O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

 
 
132-rasm. Birketli  yem. 
 
 
 
 


314 
 
133-rasm. Omixta-yem  ishlab  chiqarish  texnologiyasi
 
sxemasi
 
 
 
 


315 
 
134-rasm. Omixta-yem  saqlash qurilmalari. 
 
 
 
135-rasm. Omixta-yem ishlab chiqarish zavodining ko‘rinishi 
(Germaniya. Kompaniya Petkus). 
 
 
 


316 
X BOB. INNOVATSIYA. DONNI QAYTA ISHLASHDA 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
 
10.1. Sanoatni  rivojlanishida fan-texnikaning  o‘rni
 
 
Fan  –  bu  taraqqiyotni  anglatadi.  Ilm-fanni  rivojlantirmay  Vatan 
kelajagi to‘g‘risida gapirish qiyin. Hozirgi davrning eng muhim o‘ziga 
xos  xususiyatlaridan  biri  bu  milliy  iqtisodiyotning  barcha  sohalarda 
chuqur keskin o‘zgarishlar, hosil qilayotgan fan va texnikaning shiddatli 
rivojidir.   
Fan-texnika taraqqyoti – bu, juda murakkab va ko‘p qirrali jara-
yon. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga ola-
di. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisob-
lanadi. 
Texnika  taraqqiyotining  asosini  fan,  ilmiy  bilimlar  tashkil  etadi. 
Xo‘sh, fan nima? 
Fan  –  inson  faoliyatining  ma’lum  sohasi.  U  shunday  sohaki, 
voqea-hodisalar  haqidagi  bilimlar  yaratiladi  va  ular  nazariy  nuqtai 
nazardan  bir  yo‘lga  solinadi.  Fan  –  ijtimoiy  fikrlash  va  bilishning 
shakllaridan biridir. 
Fan  yoki  ilm  –  bu,  o‘qish,  o‘rganish  va  hayotiy  tajriba  asosida 
fikrlanadigan  bilim  va  malakalar  majmuasidir.  Uning  asosiy  vazifasi, 
avvalo,  voqea  va  hodisalarni,  shu  jumladan,  texnik  va  texnologik 
hodisalarni  tasvirlash,  tushuntirish,  oldindan  aytib  berish,  bashorat 
qilishdan iborat.  
Texnika – bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng 
ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab 
chiqarishni  tashkil  etish  va  boshqarish  shakllarining  yig‘indisidir.                
U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi. 
Texnologiya  (yunoncha  «techue»  –  san’at,  mahorat,  uddalash  va 
logiya)  –  ishlab  chiqarish  jarayonida  tayyor  mahsulot  olish  uchun 
ishlatiladigan  xomashyo,  material  yoki  yarimfabrikatlarning  holati, 
xossasi  va  shakllarini  o‘zgartirish,  ularga  ishlov  berish,  tayyorlash 
usullari majmuyidir. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  juda  murakkab  jarayon  bo‘lib,  ijtimoiy  va 
shaxsiy  hayotning  barcha  tomonlarini  qamrab  oladi.  Fan  va  texnikani 


317 
bir-biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular yonma-
yon turadi. Shu sababli «Fan-texnika» atamasi ko‘p ishlatiladi. 
Fan-texnika  taraqqiyotining  asosini  ilmiy  bilimlar  tashkil  etadi. 
Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa 
takomillashadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti – bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarish-
ning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, 
texnologik  jarayonning,  boshqarishning,  mehnatni  texnik  jihatdan 
qurollantirish va   hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijti-
moiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lu-
motini,  mahoratini  uzluksiz  sistematik  rivojlantirish  va  takomillash-
tirish  ham  fan-texnika  taraqqiyotining  mohiyati  va  ahamiyati  bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Yuqorida  keltirilgan  fikr  va  mulohazalar  umumjamiyat  miqyo-
sida,  xalq  xo‘jaligi,  uning  tarmoqlari,  korxona  (firma)larda  va 
tashkilotlar miqyosida xam hisobga olinishi mumkin. 
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: 
1)
 
tejamkorlikni  amalga  oshirish  (vaqtni,  xomashyo  va 
materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash); 
2)
 
ishlab  chiqarish  jarayonlarini  osonlashtirish,  mehnatni 
yengillashtirish; 
3)
 
mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish; 
4)
 
ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  samaradorligini 
yanada yuqori darajaga ko‘tarish. 
Fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy vazifa ularning rivojlanishi 
hisobga  olinmasdan  turib  hal  qilinishi  mumkin  emas.  Buyuk  davlatni 
qurish,  iqtisodiy  o‘sishni  izchil  olib  borish,  ishlab  chiqarish  taraqqi-
yotini tezlashtirishni ilm-fansiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi.   
O‘zbekiston  Davlatining  fan-texnika  siyosati  davlat  va  nodavlat 
tashkilotlari,  mehnatkashlar  jamoalari  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashkiliy  va 
tarbiyaviy  chora-tadbirlarining,  harakatlarining  tizimi  bo‘lib,  bular 
fanni  rivojlantirish  uchun,  uning  yutuqlarini  yangi  texnika  va 
texnologiyada  mujassamlashtirish  hamda  ana  shu  negizda  mamlakat 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og‘ishmay takomillashtirib 
borish  uchun  qulay  sharoitlar  yaratishga  qaratilgandir.  Fan-texnika 
siyosatining mohiyati ana shundan iborat. 


318 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fan-texnika  siyosati  umumdavlat 
siyosati sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, butun 
tarkibiy  qismlari,  shuningdek,  uni  amalga  oshirishda  ishtirok 
etuvchilarning butun faoliyati strategik maqsadga bo‘ysundirilgan. 
Fan-texnika  taraqqiyotining  mazmuni  va  maqsadlarini  davlat 
iqtisodiy  siyosatining  mushtarak  (umumiy)  vazifalari,  shuningdek, 
bozor  iqtisodiyotining  u  yoki  bu  bosqichi  aniq  tarixiy  sharoitlari 
belgilab beradi. Fan-texnika rivoji darajasining, bu borada hal etiladigan 
vazifalarni  chuqur  ilmiy  umumlashtirish  asosida  davlat  fan-texnika 
taraqqiyotining  asosiy  yo‘nalishlarini  ta’riflaydi  hamda  ularni  amalga 
oshirish  uchun  optimal  shart-sharoitlarni  ta’minlovchi  tadbirlar  ishlab 
chiqadi. 
O‘nlab  ilmiy  tadqiqot  institutlari  va  oliy  o‘quv  yurtlari,  yuzlab 
loyiha-konstruktorlik  tashkilotlari  tadqiqotlar  olib  bormoqdalar,  yangi 
texnika  va  texnologiyalarni  yaratmoqdalar.  Hozirgi  ilmiy  tadqiqot 
institutlari eng mukammal texnika bilan jihozlangan va yuksak malakali 
ilmiy kadrlar qorishmasidan iboratdir. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish 
fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat 
bilan  olib  borishni  talab  etadi.  Ayni  chog‘da  ilmiy-texnika  rivojining 
yutuqlarini  ishlab  chiqarishda  ro‘yobga  chiqarish  mexanizmini 
takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika taraqqiyotini jadallash-
tirishning  hal  qiluvchi  omili  ekanligi  davlat  siyosatining  eng  muhim 
qoidasi hisoblanadi. Ana shu mexanizmni takomillashtirish fan-texnika 
taraqqiyotini tashkil etish va boshqarish, rejalashtirish va bashoratlash, 
mablag‘ bilan ta’minlash va rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga 
oladi. 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish