O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,98 Mb.
bet8/37
Sana18.07.2022
Hajmi2,98 Mb.
#824396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
ХУСАИНОВ Б

Birinchi -kontsеptual va yangilik mеzoni: ta`lim tехnologiyasi asosida kon-tsеptual jihatdan yangi psiхologik, pеdagogik va dеdaktik g`oya qo`yilishi kеrak. Ikkinchisi- yaхlitllk va taboqlashganlik mеzonlari, unda o`qitish tехnologiyasi maqsad, vosita, uslub, tashkiliy shart-sharoitlar majmuasi ko`rinishida yaхlit ta`lim faoliyati va amalga oshirilishini muayyan ta`lim tizimida ta`mnnlashi zarur. Uchinchi-mеzon avvaldan bеlgilangan maqsadlarga erishishni takrorlanishi va kafolatlanishi bilan bog`liq. Bunda ba`zi boshlang`ich shartlarni o`zgarishini (talabalar tayyorgarlik darajasi, pеdagog maхorati va boshqalarni) inobatga olgan holda o`qitish jarayonini qayta takrorlash va ko`zlangai maqsadni egallash mumkin. Nihoyat o`qitishniig samaradorligi va sifati mеzoni, bunda takrorlanuvchan o`quv jarayoni natijasida aniq ko`zlangan va bеlgi-langan sifat va samara darajasidan past natija olinadi.
O`zbеkistonda tеng qiymatli (ekvivalеnt) va o`хshash amaliyot qoidalari va bilimlarni (muttasil) har tomonlama mustahkamlash tamoyillarini amalga oshirishni ta`minlovni tеst vositalarini ishlab chiqish nazariyasi va mеtodikasi yaratilgan. Eslatib o`tilganidеk, pеdagogik tехnologiyaning asosiy qoidasi o`qitishni harakatlar orqali amalga oshirilishidir.
Talabalarning o`quv aхborotini nafaqat bilib olishlari va esda saqlab qolishlarini, balki bilish jarayonida faol ishtirok etishlarini qanday qilib ta`minlash mumkin? K.G.Markvardning fikricha, "O`qitish davrining boshidan oхirigacha navbatdagi "to`siqni" еngib, maqsadga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni to`plashga qaratilgan fikrlar va tafakkur mashqlari o`tkazilib borishi zarur. Ana shunday faoliyat davomida ijodkor shaхs shakllanadi".
Ma’lumki, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlar qatori “Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi” fanini o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili ko‘rsatishicha, “Avtomobillar va traktorlar konstruksiyasi” fanini o‘qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy va MDH mamlakatlarida quyidagi innovatsiyalar va pedagogik ta’lim texnologiyalari qo‘llanilmoqda:

  • “Ajurli arra”

  • “Akvarium”

  • “Ajil” (“amaliy jamoaviy ijodiy loyihalar”);

  • “Asalari galasi”;

  • “Aqliy hujum”;

  • “Baliq skeleti”;

  • “Bahs-munozara”;

  • “Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, ...) ortiqcha”;

  • “Bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” (bbb);

  • “Blits-so‘rov”;

  • “Bumerang”

  • “Venn diagrammasi”

  • “Galereya” va hokazo.

Ushbu texnologiyalarning barchasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular talabalarni fanni o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi va yuqori samara beradi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib, unda olg‘a surilayotgan g‘oyalar shaxsning ma’naviy, huquqiy madaniyatini insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish, ta’lim tizimini shakllantirishda milliy va umum insoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lishiga erishish, jamiyatga har tomonlama yetuk kadr tayyorlash ishiga qaratilgandir.
Ana shu vazifalarni ijobiy hal etish natijasida aqlan yetuk, axloqan barkamol, jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng va teran, yaxlit shakllangan, ya’ni komil inson shakllanadi.
Oliy ta’lim muasasalarida amalga oshirilayotgan o‘quv jarayoni talabalarni shaxs sifatida shakllanishi, intellektual, ahloqiy jihatdan rivojlanishlari uchun qulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. Mavzuni yoritib berishda o‘qituvchi qo‘yidagi shartlarga muvofiq harakat qilishi talabalarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishi, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun zarur sharoit yaratadi. Chunonchi, “O‘zbekiston – yagona Vatan” mavzusini seminar mashg‘ulotlarida talabalarga yetkazishda aniq maqsadni belgilash, didaktik shartlar (ta’lim shakli, metod va vositalarining maqbul variantini tanlay olishi, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik va uyg‘unlikni ta’minlanishiga erishish, o‘quv jarayonini tashkil etish va bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqt hajmini aniq belgilash), talabalarga mavzuni faqat nazariy jihatdan ifodalash bilan cheklanib qolmasdan ma’naviy ahloqiy sifatlarini tarkib topishini, shaxs sifatida rivojlanishlarini, guruhda ijodiy, ishchanlik kayfiyatini yarata olish kabi hususiyatlarni shakllantirish lozim.
Talaba esa o‘z navbatida mavzuning mohiyatini anglab yetishi, nazariy bilimlar va ularga muvofiq amaliy ko‘nikma hamda malakalarni o‘zlashtirishga nisbatan ichki extiyoj, qiziqishning qaror toptirilishi, mavzuni o‘zlashtirgani holda o‘zida amaliy faoliyatda qo‘llay olishi, mavzu bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarishi, olgan nazariy bilimlarini mustaqil faoliyat olib borish orqali mustahkamlashi lozim.
Hozirgi kompyuter texnologiyalar asrida ta’limning reproduktiv metod va vositalari jamiyatga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot oqimini to‘liq o‘zlashtira olmayapti. Shu bois, ta’limni jadallashtirish, taraqqiy ettirish va samaradorligini oshirish uchun an’anaviy ta’limga har tomonlama yordam beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligini davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya hozirgi kun pedagogikasining shartlari, barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbir va dastur hisoblanadi.
Mavzuni yoritishda o‘qituvchidan pedagogik, didaktik bilimlarni chuqur o‘rganish, yuzaga kelayotgan vaziyatlar mohiyatni tezkor sur’atda baholay olish, ularning yechimini topish layoqati, talabalarning yosh va psixologik hususiyatlarini inobatga olish, talabalarni o‘quv faoliyatini nazorat qilish va haqqoniy baholay olish malakasiga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Mavzuni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar qo‘llanishi talabalarni tizimli ijodiy fikrlashini va ijodiy masalalarni yechishda standart g‘oya, fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shaklantirishga qaratilgan texnologiyalardir.
Pedagogik texnologiya – bu ta’limga bo‘lgan innovatsion yondashuv bo‘lib, bu pedagogikadagi ta’limga bo‘lgan yondashuvning ifodasi, ta’lim jarayonini ma’lum darajada standartlashtirish hisoblanadi va bu tushuncha kompyuterlashtirish bilan bog‘liq amalga oshiriladi.
Zamonaviy ta’limda o‘zaro muloqot pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Bunda “faollik” tushunchasi yetakchi hisoblanadi. Chunki reproduktiv ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan va o‘qituvchi ma’ruzada bergan bilimini seminar, amaliy mashg‘ulotlarda qaytarib olgan. Bundan farqli o‘laroq, zamonaviy texnologiyalar o‘quvchi-talabalarni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Bunda pedagog shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik, maslahatchi, baholovchi vazifalarini bajaradi. Demak, zamonaviy - produktiv ta’lim jarayonida o‘quvchi–talaba asosiy ijrochiga aylanadi.
Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo‘llashda o‘zaro ta’sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga(kashf etishga) ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin.
Aqliy xujum” metodi
Bu metod amerikalik olim Osborn tomonidan taklif qilingan va hozirgi kunda “Aqliy hujum”ning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Bu metodning nomidan ma’lumki, aql vositasida bitta muammoga hujum uyushtiriladi. Hamma ishtirokchilar birgalikda bir hodisaga yoki bir muammoga fikr qaratadi va uning yechimini topishga harakat qiladi. Demak, “Aqliy hujum” jamoa g‘oyalarini yig‘ishdir. Maqsad xilma-xil g‘oyalarni yig‘ish, mustaqil fikrlash, ijodiy masalani mustaqil yechishdir.
“Aqliy hujum” 15 minutdan bir soatgacha davom etishi mumkin. Barcha g‘oyalar ekspertlar tomonidan yig‘ib olinadi va eng manzurlari tanlab olinadi.
Aqliy hujum metodining maqsadi talabalarda ijodiy, standart fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Bu metodni katta yoki kichik guruhlarda qo‘llash mumkin. Bu metodni qo‘llashda dastlab guruh yig‘iladi, ular oldiga olib boriladigan mashg‘ulotga qarab muammoli savol qo‘yiladi. Auditoriyada bo‘lgan barcha talabalar savol bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradilar, bu bosqichda hech kim o‘zga kishini g‘oyalariga hujum qilmaydi yoki munosabat bildirmaydi. Bunday usul vositasida ko‘plab, hilma-hil g‘oyalarni yuzaga kelish imkoni paydo bo‘ladi. Buning uchun esa mashg‘ulot olib borilayotgan auditoriyada talabalar faol bo‘lishi, talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar tanqid ostiga olinmasligi, muammo yechimidan uzoqroq g‘oyalar ham qo‘llab quvvatlanadi, o‘qituvchi talabalar tomonidan bildirilgan g‘oyalarni doskaga yoki qog‘ozga qayd etadi. Bu metod samarasi fikrlarning hilma-hilligi bilan tasniflanadi.
Navbatdagi bosqichda muammoning yechimiga yaqin bo‘lgan 5-6 ta asosiy g‘oyalar tanlab olinib, baholanadi. “Aqliy hujum” metodi qo‘llanilishiga ko‘ra universal bo‘lib, o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirish, faol fikrlash va keng doirada tafakkur yuritishga imkon beradi.
Ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida talabalarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
XXI asrda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z navbatida professor-o‘qituvchilarimiz zimmasiga tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.
Aqliy hujum” usulining texnologik xaritasi


Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish