O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “___________________________________________________” FAKUL'TETI “_______________________________________________________” FANIDAN ORALIQ NAZORAT BO'YICHA TAQDIMOT ISHI TAQDIMOT MAVZUSI: ___________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________ Kichik guruh a'zolari: 1. F.I.Sh.: ____________________ guruhi: ________ 2. F.I.Sh.: ____________________ guruhi: ________ 3. F.I.Sh.: ____________________ guruhi: ________ 4. F.I.Sh.: ____________________ guruhi: ________ 5. F.I.Sh.: ____________________ guruhi: ________ Fan o'qituvchisi: ____________________ Oraliq nazorat himoyasida to'plangan ball: __________ Komissiya a'zosi: _______ _______________________ Komissiya a'zosi: _______ _______________________ TOShKENT – 2019 Reja: - Kirish
- 1. Boshqarishning iqtisodiy usullari
- 2. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir
- 3. Boshqarish metodlari to’g’risida tushuncha
- 4. Korxona faoliyati samaradorligini oshirishda xodimlarni sonini optimallashtirish usullari
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish - Boshkarish usullari – boshkarish maksadlariga erishish usullar yigindisidir. Umumiy kurinishda boshkarishning maksadi mavjud Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma'lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo'llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo'yicha boshqaruv usullari (davlat sektori, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo'jaligini boshqarish usullari) haqida so'z yuritish mumkin.
- Mavzuning dolzarbligi: Turli sub'ektlar tomonidan qo'llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko'rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari, yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo'llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarish, moliyaviy soha, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko'zda tutish lozim.
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi.
Manfaatlar uch xil bo’ladi:
umumjamiyat
manfaatlari
jamoa
manfaatlari
shaxsiy
manfaatlar
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
- korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
- xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
- korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak.
Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:
jiddiy rejalar qabul qilishga
mehnat va moliya
resurslaridan yanada
unumliroq foydalanishga
yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
mehnat unumdorligini oshirishga
raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
- kredit va foiz stavkasi;
- soliq va soliq yuki;
- boj to’lovlari;
- subsidiya va sanktsiya;
- litsenziya;
- transfert to’lovlari;
- narx-navo va hokazolar kiradi.
- Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
- Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.
Boshqarish metodlari to’g’risida tushuncha
- Funktsional tizim osti ob’ektlarini boshqarish usuli. Boshqarish funktsiyalarini amalga oshirishda qo’llaniladigan usullar. Motivatsiya metodlari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladigan usullar: muammoni qo’yish, muammoni echish, qarorni tanlash, qabulqilinganqarorlarnibajarilishini ta’minlash. Delfa usuli.
- Personalni moslashtirish - inson resurslarini boshqarish tizimining muhim elementi. Moslashtirishning asosiy maqsadi-yangi xodimni lavozimga kirishishi jarayonini tezlashtirish hisobiga korxona sarf-harajatlarini kamaytirish, ya'ni bunda minimal muddatlarda zarur samaradorlikka erishiladi, funksional vazifalarni o'zlashtirishga bog'liq xatolarga yo'l qo'yilishi hollari kamayadi, zero, bunday xatolar ro'yxati oldindan aniq shartlashilgan bo'lishi mumkin.
Korxona faoliyatida personalni ish muhitiga moslashtirish
Moslashtirish jarayonidan keyingi xodimlar uchun afzalliklar ham ko'zga yaqqol tashlanadi:
- • samarali ishlash uchun talab qilinadigan to'liq axborotni olish;
- • mavhumlik va tashvishlanish darajasining pasayishi;
- • ishdan qoniqishning oshishi va korxonaga ijobiy munosabatning ortishi;
- • asosiy korporativ madaniyat me'yorlari va xulq-atvor qoidalarini o'zlashtirish;
- • hamkasblar bilan o'zaro ta'sirlashuv tizimining qurilishi;
- • sinov muddati davrida ish natijalari bo'yicha bevosita rahbardan (loyiha rahbaridan) samarali teskari aloqani olish, jumladan, bu mehnat shartnomasida belgilab qo'yilgan bo'lsa.
Shartli ravishda moslashtirishni bir nechta bo'limga ajratish mumkin
Korporativ moslashtirish
Ijtimoiy moslashtirish
Tashkiliy moslashtirish
Texnik (texnologik) moslashtirish
Kasbiy moslashtirish
Psixofiziologik moslashtirish
Bitta xodimga to'g'ri keladigan foydasi diagrammasi
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishda xodimlarni sonini optimallashtirish usullari
Xodimlar sonini optimallashtirish bo'yicha barcha hisob-kitoblar kadrlarni rejalashtirish sohasiga kiradi (joriy va istiqbolli vaqt rejimida). Bunday optimallashtirishning mazmun-mohiyati nimadan iborat? Amaliyotning ko'rsatishicha, korxonalar rahbarlari va menejerlari optimallashtirishni faqat xodimlar sonini imkon qadar ko'proq qisqartirish sifatida e'tirof etadilar.
Ammo optimallashtirish mohiyati birmuncha boshqacharoq. Eng dastlabki va muhim farq shu so'zning semantikasiga bog'liq - ko'plab mavjud variantlardan eng yaxshisini (maqbulini) tanlash. Iqtisodiyotda bu - iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimning, mazkur holda korxona insoniy resurslari tizimining eng yaxshi holatiga erishiladigan qiymatini aniqlash. Ko'pincha eng optimal variantga mavjud resurslarni sarflab eng yuqori natijalarga erishish yoki eng kam resurs sarflab belgilangan natijalarga erishish mos keladi.
Ammo bu yerda ham qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Bular korxona faoliyatining kengayishi, asbob-uskunalarning eskirishi yoki, aksincha, yangilanishi, ishlab chiqarishning operatsion rejimlaridagi o'zgarishlar, mahsulot yoki xizmatlar nomenklaturasi va ularni ishlab chiqarish hajmlarining o'zgarishi va h.k. hamda bozordagi kutilmagan vaziyatlar.
Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, korxonalarda xodimlar sonining samarasiz hisoblab chiqilishi sabablaridan asosiylari quyidagilardir:
• xodimlar sonini hisoblab chiqishning namunaviy metodikalaridan foydalanish;
• bunday hisob-kitoblar vazifasini kadrlar xizmatiga hamda "umumiy masalalar", "umumiy xo'jalik faoliyati" deb ataladigan boshqa tuzilmalarga yuklab qo'yish;
• biznes xususiyatlariga, uning imkoniyatlari va istiqbollariga, kadrlarni rejalashtirish maqsadlariga bepisand munosabatda bo'lish;
• korxona faoliyatini oldindan tahlil qilmasdan hamda umumiy tahlil natijalari bilan aloqasini aniqlamasdan, shuningdek undan alohida kadrlar menejmenti darajasini tahlil qilmasdan xodimlar sonini optimallashtirish.
Xulosa
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida, ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiyinqirozi hukm surayotgan bir vaqtda inson resurslarini boshqarishni ilmiy asosda yo'lga qo'yishning ahamiyati beqiyosdir. Ko'p yillik tadqiqotlar hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o'sishning qariyb 80 foizini insonlar, ya'ni: ishchilar, mutaxassislar, xizmatchilar,rahbarlar mehnati, malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etishini, 20 foizini esaboshqa barcha omillar ta'minlashini ko'rsatdi. Shuning uchun ham har qanday ishlabchiqarish va boshqaruv tizimida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga egadi.
Korxona doirasida boshqaruv protseduralarini optimallashtirish yoki ishchilar sonini qisqartirish imkonini beradigan yangi texnikadan foydalanish bilan bog'liq yangi mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilganda, korxonada texnika bilan ishlash bo'yicha yangi ko'nikmalar talab etiladi.
Bunday vaziyatda quyidagi yechimlarni tanlash mumkin:
- Xodimlarni yangi usullarga o'rgatib,ular malakasini oshirish hamda bir vaqtning o'zida mehnat jadalligini oshirish. Bu xodimlardan boshqa yo'nalishlarda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi va ular sonini nisbatan qisqartirishga yordam beradi.Tegishlicha, xodimlar sonini oshirmasdan ishlar hajmining ancha kengayishiga erishish mumkin;
- Oldingi xodimlarni qisman qisqartirib, yangi xodimlarni yollash hamda oldingiga nisbatan yuqori ish hajmlarini belgilash. Bu ham, mehnatga haq to'lash fondining barqarorligi sharti bilan, xodimlar sonini o'zgartirmaslik yoki hattoki biroz kamaytirish imkonini beradi;
- Xodimlarni korxonaga ortiqcha zarar yetkazmasdan qisqartirish.
Agar korxona rahbariyati tomonidan mehnatga haq to'lash fondini optimallashtirish maqsadida xodimlarni qisqartirish vazifasi qo'yilsa, quyidagilarni hisobga olish zarur:
• mehnat bozori taklif qiladigan xodimlarni yollashning yangi turlaridan foydalanish imkoniyatlari;
almashtirilayotgan xodimning mehnati uchun qisman qo'shimcha haq to'lab kasblarni birga olib borish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Abdurahmonov Q.H va boshqalar ―Davlat xizmati personalini boshqarish‖ O'quv.qo‘l. T.:2002.
- Abdurahmonov Q.H., Xolmo'minov SH.R., Xayitov A.B., Akbarov A.M. «Personalni boshqarish» O'quv qo'llanma T. 2004.
- Andreeva I.V, Kosheleva S.V., Spivak V.A. ―Upravlenie personalom‖-M.:2003.
- Volgin V.V. «Struktura i personal» -M.: 2004.
- Kibanov A.YA., ―Osnovo' upravlenie personalom‖. Uchebnik - M.: 2002.
- Zaynutdinov SH.N, Nurimbetov R.I. ―Personalni boshqarish‖ O'quv.qo‘l. T.:2007.
- Vohobov A.V., A.T.Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. ―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖.O‘quv qo‘llanma T.: 2005
- Hakimov B. , Хo‗jaxonov X. ―Budjet tashkilotlarida iqtisodiy tahlil‖. O‗quv qo‗llanma. T.: 2010
Do'stlaringiz bilan baham: |