2.Gen va kodlash.
DNK ning bir molekula oqsil sintezini belgilab beradigan har bir qismi gen deb
ataladi. Har bir gen DNK kush siralining bir qismi bo’lib, unda qandaydir bir oqsil
strukturasi xaqidagi axborot bor. Shunday qilib, DNK molekulasi bir qancha genlarga
bo’linadi, ularning soni DNK da yozilgan oqsil molekulalari strukturasi xaqidagi
axborotlar soniga teng bo’ladi.
Oqsil strukturasini DNK strukturasi qanday qilib belgilab berishini tushunish
uchun shunday misol keltiraylik. Signallarm va telegrammalari yuborishga yordam
beradigan Morze alifbesini ko’pchilik biladi. Morze alifbesida alfavitning barcha harflari
qisqa va uzun signallarning birikmalari- nuqta va tirelar bilan ko’rsatiladi. Хozirgi
vaqtda telegrafiyada boshqa belgi ishlatilmoqda. Har qanday harf mo’sibat va manfay
elektr impulislari bilan beriladi. Bunda bir impuls bitta harfni belgila olmaydi, shuning
uchun telegrafchilar ularni turli kombinatsiyalarda ishlatadi. Masalan A harfi Q----Q, B
harfi --QQ-, V harfi esa -QQ-Q bilan ko’rsatiladi va xokazo. Demak, har bir harf 5 ta
impuls bilan beriladi, bundan oz impulsli kombinatsiya esa hamma harflarni belgilay
olmaydi. Kibernetikada shunday bir ob’ektlarni (harflarni) boshqa ob’ektlar (impulslar)
orqali ifodalashni kodlash deb yuritiladi. Shartli qisqartmalar yigindisi kod yoki shifr
deb ataladi. Morze alifbesi kodga misoldir. Morze kodini biladigan kishi musbat va
manfiy impulslar tushirilgan telegraf lentasini kulga olib, undagi yozuvlarni ma’nosini
biladi, shifr (kod) ni ochib beradi.
DNK molekulasi ketmakket joylashgan bir necha mingta 4 xil nukleotiddan iborat
bo’lib, oqsil strukturasini belgilab beradigan kod hisoblanadi. Morze kodida har bir
harfga musbat va manfiy impulslarning muyayyan birikmasi mos kelgani kabi, DNK
kodini har bir aminokislotaga ketma-ket bog’langan nukleotidlarni muayyan birikmasi
mos keladi.
3.DNK kodi.
Morze kodida 2 ta belgi bor, barcha harflarni ifodalash uchun yuqorida
aytganimizdek bu belgilarni 5 tadan kombinatsiyasi ishlatiladi. DNK kodi esa oddiyroq.
DNK molekulasini tashkil etgan nukle-otidlar to’rt xil. Bularni uchtadan mumkin
bo’lgan kombinatsiyalarini soni oltmish to’rtta, turli aminokislotalar esa atigi 20 xil.
Shunday qilib, barcha aminokislotalarning kodini topish uchun nukleotidlarning har xil
uchliklari yetib ortadi. Bu uchliklarni tripletlar deb ataladi.
DNK kodining ma’nosini deyarli butunlay tuliq aniqlash mumkin bo’ladi. DNK
kodining moxiyati shundan iborat: har bir aminokislotaga DNK zanjirining yonma-yon
Do'stlaringiz bilan baham: |