O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Download 0,66 Mb.
bet3/41
Sana01.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#298019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
akademik litsey kasb hunar kollejlarida informatika fanini oqitish

Sh.M.Mirziyoev

Sayyoramizda Axborot olami degan yangi dunyo paydo bo‘ldi. Odamlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan olamshumul elektron axborot tarmoqlaridan borgan sari muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda va uning qudrati ortib bormoqda. Komp‘yuter va Internet zamonamizning barcha sohalariga kirib bormoqdaki uning imkoniyatlaridan faydalana bilgan odamlar, Axborot olami bilan kengroq tanishish, baxramand bo‘lishga, dunyoning istalgan nuqtasi bilan bir zumda bog‘lanish, muloqot qilishga muyassar bo‘lmoqda. Darhaqiqat har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa komp‘yuterlarsiz tasavvur etish mushkul. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi inson faoliyatining yuqori sur‘atlarda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan alohida sohalaridan hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta‘lim sohasiga ham jadal sur‘atlarda kirib bormoqda va bu esa ta‘lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta‘minotni rivojlantirish, ayniqsa o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. Ta‘lim sohasidagi atamalar ro‘yxatida «elektron qo‘llanma», «masofaviy o‘qitish kursi», «virtual tajriba stendi», «virtual ustaxona», «videokonferentsiya», «elektron forum», «virtual sinf» kabi yangi so‘zlar paydo bo‘ldi.

Respublikamiz Prezidentining «Komp‘yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»1 farmoni e‘lon qilingan bo‘lib, mazkur farmonning bajarilishini ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Komp‘yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»2 qaror qabul qilingan edi. Mazkur hujjatlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligida ham ta‘lim tizimini axborotlashtirish masalalariga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturining hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 2- bosqichi bo'yicha belgilangan asosiy vazifalardan biri - ta'lim sifatini oshirishdir. Aynan mana shu vazifani ta‘lim tizimiga zamonaviy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tadbiq etmasdan bajarishni ko‘z oldiga keltirib bo‘lmaydi. Qabul qilingan xujjatlarda komp‘yuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash va maqsadli yo‘nalashlari belgilangan. Bundan tashqari, o‘quv yurtlarning moddiy - texnik va ilmiy - tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutulgan.

Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy komp‘yuter texnologiyalarini ta‘lim tizimiga keng joriy etish zarur. O‘zbekiston Respublikasida «Axborot va axborot texnologiyalari» fanlarini rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat:



  1. Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyasini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik sub‘ektlari, ta‘lim muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish;

  2. Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta'lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko‘maklashish;

  3. Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta‘minlash. Ana shu uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi talab qilinmoqda:

  1. axborotga tovar sifatida qarashni ta‘minlovchi va rag‘batlantiruvchi xuquqiy va iqtisodiy me‘yorlarni joriy etish;

  2. axborotni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;

  1. informatika industriyasini shakllantirish va rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalari, komp‘yuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ma‘lumotlar bazasi va eksport ta‘minoti xizmatini yaratish, axborot xizmati bozorini shakllantirish;

g) ma‘lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog‘i, davlat xizmati va tuzilmalari idoraviy tarmog‘i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashgan ish o‘rinlarini yaratish va rivojlantirish;

  1. axborot tizimlari eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash;

  2. informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish. Informatika industriyasining ko‘pgina vositalari chet mamlakatlardan keltirilayotgan bo‘lsa, ayrimlari esa o‘zimizning respublikada ishlab chiqarishmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishi qandaydir ma‘noda yangi pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish va uni amaliyotga tadbiq etishga bog‘liq. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni bajarishdan maqsadim yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish va zamonoviy kopyuterlar yordamida avtomatlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotga qandaydir ma‘noda xissa qo‘shishdir.

Ushbu malakaviy ish uzliksiz ta‘lim tizimida informatika fanini o‘qitish sifatiga va samarodirligini oshirish masalalariga doir manbalardan foydalangan xolda, natijalarni taxlil qilish va qullashga doir ko‘rsatmalar asosida tayyorlandi. Butun ta‘lim tizimi sohalari kabi hozirgi ta‘lim tizimini erkin modernizatsiyalash jarayoni yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni boyitish sharoitida amalga oshirilmoqda, deb aytish joiz. Barkamol shaxs va malakali mutaxassis siymosi o‘zida ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiylaridan xabardor, ijtimoiy voqea va hodisalar mohiyatini teran anglab, ob‘ektiv baholay oladigan mustaqil fikr va keng dunyoqarash egasi bo‘lish kabi sifatlarni namoyon etadi.

Analitik qismda —2008-2012 yillarda uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta‘lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish DASTURI ” maqsad va vazifalar mazmuni, kasb-xunar kollejlarida talabalarni kasbiy tayyorlashda modulli o‘qitish texnologyalarining ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish, haqida so‘z yuritilgan.

Asosiy qismda asosan, Kasb-hunar maktablaridainformatika fanini o‘qitish sifatli bo‘lishiga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarning dolzarbligi, ta‘lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni o‘qitish sifatiga ta‘siri, yangi axborot texnologiyalari va ulardan ta‘limda foydalanish, informatika va axborot texnologiyalari fanlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quv elektron maxsulot-bilimlarning muayyan ilmiy-amaliy soxasi bo‘yicha sistemali materiallardan foydalanish, informatika va axborot texnologiyalari o‘quv xonasi jixozlanishining taxmini me‘yori haqida so‘z yuritilgan.

Pedagogik qismda Kasb-hunar maktablaridao‘qitish texnalogyasi moxiyati, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish sfati va samaradorligini oshirish yoritib berilgan .

Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar qismlarini o‘z ichiga oladi.



Ishning xulosasida. Kasb-hunar maktablaridainformatika fanini o‘qitish sifatining bugungi ta‘lim tizimini samaradorlashtirish imkoniyatlari ancha keng bo‘lib, ta‘lim bosqichlarinig har bir pedagog ularni qo‘llash haqidagi nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi ularni o‘z tajribasi va faoliyatida ishlatishi shart.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish