O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Audio Studiyalar dizayni
Laboratoriya ishi
Mavzu:Ovoz yozish Audio Studiyalar qurilmalari.
512-18 guruh talabasi
Bajardi: Ro’ziyev Otabek
Tekshirdi: Boymurodov B
Mavzu:Ovoz yozish Audio Studiyalar qurilmalari.
1-rasm
Mikrofon
(mikro... va ... fon) - tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga
aylantiradigan elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshittirish) uchun
qoʻllaniladi. Koʻmirli, elektrodinamikli, kondensatorli, elektretli, pyezoelektrli;
tovush uzatish yoʻnalishi jihatdan -yoʻnaltirilmagan, bir tomonga yoʻnaltirilgan
(kardioid) va ikki tomonga yoʻnaltirilgan xillari bor. Koʻmirli Mikrafonni birinchi
marta rus ixtirochisi M. Mahalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M.
Golubitskiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metall membrana tovush toʻlqinlari
taʼsirida tebranib, zichlikni oʻzgartiradi, natijada piston va membranaga tegib
turgan kumir kukuni elektr qarshiligini oʻzgartiradi. Mikrafon orqali oʻtayotgan tok
kuchi oʻzgaradi. Hosil boʻlgan im-pulyelanuvchi (telefonga ulangan oʻtkazgich
orqali kelayotgan) tok tele-fondagi membranani Mikrafondagi membranaga mos
ravishda tebratadi. Elektrodinamikli Mikrafonda yupqa polistirol parda yoki
alyuminiydan tayyorlangan diafragma magnit tizimning halqasimon tirqishida
joylashgan ingichka simda oʻralgan gʻaltakka biriktirilgan. Tovush toʻlqinlari
taʼsirida diafragma tebranganda gʻaltak oʻramlari magnit kuch chiziqlarini kesib
oʻtadi va gʻaltakda e.yu.k. hosil boʻladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida oʻzgaruvchan
kuchlanishni vujudga keltiradi.
2-rasm
Kardioid mikrofonlar old tomonidagi hamma barcha ovozni qabul qiladi va
qolgan
hamma narsani bloklaydi. Bu old tomonga yoʻnaltirilgan uskuna mikrofonni
tovush manbasiga yoʻnaltirish va uni istalmagan muhit tovushidan ajratish
imkonini beradi, bu esa uni jonli ijro va shovqinni kamaytirish va fikr-
mulohazalarni bostirish zarur boʻlgan boshqa vaziyatlar uchun ideal qiladi.
Kardioid mikrofonlar mashhurligi bo'yicha boshqa turlardan ancha ustundir, ular
jonli ijrolarda, karaokedan tortib katta arenadagi konsertlargacha keng qo'llaniladi.
Boshqa keng tarqalgan foydalanish qatoriga baraban to'plamlari va gitara
dinamiklari kabi baland ovozli asboblarni miksherlash kiradi.
3-rasm