O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


§. Informatika fanining vujudga kelishi tarixi va xozirgi kundagi o’rni



Download 0,66 Mb.
bet5/41
Sana01.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#298019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
akademik litsey kasb hunar kollejlarida informatika fanini oqitish

§. Informatika fanining vujudga kelishi tarixi va xozirgi kundagi o’rni.

Informatika fani haqida so‘z yuritishdan oldin uning vujudga kelishi, tarixiga bir nazar tashlasak. Informatika atamasi lotincha —informatik” so'zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma‘nolarini anglatadi. Frantsuzcha —informatique” (informatika) so'zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma‘nosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Somputer science (komp‘yuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatika 60-yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda komp‘yuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat komp‘yuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog‘lanadi. Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta‘sirini EXM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baxolash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muxandislik fani sohasidir. Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tamoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob‘ekt, xodisa, jarayon va xokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.

Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz. INFORMATIKA-komp‘yuterlar yordamida va ularni qo‘llash muhiti vositadsida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.

O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jaxon darajasidagi ilmiy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida yaratilayotganligi, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi. "Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differentsial tenglamalar va matematik fizika, funktsional tahlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashxur" deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti I.A.Karimov.


    1. §. Ta’lim tizimida informatika fanini o’qitish mezonlari, DTS talablari
      asosida ta’limga tadbiq etish.


Hozirgi zamonda biror - bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni komp'yutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo'lish uchun avvalo komp'yuter savodxon bo'lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun - mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturiida Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va

texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo'yilgan.

Ta'lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta taxlildan o'tkazish, ta'lim bosqichlari bo'yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog'lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo'ladi. va kasb - hunar kollejlari o'quv rejasida umumta'lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika» predmeti ham bundan mustasno emas.

«Informatika» fanining asosiy maqsadi o'rta maxsus, kasb - hunar ta'limi muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilarga informatikaning amaliy jixatlari haqida bilim berish, zamonaviy komp'yuterlarning dasturiy ta'minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko'rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida uiumiy ma'lumot berishdan iborat.

Mazkur fanning vazifasi amaliy informatikani foydalanuvchi darajasida o'rgatishdan iborat bo'lib, unda dastur o'rta umumta'lim maktablaridagi "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» va oliy ta'limdagi «Informatika, axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog'liq ravishda tuzib chiqilganligi bilan bir qatorda o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislarga shu soxada mukammal to'liq bilim berishini ta'minlaydi.

Dasturni tuzishda mavzularga uzviy ketma - ketligi va ta'limiing ushbu bosqichida «Axborot texnologiyalari» kursining o'qitilishi ham extiborga olingan. Shuning uchun dasturda axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina berilib uning texnik vositalari bilan to'liq tanishtirish va ularda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish ko'zda tutilmagan.

Dasturning o'ziga xos xususiyati shundaki, u o'quvchilarning yosh va fiziolok ruxiy xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda informatika fanining asoslarini amaliyotga tadbiq etish nuqtai nazaridan o'rganishni ta'minlaydi. Unda ayrim mavzular umumiy o'rta ta'limdagi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidagi mavzularning takrorlanishi bo'lsada, bu yerda ular chuqurroq va amaliy faoliyatda foydalanishga yo'naltirilgan holda o'rganiladi.

Dasturga muvofiq o'quv jarayonini tashkil etishda, mashg'ulotlar «oddiydan murakkabga, nazariy bilimlardan amaliy foydalanishga» tamoyillariga amal qilinadi. Amaliy-laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda yo'nalish va kasbning xususiyatlaridan kelib chiqib vazifalar bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa ishchi o'quv rejalarida o‘z aksini topishi lozim. Shuning uchun dasturni bajarishda asosiy e'tibor amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilishi lozim. Hozirgi davrda deyarli barcha o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini zamonaviy komp'yuterlar bilan jihozlanganligini hisobga olib, dasturning bajarilishini ta'minlaydigan texnik ta'minotni yetarli darajada deb hisoblash mumkin. Shularni hisobga olgan holda ta'lim muassasalarini texnik va dasturiy ta'minlanganligi darajalariga muvofiq ravishda dasturdagi mavzularni o'tish ketma-ketligini o'zgartirish, ko'rsatilgan amaliy dasturlarni mavjud komp'yuterlarni

imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli turdosh dasturlar bilan almashtirish imkoniyati ko'zda tutiladi. Darslarni tashkil qilish jarayonida pedagogik talablar me'yorlariga amal qilish, amaliyotda shakllangan uslublardan foydalanish lozim.

Shuningdek, mavzularni Respublikamiz davlat tili talablariga rioya etgan holda bayon qilishga atamalarning bir xilligiga, ko‘p ma'noli so'zlardan, g'aliz jumlalardan foydalanmaslikka intilish lozim. O'quvchilarining bilim va ko'nikmalariga talablar: O'quvchilar:



  • Axborot, uning o'lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti; Axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, uving xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo'lishi;

  • Axborot tizimlari va ularning turlari, axborot tizimlari ta'minoti, axborot texnologiyalarini qo'llash sohalarini tasavvur qilishi;

  • EHM umumiy tuzilishi, EHM tasnifi, komp'yuter arxitekturasi, uning dasturiy ta'minoti, asosiy va atrof qurilmalari, komp'yutlarda ma'lumotlarda tashkil etish va saqlay olishi;

  • MS DOS operatsion tizimi, fayl tushunchasi, fayllarining turlari va nomlanishi, kataloglar, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlari, dasturlash texnologiyasini uskunaviy vositalarini bilishi;

  • Windows operatsion tizimi, uning afzalliklari va o'ziga xos xususiyatlarini bilishi;

  • Komp'yuter grafikasi tushunchasi, grafik muxarrirlarining matn muxarrirlaridan farqi va o'xshashliklarini bilishi, grafik muxarrirlarida ishlaiy olishi;

  • Matn muxarrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o'qish, ularni taxrir qilish usulari, bosmaga chiqarish usullarini bilishi va matn muxarririda ishlay olishi;

  • Elektron jadval, ularning turlari. Elektron jadval tuzish, ularga o'zgartirishlar kiritish. Yacheykalar ustida amallar bajarish, formulalar, funktsiya va

diagramalar bilan ishlashni bilishi; Power Point dasturi bilan ishlay olishi zarur. Dasturning asosiy bo'limlari quyidagilardan iborat:

  1. - bob. Axborot va jamiyat.

  2. - bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari.

  3. - bob. Shaxsiy komp'yuterlar.

  4. - bob. Shaxsiy komp'yuteriaming dasturiy ta'minoti.

  5. - bob. Windows operatsion tizimi.

  6. - bob. Komp'yuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash asoslari.

  7. - bob. Matn muharrirlari.

  8. - bob. Elektron jadvallar.

  9. - bob. Komp'yuterda taqdimot yaratish asoslari.

Amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy komp‘yuterlar va axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi. Ularning soni mavzularning nazariy yoki amaliy jihatlariga qarab aniqlanadi. I - III boblarda laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Qolgan boblar bo‘yicha ularning soni 2 tadan 6 ta gacha bo‘lishi mumkin. Dasturning bajarilishini kafolatlaydigan muxim omilllaridan biri o‘quvchilar bilimini nazorat qilishni izchil va tizimli ravishda o‘z vaqtida amalga oshirib borishdir. Bu o‘rinda joriy nazoratni o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlari, uy vazifasini tekshirish, qisqa mudatli mustaqil ishlarni uyushtirish yoki test orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Buning uchun laboratoriya ishlari to‘planishi tuzish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oraliq va yakuniy nazorat esa, asosan maxsus vazifalarni bajarish yoki test topshiriqlari orqali amalga oshriladi.

2.1-§. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash orqali


o’qitish sifatini oshirish usullari.

Uzluksiz ta‘lim tizimida larning o‘ziga xos, alohida o‘rni bor. O‘quvchilarga davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim berish vazifasini hal etadi. majburiy ta‘limning bir yo‘nalishi hisoblanib, unda o‘qishni o‘quvchining o‘zi ota-onalari va mutaxassislarning maslahatiga asosan tanlaydi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida quyidagicha yozilgan: “larda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar”? Asosiy e'tibor tanlangan fan sohasida chuqur bilimlarni egallashga qaratilgan bo‘lib oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘radi. dagi ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan o‘lchanadi.

lar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining bir yo‘nalishi sanalsada, o‘quvchilarga kasb-hunarga nisbatan ko‘proq fan sohasidan bilim berish vazifasini muvaffaqiyatli hal etishni o‘zlarining oldiga maqsad qilib qo‘ygani amaliyotda o‘z isbotini topmoqda.

larning o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunali dasturlar soha fanlarini to‘la va atroflicha o‘rganishga mo‘ljallangan holda tuziladi. Ta‘lim mazmunini ifodalovchi barcha me‘yoriy, ilmiy va o‘quv-uslubiy manbalarda o‘quvchilarga optimal bilim berish, barkamol qilib tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar mujassamlashgan.

larda o‘quvchilarning iste‘dodi, qobiliyati, mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlari ro‘yobga chiqishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. Eng zamonaviy o‘quv xonalari, fan kabinetilari, ta‘limning texnik vositalari, laboratoriya, axborot resurs markazlari o‘quvchilarning bilim egallashlariga moslashtirilgan.

Ta‘lim-tarbiya jarayonini eng yuqori darajada tashkil etishi uchun birinchi navbatda o‘quvchilarning kasb-hunarni to‘g‘ri tanlagan bo‘lishlari zarur. Agar o‘quvchi o‘zining qiziqishi, qobiliyatiga mos bo‘lgan sohani tanlagan bo‘lsa darslarga to‘liq qatnaydi. O‘qituvchining bergan barcha bilimlarini o‘zlashtirib oladi. Ko‘proq mustaqil o‘qishga, o‘z ustida ishlashga harakat qiladi. Dars tugagandan keyin kabinetlarda, laboratoriya va komp‘yuter sinflarida, axborot resurs markazida mustaqil tayyorgarlik ko‘radi. O‘qituvchi bilan hamkorlikda tajriba-sinov ishlari, kuzatish va ijodiy izlanishlar olib boradi. Kasb-hunar to‘g‘ri tanlanmaganda darsga, bilim olishga qiziqishi sust bo‘ladi. Dars qoldirish, o‘zlashtirmovchilik hollari sodir bo‘ladi. Bunday o‘quvchilar tezda aniqlanib qiziqadigan sohasi da bo‘lmasa kasb-hunar kollejlariga o‘tkazib yuborilishi kerak. Aks holda boshqa o‘quvchilarga halaqit berishi, salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Farg‘ona FarPI qoshidagi ida o‘quvchilar bilan kasbiy layoqatini aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma va testlar o‘tkazilib boriladi. Ularning natijasi asosida har bir o‘quvchi bilan sinf rahbari va psixolog suhbatlashib chiqadi. O‘quvchining shaxsiy tayyorgarlik ko‘rish reja-dasturi ishlab chiqiladi. Litseyda abiturent shtati tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchi bu yerda ham o‘zining ish rejasiga o‘zlashtirish va to‘ldirishlar kiritishi mumkin.

Litseyda ta‘lim-tarbiyaning samaradorligini yanada orttirish maqsadida qo‘shimcha ta‘lim markazi tashkil etilgan. Unda litsey o‘quvchilari uchun tekin (boshqalarga pullik) repititerlik xizmati ko‘rsatiladi. ning eng tajribali o‘quvchilari bu mashg‘ulotlarga jalb etilgan.

da “Ustoz-shogird” an'analari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Har bir o‘qituvchiga olti-sakkiz o‘quvchi buyruq asosida biriktirilgan. Ustoz shogirdlarning barcha fanlardan muvaffaqiyatli o‘qishi, tartib-intizomi, xulq-atvori, ijtimoiy faolligini nazorat qilib boradi. Qo‘lga kiritgan yutuqlarini yanada kuchaytirishga, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini zudlik bilan tuzatishga ko‘maklashadi. Ustoz ham, shogird ham doim bir-birlarining oldidagi mas‘uliyatlarini his etishga harakat qiladilar. Shu o‘rinda yana bir samarali tajriba amalga oshirilayotganini qayd etish mumkin. Ustoz nafaqat litseyda, o‘quvchining litseydan tashqari faoliyatini ham kuzatib boradi. O‘quvchining uy sharoiti bilan tanishadi, ota-onalar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Ota-onalar farzandlarining litseydagi o‘qishlaridan xabardor bo‘lib boradi. Imkoni bo‘lgan ota- onalar litseyga kelib o‘qituvchilarning farzandi haqidagi fikrlarini bilib olishlari, dars kuzatishlari, pedagogik-psixologik maslahatlar olishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish