Avgust va dekabr oylarida joylashtirilgan don uyumining o‘rta
qatlamlarida haroratning o‘zgarishi,
0
C
Don uyumi si-
losga joylash-
tirilgan vaqt
Harorat
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Avgust
+24,0
+24,0 +25,0
+26,5 +32,5 +34,0, +33,0
Dekabr
+20,0
+21,0
+23,0
+24,0 25,4
+26,7 +28,0
Barcha o‘simlik turlarining urug‘lari va donlari tashqi muhitdan
har xil gaz va bug‘larni o‘ziga singdirib (sorbsiyalash) olish xususi-
yatiga ega. Ba’zan ma’lum sharoitlarda aksincha jarayon yuzaga kelib,
bu moddalar tashqi muhitga chiqariladi (adsorbsiyalash).
Don uyumida ko‘pgina sorbsiyalash jarayonlari kuzatiladi:
adsorbsiyalash, kapillar kondensiyalash va xemosorbsiya. Bularning
barchasi umumiy nom bilan donning sorbsion xususiyatlari deb ataladi.
Har qanday don uyumi yaxshi sorbent hisoblanadi. Don
uyumining yaxshi sorbent ekanligi quyidagi ikki omil bilan izohlanadi:
har bir donning kolloid kapillar-g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi hamda
don uyumining g‘ovakligi.
62
Ma’lumki don uyumi namlik, bug‘ va turli hidlarni tashqi muhit-
dan o‘ziga singdirib olish xususiyatiga ega. Don uyumidagi g‘ovaklik,
unda kapillarlar bo‘lishi yaxshi sorbent ekanligini bildiradi. Bug‘, hid,
namlik va boshqa suyuqliklarni don uyumi tomonidan singdirilishi
sorbsiya, aksincha, ya’ni yuqoridagilarning don uyumidan chiqib
ketishi adsorbsiya deyiladi. Don uyumlarining uglerod, azot, ammiak,
turli kislota va boshqa birikmalardan hosil bo‘lgan gazlarni o‘ziga
singdirib olishi ayniqsa kuchlidir.
Donlarni tashish jarayonida transport vositalarining ishlashi
natijasida chiqadigan turli gaz va bug‘larni ham don uyumi o‘ziga
yengil singdiradi. Don uyumi tomonidan singdirilgan neft mahsulotlari
hidini yo‘qotish juda qiyin. Shuning uchun don uyumini sorbsion
xususiyatlarini chuqur bilish va tashish, joylash, saqlash jarayonlarida
unga qat’iy e’tibor berilishi lozim.
Don saqlash omborlari va don tashuvchi transport vositalari
umuman begona hidsiz bo‘lishi shart. Don uyumini saqlashda saqlash
joylarini faol shamollatish, begona hid va gazlardan xoli etish kabi
tadbirlar ham don uyumining sorbsion xususiyatlariga uzviy bog‘lan-
gandir.
Don uyumining havodagi namlikni singdirib olishi, kapillarlik va
g‘ovak tuzilishga ega ekanligi uning suvga ta’sirchan mahsulotligini
bildiradi.
Ushbu xususiyat don uyumining barcha komponentlari (don, mik-
roorganizmlar, zararkunandalar, donlar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib
turuvchi havo) uchun xosdir.
Donga suv bug‘ining singishi va namligining ortishi havoda suv
bug‘ining bosimi don yuzasidagi suv bug‘ining bosimidan yuqori
bo‘lganda ro‘y beradi. Aksincha don yuzasidagi suv bug‘ining bosimi
havonikidan yuqori bo‘lsa, don uyumidagi suv bug‘i havoga tarqaladi
va namlik pasayadi.
Namlik almashinuv jarayoni don uyumi bilan havo o‘rtasida uzviy
bog‘langan holda o‘tib, ulardagi suv bug‘ining bosimi tenglashguncha
davom etadi. Don uyumi va havo namligi bosimlarining tenglash-
gandagi darajasi donning muvozanat namligi deb ataladi. Don
uyumining muvozanat namligi don turiga va omborxona haroratiga
ko‘ra turlicha bo‘ladi.
63
Tajribalardan shu narsa aniqlandiki, barcha g‘allali ekinlar va
grechixa donining muvozanat namligi 7% dan 33–36% chegarada
o‘zgarib turadi. Donning 7% namlikda bo‘lishi 15–20% namlikka ega
bo‘lgan havo uchun muvozanat hisoblanadi, donning namligi 33–36%
bo‘lsa, bu suv bug‘i bilan to‘yingan havo uchun muvozanat hisoblanadi.
Quyidagi jadvalda turli donlarning muvozanat namligi aks
ettirilgan. Don massasining muvozanat namligi tashqi ko‘rinishi,
yetilganligi, mahsulot o‘lchamlari va asosan kimyoviy tarkibiga ham
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |