O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

 
10.2. Innovatsion  texnologiyalar 
 
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan soha-
siga juda ko‘p atamalar, tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, «Nau-
xau»,  innovatsiya,  lizing,  texnopolis,  venchur,  injinering,  tender 
nanotexnologiya va h.k.lar. 
“Nau-xau»  –  bu,  texnik,  tashkiliy-iqtisodiy,  tijorat  bilimlari  va 
tajribaning  yig‘indisi  bo‘lib,  almashish  predmeti  hisoblanadi.  «Nau-
xau»  tipidagi  axborot  (informatsiya)  raqobatli  ishlab  chiqarishning, 
savdoning  omili  sifatida  ro‘y  berishi  mumkin.  «Nau-xau»ning  eng 
xarakterli,  tavsifiy  tomoni  –  bu,  texnik  bilimlarning  yangiligida  aniq, 
ishlab  chiqarish  va  tijorat  vazifalarini  bajarish  uchun  foydaliligidadir. 
Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, 
smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror 
narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan 
matematik  miqdorlar),  texnik  ma’lumotlar  va  h.k.  tanishtiriladi. 
Eksporter  bu  ma’lumotlarni  yetkazib  beradi,  importer  esa  qabul  qilib 
oladi. 


320 
Innovatsiya  –  kiritilgan  yangilik,  ixtiro.  Yangilikni  joriy  etish: 
birinchidan,  texnika  va  texnologiya  avlodlarini  almashtirishni  ta’min-
lash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, 
ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan yangi texnika 
va texnologiyalar. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik 
ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari 
hisoblanadi. 
Nanotexnologiya – ilm fanning noyob qirrasi, yangi texnologiya-
lar  yaratish  tamoyillarini  radikal  o‘zgartirish.  Nanotexnologiyaning 
besh yo‘nalishi mavjud: 1) nanoenergetika; 2) nanokibernetika; 3) nano-
meditsina; 4) nanoelektronika; 5) nanomateriallar. 
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri 
ishlab  chiqarishni  elektrlashtirishdir.  Elektrlashtirish  deganda  elektr 
energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish 
va  undan  keng  foydalanish  jarayoni  tushuniladi.  Uning  moddiy  asosini 
elektroenergetika  tarmog‘i  tashkil  etadi.  U  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqaradigan  jihozlarni  (elektrostansiyalarni),  iste’molchilarga  uni 
yetkazib beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr uzatkichlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi: 
– suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar); 
– issiqlik elektrostansiyalari (IESlar); 
– atom elektrostansiyalari; 
– quyosh elektrostansiyalari; 
– shamol va boshqa elektrostansiyalar. 
Ekspertlarning  dalolat  berishlaricha,  keyingi  yuz  yillikning  o‘r-
talarida  sayyoramizda  energiya  ishlab  chiqarish  hozirgi  darajadan  o‘n 
baravar  ortadi.  Bunday  o‘sishni  qayta  tiklanmaydigan  organik  yoqilg‘i 
yordamida ta’minlash mumkin emas. Shu sababli, energetika muammosi 
eng jiddiy jahonshumul muammolardan biriga aylanmoqda. 
Hozirgi  vaqtda,  jahon  energetikasi  asosan  organik  yoqilg‘idan 
foydalanishga  asoslanadi.  Umuman,  energetika  balansida  neft  va 
gazning ulushi taxminan 50 foizni, ko‘mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 
15 foizi atom elektrostansiyalari, gidroenergetika va boshqa manbalar 
ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq insonning energetika iste’moli shu qadar 
tez  sur’atda  o‘smoqdaki,  organik  yoqilg‘i  kabi  an’anaviy  energetika 
resurslarining  zaxiralari  navbatdagi  yuz  yillikdayoq  yetarli  bo‘lmay 


321 
qoladi.  Shu  sababli  insoniyat  oldida  yangi  energiya  manbalarini 
egallashdek dolzarb vazifa turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og‘ir 
elementlarning  bo‘linishi)  va  yadro  energetikasi  (yengil  yadrolarni 
termoyadroviy sintez qilish) ana shunday manbalar hisoblanadi. 
Yer  sathiga  yetib  keladigan  quyosh  energiyasining  umumiy 
miqdori  insoniyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  batamom  yetarlidir. 
Buning yana bir afzalligi ancha arzonga tushadi. 
Olimlarning hisoblariga qaraganda, XXI asrning o‘rtalariga borib, 
butun  dunyoda  jon  boshiga  elektr  iste’mol  qilish  3-4  baravar  ortadi. 
Buni qanday ta’minlash mumkin? Organik yoqilg‘ini ishlab chiqarishni 
kamaytirish  kerakmi  yoki  yo‘qmi?  Albatta,  bu  savolga  javob  topish 
kerak.  Bu  muammoni  hal  etish  olimlar  va  mutaxassislar  oldiga  katta 
vazifalar qo‘yadi. 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish