Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning
iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini aniqlash kerak. Shu sababli yangi
texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida xalq xo‘jaligida,
jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish
uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash
zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
1)
mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi
hamda takomillashgan turlari va konstruksiyalari;
2)
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari;
3)
texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;
4)
mahsulotning kimyoviy va fizik xossalarini, parametr va
assortimentlarini yaxshilash;
5)
texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomat-
lashtirish;
6)
jihozlarni modernizatsiyalash;
7)
bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
8)
mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomil-
lashgan usullari;
9)
ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
324
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab
chiqarish sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning
sifatini oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-
texnika tarqqiyotini jadallashtirish kerak. Bu ish ma’lum chora-
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Chora-tadbirlar
albatta, samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, baholamasdan
fan-texnika bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash
tartibi uslubiy qo‘llanmalarda izohlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
1) kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
bo‘yicha namunali (tipovaya) metodika;
2) xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik
tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
metodikasi;
3) korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining
avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash
metodikasi;
4) boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini;
5) mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha tadbir-
choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
6) atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash
uchun vaqtinchalik metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy tekshirish institutlari,
loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar
tayyorlashlari mumkin.
Texnika taraqqiyoti, avvalo, yangi texnikani yaratish orqali amal-
ga oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan
texnika samarali yoki samarasizligini bilish, demak, samarani o‘lchash
va baholash kerak.
O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega.
Bu yerda: O‘zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasasi
tashkiloti bo‘lib, ularda fan-texnika taraqqiyotining fundamental va
amaliy muammolari tadqiq qilinadi, xususan, sanoat ishlab chiqarishiga
uning ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ilmiy va amaliy
yordam ko‘rsatiladi.
325
Sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va texnika sohasidagi
tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda katta
e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan
bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi
paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga
aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |