Kimyo fanidan yangi pedagogik texnologiya asosida darslarni tashkil etish metodikasi
2019-2020
Kirish
Kimyo fani insoniyat taraqqiyotida vujuda katta o‘rin tutadi. Tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, umuman, barcha sohalar rivojida mazkur fan olamida erishilgan yutuqlar yotadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishdan asosiy maqsad esa o‘quvchilarda fan va texnikani o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, pirovardida, intellektual salohiyatli avlodni voyaga iboratdir.
Hozirgi kunda o‘qitish jarayonida ilg‘or, zamonaviyb pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Xususan, mahoratli o‘qituvchilar tajribasi asosida o‘quv -laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, to‘garak ishlari sifatini oshirish davr talabidir.
Kimyo fani ta’limida yuqori samaradorlikka erishish, fan yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirib, hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga intilishlarini o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois 2019-2020-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishlarida qatnashchilar quyidagilar haqida fikr almashishlari maqsadga muvofiq:
– kimyoga oid nazariy bilimlarni tajribalar orqali isbotlash, sinflar kesimida har bir mavzu asosida keltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish;
– kimyo darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, tugab qolgan kimyoviy moddalar va yaroqsiz holga kelgan jihozlarning o‘rnini qayta to‘ldirishga buyurtmalar berish tartibi;
– hududlarda tashkil etilgan “Mahorat maktablari” o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (elektron darsliklar, elektron qo‘llanmalar, o‘quv filmlar, virtual laboratoriya ishlari va animatsion ko‘rgazmali tajribalar, videodars lavhalari), plakatlar to‘plamlaridan foydalanib, ko‘rgazma-namoyishli darslarni o‘tkazish;
– murakkab mavzularni o‘rgatish hamda masalalar yechishning turli usullari yuzasidan tavsiyalar berish .
O`quvchilarga davlat ta`lim standartlari talablariga javob beradigan darajada bilim va ko`nikmalarni shakiiantirish uchun zamonaviv texnologiyalari usullaridan keng va samarali foydalanish zarurati kundan kunga oshib bormoqda Bu esa har bir o`qituvchidan o`z ustida tinimsiz ishlashini , ta`lim berishning barcha usul va metodlarini muvafaqiyatli o`zlashtirib olishga intilishi kerakligini taqozo etadi.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan foydalanish mumkin:
1.Bahslar. O`quv guruhni ikki komandaga bo`lgan holda , biror mavzu bo`yucha o`zaro bahs , fikr almashinuv tarzida o`tkaziladi.
2. O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki vaziyatli o`yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o`rinda matnli material o`rniga o`quvchilar tomonidan rollar o`ynaladigan hayotiy vaziyat saxnalashtiriladi.
3. Kitob bilan ishlash . Ushbu usul ta`lim oluvchining o`quv materialini mustaqil o`zlashtirishini o`z-o`zini tekshiruv malakalarini , berilgan matnning mazmunini to`liq va ongli ravishda bayon etishga qaratilgan usuldir.
4. Individual (amaliy) usul . Ta`lim oluvchining faoliyatida olingan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Bu usul nazariy olingan bilimlarni amaliyotda tadbiq qilishdir.
5. Davra suhbati . Ta`lim oluvchilar davra stolid o`tirib ,bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar.
Ta`limning interfaol usullari
Pedagogik nashrlarda o`qitish metodlarini faol yoki sust guruhlarda ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishga o`z o`rniga qo`llanilsa ,shubhasiz faoldir.Pedagogik texnologiyalar ham darsda o`quvchilar faolligini yuqori darajasini ta`minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki ,o`qitish metodlari bevosita ta`lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir.
O`qitish jarayonida qo`yilgan vazifaning mazmuni , uni yechish yo`llariva usullarini belgilash , muhokama qilish taklif qilinadi . Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali uni amalga oshirish , bajarilgan ishni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so`ngra taqdim etish so`raladi.
“Aqliy hujum”, “muammoli vaziyat “, bahs-munozara, tadqiqot, davra suhbati, kichik guruhlarda ishlash, ajurli arra, kitob bilan ishlash usullari bunga misol bo`labi.(1-sxema)
O`qitish jarayonida ta`lim vositalaridan foydalaniladi . Ta`lim vositalari deganda metod va t a`limni tashkil etish saklarini amalga oshirishga yirdam beruvchi vositalar tushiniladi. Ta`lim jarayonida qo`llaniladigan real vositalariga ishlab chiqarish korxonalari, laboratoriya , doska, texnik vositalarga: kadoskop, kompyuter, vidioproektor, bosma variantlarga; chop etilgan o`quv materiallari , kitob, jadval, ma`ruza matnlari misol bo`ladi. Ta`lim vositalari imkoniyat , metod va t a`limni tashkil etish shakllariga asosan tanlanadi.
Yuqoridagi ta`lim vositalari o`qituvch uchun o`quvchi uchun hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarni to`gri tanlash muhim ahamiyatga ega .
.O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar.
O`quvchi uchun vosita: darslik, o`quv qo`llanma yoki o`qituvchining ma`ruza matnlariar, jadvallar, yo`l yo`riq xaritalar, topshiriq kartoshkalari.
Dars o`tkazish uchun : plakatlar, diagrammalar, modellar, etalonlar namoyish qilish jiohozlari , laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish uchun jihozlar , audiovisual vositalar, diafilim, vodioyozuvlar, diopozitivlar.
Tanlab olingan metod , shakl vositalar bir-birini to`ldirish yani uyg`unlashuvi kerak. Xullas, ta`lim texnologiyasida usullarni, vosita va t a`limni tashkil etish shakllarini to`g`ri tanlash samarali qo`llash katta ahamiyatga ega.
1 -sxema
.
Aqliy hujum usuli.
Aqliy hujum usuli g`oyat oddiy va samarali vosita bo`lib har bir darsda qo`llash mumkin . Chunki bu usul hech qanday maxsus tayyorgarlik va ta`lim vositalarini qo`llash majburiyatini keltirib chiqarmaydi. Uning mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni eshitish vaqt bo`yicha bir qancha bosqichlarga ajratishdan iborat. Dars jarayonida aqliy hujum usulidan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. Aqliy hujumni uyushtirish birmuncha soda bo`lib , undan ta`lim mazmunini o`zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishga ham qo`l keladi. U quyidagi bosqichlardan iborat :
Muammo
Ishtirokchilar
Fikr va g`oyalarni bildirish
Fikr va g`oyalarni guruhlash
Muhokama
To`gri va samarali yechimga kelish
Aqliy hujum biror muammoni yechshga guruh qatnashchilari bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab ular orqali ma`lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir Bu usul orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkin. Aqliy hujum usullarini qo`llashdagi asosiy qoidalar:
1.Belgilangan g`oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday g`oya va fikrlar, ular muammo yechimidan uzoq bo`lsa ham hisobga olinadi, qo`llab – qo`llanadi.
3.Ish sifati emas , soniga qarotiladi, qancha ko`p g`oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi.
4. Bildirilgan g`oya va fikrlarni to`ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
5. G`oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
6. Berilgan savollarga qisqacha javoblar berish ko`zga tutiladi.
Aqliy hujum qiyin vaziyatlardan qutilish choralarini topishga , muammoni ko`rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo`qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik faoliyatiga o’tadi va guruhi yanada ahillashadi. Qo’lash maqsadiga ko’ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilarda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi) , o`qitish jarayonida (o`quv materiallarini tezkor o`zlashtirishga qaratiladi) rivojlantirishda ( o`z – o`zini birmuncha samarali boshqarishda asosida faol fikrlash shakllantiriladi) asqotadi .
Bahs-munozara usuli.
Bu metod yordamida o`quvchilarga muayyan muammo bo`yicha to`liq axborotlar yetkaziladi. Munozara uchun tanlangan mavzuni o`quvchilar savollar berish orqali o`rganadilar.
Munozara o`tkazish bo`yicha tadbirlar
Aqliy hujum usuli
Fikr va g`oyalar to`plami
Tahlil
Aniq va maqbul yechimni toppish
Muzokarani yetkazish usuli:
Yetakchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi
Yetakchi qatnashuvchilarga muammoli “Aqliy hujum” masalasini beradi va uni o`tkazish tartibini belgilaydi.
Yetakchi “Aqliy hujum” vaqtida bildirilgan g`oya va takliflarni yozib boorish uchun kotib tayyorlaydi Bu bosqichda yetakchi guruh qatnashuvchilarni har bir a`zosi o`z fikrini bildirishga sharoit yaratib beradi.
Yetakchi ikkinchi bosqichga o`tishdan avval qisqa tanaffus e`lon qiladi Ikkinchi bosqichda “Aqliy hujum” qatnashuvchilar i bildirgan fikr va goyalarni guruhlashtirib , ularni tahlil qilishga o`tiladi. Tahlil orqali qo`yilgan vazifaning eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
Muammoli vaziyat
Bugungi kunda o`quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatishlariga e`tabor kuchayganda muammoli o`qitishning ahamiyati kuchaydi .Muammoli ta`limni tashkil qilish yordamida o`quvchining tadqiqot , o`quv biluv faoliyatini yo`lga qo`yish va bilimlarini ijodiy mushohada qilish amalga oshiriladi Bunda o`quvchining faoliyati shundan iboratki u eng murakkab tushunchalarni tushuntira borib zarur daqiqalarda muammoli vaziyatni vujudga keltiradi va muammoni hal qiladi uni yechishga o`quvchilarni o`zini yo`llaydi Natijada o`quvchilar faoliyati shunday tashkil qilinadiki , bunda ular mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar . Muammoli ta`lim quyidagi hollarda vujudga keladi.
-yangi ma`lumotlar o`quvchilarga noma`lum bo`lib , uni izohlash uchun mavjud bilimlar yetishmay , ma`lum qiyinchiliklarni bartaraf etishga to`g`ri keladi.
- Bilimlarni yangi vaziyatda qo`llash zaruriyati tug`ulsa .
- topshiriq bilan uni bajarish usuli o`rtasida nomuvofiqlik paydo bo`ladi.
Muammoli ta`lim quyidagi vazifalarni hal etishda amaliy ko`rsatiladi
a)O`quvchilarni mustaqil fikrlash va ijod qobiliyatlarini o`stiradi
b) Ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish va amalda qo`llash usullarini o`zlashtitish imkonini yaratadi.
S) bilimlarni ijodiy o`zlashtirish va o`quv muammolarini yecha olish ko`nikmalarini hosil qiladi
d) ijodiy faoliyat tajribasini tarkib toptiradi
Muammoli ta`lim quyidagi 3-ta asosiy turini ko`rsatish mumkin
1.Bilimlarni muammoli bayon qilish . Bunday bayon qilishda o`qituvchi o`quvchilarga u yoki bu qoidalar faqat gapirib bermay balki og`izaki fikr yoritib muammoni ham aytadi va uni hal qilish jarayonini ko`rsatadi
2.Bayaon ayrim bosqichlarda o`quvchilarni izlanishga jalb qilish . Bunda o`qituvchia muammoni qo`yadi, o`quv materiallarini tushuntiradi , lekin ana shu jarayonda o`quvchilarga ulardan izlanish jaryoniga qo`shilishini va u yoki bu bilish vazifasini mustaqil holda hal etishni talab qiladigan savollarni beradi.
3.Ta`limning tadqiqiy metodi o`quvchilar bilish muammosini anglatadi . O`zlari izlanish rejasini belgilaydilar ,tahlilni tuzadilar uni tekshirish yo`lini muhokama qiladilar , kuzatish va tarjribalarni o’tkazadilar , faktlarni qayd qilinadilar ,tajribalarni va faktlarni taqqoslaydilar umumlashtiradilar.
Muammoli talimning uchta turini birlashtiradigan umumilik- muammoni hal qilish vositasida o’qitish bo’lib, ularning farqi o`quvchilarning mustaqil izlanish faoliyatining darajasidir .
O`quvchilarning faolligini oshirish uchun muammoli vaziyat yaratish orqali amalga oshadi . Faollik esa doimo muammo yoki savoldan , ajablanish yoki tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan boshlanadi. Biz ta`limdagi muammolikni o`quvchilarning o`quv muammosini anglash va hal qilish borasidagi bilish harakatlarini tashkil etish sifatida tushunamiz. Ta`limdagi muammolikning muhim xususiyati muammoli vaziyatni vujydga keltirish hisoblanadi . Bunda shuni nazarga tutish kerakki , muammoli vaziyat hayotiy faktlar va voqealar asosida vujudga keltiriladi .Chunki bu vaziyat tabiiy shaklga qancha mos bo`lsa o`quvchi –talabalarni faollashtirish va muammoni hal qilishga jalb etish imkoniyati shuncha katta bo`ladi . O`quv jarayonini takomillashtirishning asosiy maqsadi uni sifat jihatidan yangi pog`naga ko`tarishdir. Shunga ko`ra o`qituvchning faoliyatida namoyon bo`lishi kerak . Eng avval u materiallarni bayon qilmasligi va o`qituvchilarga tayyo r xulosalar va umumlashmalarni aytib bermasligi kerak, balki ularning fikrini o`rganilayotgan mavzuga jalb etish shart va o`quvchilarga olgan bilimlarni oldindagi bilan taqqoslash asosida xulosalar va umumlashmalar chiqarishni o`rgatish darkor . Mana shularga hammasi ta`lim jarayoniga zamonaviy tus beradi.
Alkanlar mavzusini o`qitishda aqliy hujum usuli.
Aqliy hujum usulini organik kimyo kursida qo`llash bioz keyingi mavzularda mos keladi, chunki o`quvchilar organik birikmalar to`grisidagi daslabki tushunchalarga ega bo`lishlar kerak. Shunday bo`lsada uni soddaroq o`yinlar ko`rinishida tashkil qilish mumkin. Masalan alkanlar mavzusini o`qitishda Intelektual ring o`yini . Bu o`yin aqliy hujum usuliga . Bu o`yinni o`tgazish usuli quydagicha ;
O`qtuchi bir necha savolar shunday tanlanishi keraki ular aniq va qisqa javoblarni talab qilish kerak . Bu usul bilan barcha o`qivchilardan oldingi darsda o`tilgan yoki yangi mavzuni o`quvchilar qanchalik o`zlashtirganliklarini qisqa vaqtda aniqlab olish , samarali baholash mumkin. O`yin qoidasi quyidagicha :
-barcha o`quvshilar o`rinlaridan turishlari so`raladi,
-birinchi o`quvchidan boshlab savol berish boshlanadi
-savolga javob berish besh soniya ichida bajarilishi kerak.
-har bir savolga faqat bitta javob qabul qilinadi va birinchisi hisobga olinadi,
-savolga javob bergan yoki belgilangan vaqtda javob berishga kechikkan o`quvchi o`z o`rniga o`tiradi noto`g`ri javob bergan savollarni javobi o`qituvchi tomonidan aytiladi , keyin umuman javobsiz qollgan savollar keying aylanishda berilishi mumkin
-savollarni berish bir o`quvchi qolgunich davommetadi
-O`qituvch har bir o`quvchidan o`z-o`zini baholashlarini taklif qiladi .Bunda uchinshi aylanishda qolgan o`quvchilarga qoniqarli , to`rtinchi qolgan o`quvchilarga yaxshi keying bosqichlarga a`lo baholar qo`yiladi Baholash darajasini qatnashuvchilarning umumiy bilim saviyalariga qarab o`qituvchining o`zi belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |