib, muayyan mavzu bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.

Biror mavzu bo‘yicha klasterlar tuzishni, bu mavzuni mukammal o‘rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiq.

Klasterlar tuzish ketma-ketligi.



  1. Sinf yozuv taxtasi o‘rtasiga katta qog‘oz varag‘iga asosiy so‘z yoki gapni yozing.

  2. Sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zlar yoki gaplarni yozing.

  3. Tushuncha va g‘oyalar to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘lanishini o‘rnatish.

  4. Eslagan varianlaringizning hammasini yozing.

Kubik usuli

Bu usul ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadamba-qadam, osondan qiyinga tomon yo‘nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubikning xar bir tomoni muayayn topshiriqni ifodalaydi:

> Bu nima? Ko'rayotgan narsani rangi, o'lchamlari, shaklini tasavvur eting, eslang va yozma ravishda ta‘riflang?

> Taqqoslang: U nimaga o'xshaydi, nimadan farq qiladi?

> Assotsiatsiya. Ta'surotingizni izohlang? U sizni nima to'g'risida o'ylashga majbur qildi? Hayolingizga nima keldi?

> Tahlil qiling. Bu nimadan va qanday yasalgan? Nimalardan tashkil topgan? Nimaga o‘xshaydi yoki nimadan farq qiladi?

> Qo‘llang: Bu nimaga yaraydi? Uni qaerda qo‘llash mumkin?

> «Ha» va «Yo‘q» larni asoslang. Bunda ishonchli dalillar va asoslovchi fikrlarni ayting.

Venn diagrammasi

Bu usul tushunchalarning ikki yoki undan ortiq tushunchalarni o‘ziga xos va umumiy jixatlarin tahlil qilish va umumlashtirishda qo‘llaniladi. Bunda o‘ng va chap aylanalarga tushunchalarning o‘ziga xos jihatlari, doiralarning kesishgan sohasiga esa, ular uchun umumiy bo‘lgan jixatlar yoziladi. Masalan, «nazariy mashg‘ulot» va «amaliy mashg‘ulot» tushunchalari uchun Venn diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:



Zig-zag usuli

1. Bu - o‘zaro hamkorlikda (birgalikda) o‘qish usuli bo‘lib xisoblanadi. Uni o‘tkazish metodikasi quyidagicha:


  • Matn uning xajmiga bog'liq holda qismlarga bo'linadi. Tinglovchilar

(talabalar) matn qismlariga bog‘liq bo‘lgan holda 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga bo‘linadi.

  • Tinglovchilar o‘z raqamlariga mos bo‘lgan yangi (korporatsion) guruhlarga

jamlanadilar. Har bir guruh a'zosi matnning o‘z raqamlariga tegishli qismini (1 - raqamlilar birinchi qismini, 2- raqamlilar ikkinchi qismini va h.k.) o‘qib chiqadilar va o‘qilgan qismni bayon etishning umumiy strategiyasini ishlab chiqadilar.

  • Tinglovchilar o‘zlarining dastlabki «qadrdon» guruhlariga qaytadilar va

ularning har biri o‘zi o‘qigan matn qismini shunday bayon qilishi kerakki, guruh a‘zolarida matnning to‘la mazmuni bo‘yicha yaxlit tasavvur xosil bo‘lsin.

• Ayrim guruh a‘zolari o‘z fikrlarini bayon qilishlari.

Ta‘lim texnologiyalari:

1.Pedagogik texnologiya

Pedagogik texnologiya (o‘qitishga texnologik yonadoshuv) o‘quv jarayonini ishlab chiqarishdagi kabi texnologik (takrorlanuvchan) tavsifga ega bo‘lishi;

O‘quv maqsadlarini faoliyat sohalari va Blum taksonomiyasi toifalari bo‘yicha aniqlanishi;

O‘quv maqsadlarini talabaning tashqaridan kuzatilishi mumkin bo‘lgan hatti- harakatlari-fe‘llarda ifodalanishi;

Tezkor qaytuvchan aloqa;

O‘quv natijalariga erishishning kafolatlanishi;

YAkuniy nazorat natijalariga binoan o‘quv maqsadlari va o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi.

2.O‘qitish texnologiyasi

Mashg‘ulotlarni o‘tkazish (o‘qitish) jarayonida qo‘llaniladigan turli usul va metodlar: Muammoli o‘qitish;

Interfaol o‘qitish;

Modulli o‘qitish;

Rivojlantiruvchi ta‘lim;

Tabaqalashtirilgan o‘qitish;

Pedagogik (didaktik) o‘yinlar;

3. Komp‘yuter texnologiyasi

Komp‘yuterdan foydalanish:

Informatika fanini o‘qitishda;

EXM bo‘yicha mutaxassis tayyorlashda;

O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni avtomatlashtirishda;

Fanlardan nazorat shakllarini o‘tkazishda;

Fanlarni komp‘yuter dasturlari bo‘yicha mustaqil o‘zlashtirishda;

Multimediya darslarida.

Axborot texnologiyasi

Axborot uzatish va qabul qilishning zamonaviy texnologiyalari:

Internet;

Elektron pochta;

Faks;


Masofadan o‘qitish;

Inter (tele) konferentsiyalar;

Virtual ma‘ruzalar

Pedagog bilishi kerak:

Bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash amaliyotida keng qo‘llaniladigan pedagogik faoliyatning nazariy asoslari;

Bozor iqtisodiyoti va munosabatlariga o‘tish sharoitida va jamiyatni qayta qurish sharoitida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadi va vazifalarini;

Ta‘limning zamonaviy texnik vositalarini, o‘quv texnikasini, ulardan mohirlik bilan erkin foydalana olishni, ulardan talabalarni ham foydalana olishlarini ta‘minlash yo‘l va vositalarini;

Mehnat psixologiyasini,

kasb-hunar ta‘limi amaliyoti va psixologiyasini;

Mehnatni tashkil qilishning ilmiy tamoyillarini;

Talabalarning o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari faoliyatini loyihalash (metodikani)ni: Hozirgi zamon ishlab-chiqarish va kichik mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil qilish;

O‘smirlik yoshi, ilk o‘spirinlik davrining psixo-fiziologik xusu-siyatlarini;

O‘z kasbiga doir barcha fanlarni;

Kichik mutaxassislar ixtisosliklarini o‘zlashtirish bo‘yicha kasbiy ishlarning nazariy asoslarini va metodikasini;

Boshqaruv nazariyasi asoslarini, kasb-hunar kollejlarini boshqarish nazariyasi, masofaviy ta‘lim nazariyasi, axborot texnologiyalari.

Texnik fanlarni, informatika va axborotlar texnologiyasini, oliy matematika, fizika, nazariy va amaliy mexanika, muhandislik grafikasini, standartlash va texnik o‘lchovlarni, komp‘yuter texnologiyasi, elektro-texnika va sanoat elektrotexnikasi asoslarini, mikroprotsessor texnikasi va shu kabi fanlarning ilmiy asoslarini:




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish