O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

kleykovina 
deb  nomlanuvchi  qayishqoqlik  va  cho‘ziluvchan  xossaga 
ega bog‘lanuvchan massani hosil qiladi. 
Kleykovinaning  asosi  oqsil  moddalardan  iborat  bo‘lsa-da,  uning 
quruq  moddalari  tarkibiga  oqsilmas  moddalar  ham  kiradi.  Oddiy  usul 
bilan  yuvib  olingan  kleykovina  quruq  moddalarining  75–90%ni 
oqsillar,  qolgan  10–25%ni  esa  kraxmal,  kletchatka,  kul  elementlari, 
qandlar  va  lipidlar  tashkil  qiladi.  Bug‘doy  unida  kleykovina  miqdori 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, un shunchalik kuchli bo‘ladi. 


210 
Un  kuchining  texnologik  ahamiyati.
 
Unning  kuchi  normal 
konsistensiyadagi xamir olish uchun kerak bo‘ladigan suvning miqdori, 
bijg‘ishdagi  strukturaviy-mexanik  holatining  o‘zgarishi  va  shu  bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  xamirni  bo‘laklashdagi  hamda  tindirishdagi  holatini 
aniqlaydi.  Unning  kuchi  xamirning  gaz  saqlash  qobiliyati,  nonning 
hajmi,  mag‘zi    g‘ovakligining  o‘lchami  va  strukturasini  belgilaydi. 
Bundan tashqari, un kuchi xamirning shaklini saqlab qolish qobiliyatini, 
shundan  kelib  chiqib  tagdonli  nonning  yoyiluvchanligini  belgilaydi. 
Shuning  uchun  bug‘doy  unining  kuchi  non  sifatini  ta’minlovchi 
omillardan biri hisoblanadi. 
Unning  rangi  va  xamir  tayyorlash  jarayonida  to‘qlashish 
xususiyati. 
Iste’molchilar,  odatda,  navli  bug‘doy  unidan  tayyorlangan  non 
mag‘zining  rangiga  ko‘proq  ahamiyat  berishadi.  Mag‘zining  rangi 
unning  rangi  bilan  bog‘liq.  To‘q  rangli  undan  mag‘zi  to‘q  rangli  non 
hosil bo‘ladi. Ammo oq
 
rangli undan ba’zi holatlarda to‘q, rangli non 
hosil  bo‘lishi  mumkin.  Shuning  uchun  unning  novvoylik  xossalarini 
baholanganda  uning  nafaqat  rangi,  balki  rangining  to‘qlashishini  ham 
inobatga olish kerak. 
Unning  rangi,  asosan,  un  tortilgan  don  endospermasining  rangi, 
shu  bilan  birga  undagi  don  qobig‘i  zarrachalarining  rangi  va  miqdori 
bilan ham aniqlanadi. Qayta ishlash jarayonida un rangini to‘qlashishi 
esa  undagi  erkin  tirozin  miqdori  va  tirozinni  oksidlab,  to‘q  rangli 
melaninlar  hosil  qilishiga  sabab  bo‘luvchi  polifenoloksidaza  (tirozi-
naza)  fermentining  faolligiga  bog‘liq.  Xamirda  melaninlarning  hosil 
bo‘lishi,  xamirning  va  non  mag‘zi  rangining  to‘qlashishiga  sabab 
bo‘ladi. 
Un  rangining  to‘qlashish  xususiyatiga  polifenoloksidazaga 
qaraganda  tirozinning  miqdori  ko‘proq  ta’sir  qiladi.  Unning  rangini 
organoleptik usulda etalon rang bilan solishtirib yoki maxsus asboblar 
rang o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. Buning uchun FPM -1, FPM-
56M fotometrlari va Karl Seysena (Germaniya) firmasining leykometr-
laridan foydalanish mumkin. 
Un  zarrachalarining  o‘lchami.  Un  zarrachalarining  o‘lchami 
xamirda yuz beradigan biokimyoviy va kolloid jarayonlarning tezligiga, 
xamirning xossalariga, nonning sifatli chiqishiga bog‘liq. 


211 
Oliy  va  birinchi  navli  un  zarrachalarining  o‘lchami  bir  necha 
mikrometrdan (mkm) 180–190 mkm. gacha o‘zgarib turadi. Novvoylik 
unida  zarrachalarning  taxminan  yarmisining  o‘lchamlari  40–50  mkm. 
dan  kichik,  qolganlari  esa  40–50  dan  190  mkm  oralig‘ida  bo‘ladi. 
Yumshoq  bug‘doydan  olingan  un  zarrachalari  qattiq  bug‘doydan 
olingan un zarrachalariga qaraganda o‘lchami kichikdir. 
Unning keragidan kam yoki ortiqcha maydalanishi uning novvoy-
lik  xossalarini  yomonlashtiradi.  Juda  katta  zarrachali  undan  tayyor-
langan nonning hajmi kichik, g‘ovaklarining pardalari qalin, qobig‘i oq 
rangda va aksincha. Keragidan ortiqcha maydalangan un nonning hajmi 
kichik,  qobig‘i  qoraygan,  mag‘zi  qora  bo‘lib,  bunday  undan  tayyor-
langan tagdonli non yoyilgan bo‘ladi. Optimal o‘lchamdagi undan sifati 
yaxshi  non  olinadi.  Bu  dondagi  kleykovinaning  miqdori  va  sifatiga 
ko‘ra  belgilanadi.  Kleykovina  qanchalik  kuchli  bo‘lsa,  un  shunchalik 
ko‘p maydalanishi kerak. Novvoylik uchun o‘lchamlari bir xil bo‘lgan 
undan foydalangan ma’qul. 
Pnevmoseparatatsiyalash  yordamida  un  zarrachalarini  o‘lcham-
lariga  qarab  ajratish  shuni  ko‘rsatdiki,  kichik  o‘lchamli  fraksiyalar 
oqsilga boy, yuqori kullikka, qand va gaz hosil qilish qobiliyatiga ega 
ekan. Bunday unda kleykovinaning miqdori ko‘p va cho‘ziluvchanligi 
past bo‘ladi. Unning katta zarrachali fraksiyasi tarkibida oqsil miqdori 
ancha kam. 
Shunday  qilib,  un  zarrachalarini  pnevmoseparatsiyalab,  birgina 
bug‘doy  donining  o‘zidan  unli  qandolat  mahsulotlari,  keks  va 
pechenelar uchun oqsili kam un ham, oddiy un kuchini oshirish uchun 
ishlatiladigan oqsilga boy un ham olish mumkin. 
Namunaviy  pishirish  –  bug‘doy  unining  novvoylik  xossalarini 
bevosita  baholash  usuli.
 
Bug‘doy  unining  novvoylik  xossalarini 
baholash  uchun  unning  kuchi,  gaz  hosil  qilish  qobiliyati  va  rangini 
aniqlashdan tashqari yana shu undan non namunasini pishirish usulidan 
ham foydalaniladi. 
Tegirmonlar  va  non  ishlab  chiqarish  korxonalarining  labora-
toriyalarida  tekshirilayotgan  un  miqdoridan  namunaviy  tekshiruv 
pishirishi  bajarilib,  namuna  tayyorlanadi.  Un  xususiyatlari  to‘g‘risida 
non namunasining sifati – hajmi, shakli, qobig‘ining rangi, mag‘zining 
rangi, g‘ovakligi, elastikligi, ta’mi va hidi bo‘yicha xulosa chiqariladi. 


212 
O‘z navbatida nonning bu ko‘rsatkichlari unning yuqorida bayon etilgan 
xossalari kompleksi bilan belgilanadi. 
Namunaviy  laboratoriya  tekshiruv  pishirishida  non  sifatini 
baholash  uchun  100  ballik  sistema  ishlab  chiqilgan.  U  barcha 
ko‘rsatkichlar  asosida,  ballar  bilan  ifodalash  imkonini  beradi.  Bu  esa 
bug‘doy  uni  xossalarini  baholashda,  non  sifatini  yaxshilash  uchun 
tavsiya  etiladigan  texnologik  tadbirlarning  samaradorligini  aniqlashda 
yordam beradi. 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish