22-rasm.
Elektromagnit nur tarqatish diapazonlari va distansion zondlash usullari.
Kosmik informatsiya qo‘llanish maqsadiga qarab quyidagi tavsifga ega:
1.
Spektral tarkibi bo‘yicha: ko‘rinadigan, infraqizil va radiodiapozondagi
suratlar;
2.
Masshtabi bo‘yicha: o‘rtamasshtabli - 1:1000 000-1:1 000 000;
kattamasshtabli-1:10 00 000 dan kattaroq.
3.
Siyraksizlanish darajasi bo‘yicha: juda past siyraksizlangan 10 000 metrdan
kichik; past siyraksizlangan 1000 metr; o‘rtacha 100 m; yuqori darajada
siyraksizlangan-20-50 m; o‘ta yuqori siyraksizlangan-1m;
4.
Obzorlilik bo‘yicha: global (planeta)-L=10 ming km; regional (materik)-L=3
ming km; lokal (regionning bir qismi)-L=100-500 km; Bu yerda L surat
tasmasining kengligi.
Suratga olishning takrorlanishi bo‘yicha: sutka davomidagi ko‘pmarotabalik
tasvirlar (Meteor yer sun‘iy yo‘ldoshi, bir joyni sutkasida bir necha marta suratga
88
oladi); yil davomidagi ko‘pmarotabalik tasvirlar (―Kosmos‖, ―Landsat‖ turdagi
yerning sun‘iy yo‘ldoshlari joining bir xil nuqtalaridan har 16-18 sutkaik davriy
harakatda suratga tushiradi. ―Spot‖, ―Salyut‖, ―Mir‖ kabi yer sun‘iy yo‘ldoshlari va
boshqariladigan apparatlarda suratga olishning takrorlanish davri ixtiyoriy
belgilanadi. Hozirgi kunda arbitada NOAA (AQSH) va ―Meteor‖ (Rossiya)
seriyali yer sun‘iy yo‘ldoshlarining bir nechtasi faoliyat olib bormoqda. Yer sun‘iy
yo‘ldoshlari bortida o‘rnatilgan apparatlar bilan aniqlanadigan yer yuzasidagi
ob‘yektning minimal o‘lchami 1-4 km.
Yer sun‘iy yo‘ldoshi orbitasining yerga nisbatan balandligi (80-1200 km)
yo‘ldosh 3000-3500 km radiusga ega bo‘lgan doira bilan chegaralangan zonada
harakatlanayotganda informatsiyani qabul qilishni ta‘minlay oladi. Antenani
yo‘naltirish uchun yer sun‘iy yo‘ldoshining kundalik koordinatalarini aniqlash
maxsus dastur yordamida amalga oshiriladi. [19,-b.140]
NOAA Yer sun‘iy yo‘ldoshining orbital tasvirlari to‘g‘risidagi boshlang‘ich
ma‘lumotlarni olish kosmik apparatlarni kuzatish xizmati NORAD (AQSH)
tomonidan electron pochta orqali bajariladi. Tasvirga olish jarayonida ob‘yektning
koordinatalarni aniq toppish juda muhim. Ularni yuqori aniqlikda topish uchun
Global Position Systems (GPS)-koordinatalarni aniqlovchi maxsus yo‘ldoshli
tizimlardan foydalaniladi.
Yer yuzasini ixtiyoriy joyida va istalgan paytda koordinatalarni aniqlashni
ta‘minlash imkoniyatini kengaytirish uchun yer sun‘iy yo‘ldoshlarining sonini
oshirishga tug‘ri kelgan. Natijada joyni aniqlashning yo‘ldoshli tizimi xosil
bo‘lgan. AQSH da GPS deb nomlangan joyni aniqlashning global tizimi 1970
yilda tashkil etildi. Rossiyada ham shunga o‘xshash global navigatsion yo‘ldoshli
tizim GLONASS ishga tushirilgan, shuningdek, GALILEO tizimi Yevropa itifoqi
tomonidan ishga tushirilmoqda.
GPS-tizimi yer satxiga nisbatan taxminan teng joylashgan 22 ming km
balandlikdagi 24 ta yo‘ldoshdan va yerdagi bir nechta stansiya-observatoriyalardan
iborat.
89
Stansiya-observatoriyalarda yo‘ldoshlarni uzluksiz kuzatish ishlari olib boriladi
[22,-b.130].
Natijada har bir yer sun‘iy yo‘ldoshining orbitadagi traektoriyasi uzliksiz
aniqlanib boriladi va informatsiya tarqatuvchi yo‘ldoshga uzatiladi. U o‘z
navbatida ushbu informatsiyani ―almanax‖ deb atalgan ko‘rinishda yerga
retranslatsiya qiladi. (qaytaradi). Har bir yer sun‘iy yo‘ldoshida soxta tasodifiy
to‘lqinlar generatori (1575.42 Mgs va 1227.60 Mgs chastotalardan foydalaniladi)
va o‘lchovlar maksimal ishonchli bo‘lishligi uchun birnechta nusxada yuqori
pretsizion atomli soatlar joylashtirilgan bo‘ladi. Yer yuzasidagi aniqlanayotgan
nuqtada yo‘ldoshdan signallarni qabul qiluvchi indikator joylashgan bo‘lib, unda
yo‘ldoshdan tarqaladigan signal bilan sinxron holda o‘ziga o‘xshash soxta tasodifiy
kodlangan signalni ishlab chiqadi (geniratsiya qiladi).
Ikkita to‘lqinli taqqoslash orqali signalni yo‘ldoshdan qabul indikatorigacha
(pryomnikgacha) uzatish vaqtini (10
-9
c aniqlikda) aniqlash imkonini beradi, ya‘ni
ular orasidagi masofani hisoblasa bo‘ladi. Yer yuzasidagi ma‘lum nuqtadan
koordinatalari aniq to‘rtta yo‘ldoshgacha bo‘lgan masofaning laxzali qiymatlarini
bilish qabul indikatorning joy o‘rni koordinatalarini hisoblab topish imkonini
beradi.
Koordinatalarni yer sun‘iy yo‘ldoshlari ishtirokida toppish aniqligini
oshirish uchun bir vaqtning o‘zida signallarni qabul qiluvchi ikkita indikatordan
foydalaniladi. Ularni biri turg‘un yoki tayanchli hisoblanib, koordinatalari aniq
bo‘lgan punktga o‘rnatiladi, ikkinchisi esa koordinatalarini aniqlash kerak bo‘lgan
nuqtalarga ketma-ket o‘rnatilib boriladi. Ikkala qabul indikatorlarida yozilgan
informatsiya maxsus dastur asosida ishlab chiqiladi va bu o‘z navbatida santimetr
hatto mm aniqlikda nuqta koordinatalarini hisoblab topishni ta‘minlaydi. Bunday
asboblar komplekti ko‘pgina mashxur firmalar (―Trimble‖, ―Armin‖, ―Astech‖,
―Leica‖, ―Magellan‖) tomonidan har xil variantlarda ishlab chiqilgan. Hattoki uyali
telefonga o‘xshash (0,5 kg) shakldagilari ham mavjud.
Global pozitsion tizimlarning asosiy afzalliklari bu ularning keng
qamrovliligi (global ishi), tezkorligi va optimal aniqligi. An‘anaviy geodezik
90
o‘lchamlardan farqli o‘laroq aniqlanadigan punktlar orasida o‘zaro ko‘rinish
zarurati yo‘q. GLONASS, P3-90 GPS esa WGS-84 koordinatalar sistemasida
ishlaydi. [24,-b.84].
Do'stlaringiz bilan baham: |